Ҳасанова манзура (бту)


O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish


Download 101.12 Kb.
bet7/8
Sana27.09.2023
Hajmi101.12 Kb.
#1688646
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jismoniy tarbiya darslarida milliy va harakatli o’yinlarni tashkil qilish usullari

2.2. O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish
YUqori sinflarning Jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standartlari talablarida harakatli o`yinlardan foydalanishda ta’limning turli metodlari qo`llanilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Turli metodlarning qo`llanilishi o`zaro chambarchas aloqadadir. O`qituvchi ularni turli birikmalarda qo`llab, jismoniy tarbiyaning to`laqonli jarayonini ta’minlaydi.
Metodlarni quyidagicha mumtoz (klassik) ravishda uch guruhga bo`lish mumkin:
a) og`zaki (tushuntirish, hikoya, suhbat, buyruq, ko`rsatma) ;
b) ko`rgazmali (ko`satish, ko`rsatma qurollardan foydalanish ) ;
v) amaliy (mashqlar, musobaqalar ).
Harakatli mashqlarni bajarishda, fikrimizcha, qat’iy reglament talab mashqlarni bajarish jismoniy ta’lim-tarbiya mazmunining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Shu jihatdan olganda biz jismoniy mashqlarni bajarishda metodlarni quyidagicha tasnifladik.
Qat’iy reglament talab mashqlarni bajarish metodlari
( metodlar tasnifi)
Turli harakat ko`nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan metodlar*



Analitik(tanlov) yondashuviga asoslangan metodlar

Umumlashtiruvchi(integral) yondashuvga asoslangan metodlar

* Tabaqalashtirilgan mashqlar metodi
*Alohida jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar metodi

*Umumlashtirilgan mashqlar metodi
*Qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlari

Aralash metodlar

Standartlashtirilgan takrorlash metodlari

*Namoyish etish uslubi
*Tushuntirish uslubi
*O`z ustida ishlash, madaniyat va tafakkurni
oshirish
*Harakat tezligini oshiruvchi mashqlar metodi
*Qismlar bo`yicha amaliy o`zlashtirish ko`nikmalarini shakllantirish metodi (Mazkur dissertatsiyaning uchinchi bob 1-paragrafiga qarang)

*Harakat ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan takrorlash mashqlari metodlari
*Intervallar bilan mashqlarni takrorlash metodlari
*Qisqa va uzoq intervallar asosida mashqlarni takrorlash metodi

Tabaqalashtirilgan mashqlar metodi harakatlar amplitudasini to`g`ri tashkillashtirishni nazarda tutadi va harakatli o`yinlarni o`tkazishda barcha sinflardagi ta’lim uslublarining eng asosiysi sifatida qo`llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, o`quvchilarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Bunda alohida jismoniy sifatlarni shakllantirish uchun o`qituvchi tushuntirish uslubidan foydalanadi. Tushuntirish qisqa, tushunarli, obrazli, o`quvchilarning rivojlanish darajasiga mos bo`lishi lozim. Tushuntirishlar paytida bolalar ko`plab yangi so`zlarni o`rganadilar: “yonma – yon”, “oldinma –keyin” “qator bo`lib”, “turish”, “gimnastika devori”, “yog`och to`siq” va shu singarilar. Umumlashtirilgan mashqlar metodi bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda (sport hayotidan misollar); yagona syujetga birikadigan qator mashqlarni o`rganishda qo`llaniladi. Qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlari esa o`rganiladigan materialni yaxshi o`zlashtirishga va mashqlarni sifatli bajarishga yordam beradi.
O`qituvchi yo`l - yo`lakay savollar yordamida materialni o`zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek o`quvchilarda o`z fikrlarini aytish istagini qo`zg`aydi. Bu uslub o`tilgan materialni o`rganiladigan material bilan bog`lash, bayon etilgan material bolalarga qanchalik tushunarli bo`lganligini aniqlash, o`quvchilar diqqatini faollashtirish uchun foydalaniladi. Alohida jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar metodidan o`quvchilar jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o`tish jarayonida foydalaniladi.
Alohida jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar metodi o`quvchilarning mashqlarni yoki boshqa harakatlarni bajarishlari bilan bog`liqdir.
Har bir buyruq mashqni bajarish va tugallashga ishora hisoblanadi. Bajarish ko`pincha mashqning ma’lum ritmini moslashtirib turuvchi sanoq jo`rligida olib boriladi. Buyruq va sanoqda ohang ahamiyatga ega, uning yordamida buyruq ifodali, mayin yoki keskin, erkin bo`lishi mumkin.
Qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlari umumiy o`rta ta’lim maktablarining barcha sinflarida qo`llaniladi. Ular boshlang`ich sinflarda me’yorlangan holda berib boriladi. O`qituvchi tomonidan beriladigan buyruqlar shakl jihatidan yagona va ularning ijrosi qat’iy belgilangan, barcha o`quvchilar uchun bir hil bo`lishi kerak.
Darsni o`tishda qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlardan o`quvchilarni uyushtirish uchun ham mahorat bilan foydalanish lozim. Shuni esda tutish kerakki, o`rinli va to`g`ri berilgan buyruq o`quvchilarga katta tashkiliy ta’sir ko`rsatadi va ularni intizomga chaqiradi.
O`z vaqtida o`rinli berilgan ko`rsatmalar mashqlarni yaxshiroq bajarishga yordam beradi. Ko`rsatmalar qisqa, aniq, harakatga chorlaydigan, talabchan bo`lishi kerak.
Ta’lim uslublari ichida eng tushunarlisi – namoyish etish uslubi hisoblanadi. Ko`rsatmali uslublarda mashqlarni namoyish etish yetakchi o`rinni egallaydi. Tanishish jarayonida yangi harakat aktiga kiradigan, hosil qilingan, ham tug`ma harakat avtomatizmlarini safarbar etishga yordam beruvchi ideomotor reaktsiyasining roli juda muhimdir. O`rganuvchilarning harakat qilish tajribasida tanish, o`hshash elementlar qancha ko`p bo`lsa, yangi harakat qilish amali haqida tasavvur shuncha to`la va aniq bo`ladi. Shu jihatdan o`qituvchining mahorati qo`yilgan harakat vazifalari bi­lan o`quvchilarning bu boradagi tajribalari o`rtasida asso­tsiatsiya yarata olishi bilan belgilanadi.
Assotsiatsiya qancha to`la, obrazli, emotsionalliroq yaratilsa, o`rgatish shuncha osonroq va tezroq davom etadi. Mana shu «tayanch izlash» davrida (E. Hodjava) predmet xarakteridagi har qanday mumkin bo`ladigan taqqoslashlar va topshiriqlar nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. “Olamdagi hamma narsani biz faqat taqqoslash orqaligina bilib olamiz,- degan edi L.V. Zankov,— kishining butun bilish protsessida taqqoslashning bunday asosiy qonuniyati shuni ko`rsatadiki, didaktikada ham taqqoslash asosiy usul bo`lishi kerak”. Demak, tajribadan va taqqoslashdan foydalanish yo`li bilan bo`lajak harakat to`g`risida tasavvur, tushuncha va mulohaza yaratiladi, binobarin, bundan “kelajak ehtiyoji modeli” (N. A. Bernshteyn) sifatida “harakat vazifalari” yuzaga keladi. YAngi shartli harakat reflekslari birinchi navbatda his etish asosida paydo bo`ladi, lekin ular o`sha zahotiyoq; tushunib olinsa, bu reflekslarning paydo bo`lish jarayonini tezlashti-ladi. Harakatning to`g`ri bajarilayotganligini bilish refleksni mustahkamlaydi, noto`g`ri harakat qilinayotganini bilish esa keraksiz harakat ta’sirining so`nishiga yordam beradi.
O`qituvchi onglilik va aktivlik printsipiga amal kilib, birinchidan, o`rganuvchilar oldiga harakat vazifalarini asosli ravishda qo`yishi va ularning bajarilishi kerak bo`lgan nar­sani aniq tushunishlariga erishishi; ikkinchidan, berilgan harakatni qanday bajarish kerakligi haqida tasavvur yaratishi kerak. Bu o`qituvchidan harakat ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan takrorlash metodlaridan unumli foydalanishni talab etib, o`quvchilarni topshiriqni bajarishga psixologik jihatdan tayyorlashni ta’minlaydi. Bunda topshiriqning bajarilishiga qarab uni takrorlashdan oldin o`quvchi nimalarni bilib olganligini va endi nimani o`rganishi kerakligini fikran solishtirishini talab qilish shart.
Bunda o`ziga-o`zi baho berish, harakatning bajarilishini fikran qiyoslash katta ahamiyat kasb etadi.
M. L. Ukranning fikricha: “Harakatni dastlabki o`rganishda o`qitishning ko`rgazmali bo`lishi harakatning asosiy fazalari haqida his va tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi hilma-hil metod va usullar yordami bilan ta’minlanadi”. Shu bois, obrazli tushuntirish, ta’sirli kilib ko`rsatish, har hil ko`rish orientirlari, ovoz signallari, harakatni sezishga asoslangan usullardan, jumladan, qo`shimcha kuchlardan foydalanish, predmet xarakteridagi topshiriqlar berish (nimanidir olish, cho`zilib nimagadir qo`l tekkizish, nimaningdir ustidan oshirib tashlash va hokazo), o`rganuvchida harakatlarni to`g`ri bajarganda yuzaga kelishi lozim bo`lgan sezgilarni aytib berish orqali erishiladi. O`quvchilar tomonidan harakatlarning faqat to`g`ri bajarilishini emas, balki, hatolarga yo`l qo`yib bajarilganini ham namoyish qilish maqsadga muvofiqdir. Bu tadbir o`quvchilarga hatolarni yaxshiroq va tezroq tushunib olishlarda yordam beradi. Tovush signallari asosiy kuch beriladigan paytni aytib berish, shuningdek harakat aktining ritm va sur’atini namo­yish qilish uchun qo`llaniladi, harakatni dastlabki o`zlashtirishda bevosita yordam ko`rsatish juda katta ahamiyatga egadir, chunki bu yordam orqali to`g`ri yo`nalish, amplituda va tezlik his qilinadi va harakat aktidagi qo`pol buzilishlarning oldi olinadi. Bunday metod qo`llanganda, o`rganish ancha tez va sifatliroq o`tadi. Bu o`rgatish usulining undan ishning ko`zini bilib foydalanilmagandagi salbiy tomonini ham nazarda tutish kerak. YOrdam o`quvchilarning faolligini susaytirishga olib ke­lishi mumkin: ular o`qituvchining yordamiga ishonib, harakatlarni bajarishda zarur darajada zo`r bermaydilar. Shuning uchun intervallar bilan mashqlarni takrorlash metodlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O`quvchilarning o`zlari shaxsiy zo`r berishga qanday o`rganib borishlariga qarab, yordam asta-sekin kamayishi va harakatlarni boshqarish xarakteriga ega bo`lishi kerak. Shuni ham nazarda tutish lozimki, boshqalarning yordam berishi bilan borliq bo`lgan qo`zg`alishlar (yordam beruvchining ushlab qolishidan, suyanchiq bo`lishidan, tortib turishidan va shu kabilardan) signal ahamiyatini kasb etishi va qo`zg`ovchilar sistemasiga kirishi mumkin, bu qo`zrg`ovchilar asosida po`stloq faoliyatining dinamik stereotipi hosil bo`ladi. U vaqtda yordamni tugatish — bu qo`shimcha qo`zg`ovchilarni istisno qilishi — stereotipniig buzilishiga olib keladi. Bu o`quvchilar topshiriqni mustaqil bajarish qobiliyatiga ega bo`lishlari bilanoq yordamni to`htatish kerakligini yana bir karra tasdiqlaydi. CHetdan bo`ladigan yordam tashqi kuchlar harakat akti strukturasini buzgan chog`larda ham o`rgatishga putur yetkazadi.
Odatda, mashqlar bir necha marta namoyish etiladi. Birinchi namoyish mashq haqida umumiy tasavvur hosil qilish uchun kerak. Bolalarning mashqni o`zlashtirish darajasiga qarab, mashqning ayrim elementlari, qismlari qayta namoyish etiladi. Ko`rsatish doimo tushuntirish bilan birga qo`shib olib boriladi. Chunki o`quvchi yoshdagi o`quvchilar taqlid qilishga juda moyil bo`ladilar, shunday ekan, mashqni ko`rsatayotib, uni samolyot qanotiga, o`tin yoruvchiga, otning oyog`i, g`ozning qadamiga va boshqalarga qiyoslash yaxshi natija beradi. Bunday usul mashqlarni o`zlashtirishni yanada osonlashtiradi. Mashqni namoyish etish va tushuntirish turli variantlarda birga olib borilsa maqsadga muvofiq:

  1. dastlab mashq namoyish qilinadi, so`ng tushuntiriladi;

  2. dastlab mashq tushuntiriladi, so`ng namoyish qilinadi.;

  3. namoyish qilish tushuntirish bilan bir vaqtda olib boriladi.

YUqori o`quvchilari bilan olib boriladigan ishda dastlab ko`rsatish,so`ng esa tushuntirish qo`llaniladi. Tushuntirish bolalarni kuzatishga tayyorlash zarur bo`lgan holdagina qo`llaniladi.
Harakatlar haqida to`g`ri tasavvur hosil qildirish uchun ko`pincha ko`rgazmali qurollar, elektron darsliklardan foydalaniladi. Ko`rgazmali qurollar rang – barang, sodda, qiziqarli bo`lishi kerak. Bunday buyum – nishonlar harakat tehnikasini egallashga yordam beradi. Jismoniy mashqlar-ta’limning asosiy vazifasi sifatida maydonga chiqib, shug`ullanuvchilarda mustahkam harakatlanish ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu vazifani hal etish uchun o`rganiladigan harakatlarni ko`p marotaba takrorlash zaruriyati vujudga keladi.
Harakat o`rganishda ikki usul: umumiy va qismlarga bo`lib o`rganish usuli qo`llaniladi. Ular shu bilan diqqatga sazovorki, dastlab mashq elementlarga bo`linmasdan, umuman ko`rsatiladi, so`ng mashq asoslarini o`zlashtirish darajasiga qarab asta – sekin alohida elementlar o`rganiladi. Masalan, arqonga tirmashib chiqishga o`rgatishda dastlab mashq umumiy ko`rsatiladi. O`quvchilarda bu mashq haqida tasavvur hosil bo`lganidan keyingina ularni elementlar bo`yicha o`rganishga kirishiladi. Ularni egallash mashqni umuman to`g`ri bajarishga olib keladi. YUgurib kelib balandlikka yoki uzunlikka sakrashga o`rgatishda ham o`quvchilarga mashq dastlab to`la ko`rsatiladi, so`ng ular diqqati sakrashning alohida elementlariga qaratiladi. O`quvchilar bu tarkibiy elementlarni egallab olganlaridan keyin elementlarning majmuasini bajarishga, so`ng sakrashni yahlit holda to`g`ri bajarishga o`tadilar.
«Didaktikadagi izchilik printsipiga binoan o`quvchilarni barcha murakkab harakatlarni birin-ketin o`rgatish maqsadga muvofiq». Vazifalar va organizmga ta’sir etadigan fiziologik nagruzka normalarini hisobga olish lozim, ayni paytda o`quvchilarga mashqni yahlit holda birdaniga takrorlash taklif etilmasligi darkor. Bundan tashqari, elementlarni o`rganish o`rniga butun mashqni tez – tez takrorlash noto`g`ri malaka hosil bo`lishiga olib kelishi mumkinki, bu keyinchalik uni tuzatishni juda qiyinlashtiradi. Murakkab mashqlar elementlarini tez va yaxshi o`zlashtirish uchun ularni yengillashtirilgan sharoitda bajarish lozim. Bu ta’lim nazariyasidagi onglilik va faollik printsipiga hamohang bo`lib, chunonchi, balandlikka sakrashga o`rgatishda tortilgan rezinadan sakrash tavsiya etiladi, muvozanat saqlash mashqlarini esa enliroq hamda pastroq joylashgan asbob – anjomda bajarish kerak. Bolalar topshiriqni yengillashtirilgan sharoitda bemalol bajara oladigan bo`lganlaridan so`ng, mashqni bajarish sharoitini murakkablashtirish mumkin. Shunday ekan, malaka va ko`nikmalar o`yin va musobaqalarda takomillashtiriladi.
Musobaqa jismoniy mashqlarni takomillashtirish uslubi sifatida o`quvchilarda bir qadar malaka hosil bo`lgandan keyingina qo`llaniladi. Bu didaktikadagi nazariya bilan amaliyot birligi printsipiga mos kelib, o`quvchilarning bilimlar, ko`nikma, malakalar va mahoratlarni egallashda qo`l keladi. Musobaqalarda o`quv materialini o`tish davomida eng yaxshi jamoalar, guruhlar yoki ayrim o`quvchilar aniqlanadi.
Musobaqalar o`quvchilarining qiziqishini oshiradi, mashqlarni yaxshi bajarish va ularning natijalarini yanada yaxshilashga yordam beradi, shuningdek qisqa vaqt oralig`ida organizmga bo`ladigan fiziologik nagruzkani keskin oshiradi. Bundan tashqari, jamoali o`ynaladigan o`yinlar bolalarda hamdardlik, mehr-oqibat hissini tarbiyalaydi. Biroq musobaqa uslubi ayrim o`quvchilarda (ayniqsa g`oliblarda ) manmanlik, hudbinlik illatlarini ham keltirib chiqarishini ham unutmaslik kerak. «Musobaqa uslubidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim, chunki u mashqlarni bajarish aniqligini pasaytirishi hamda o`quvchilarda juda katta asabiy va jismoniy zo`riqishni vujudga keltirishi mumkin». Demak, Jismoniy tarbiya va madaniyat o`qituvchisi o`quvchi yoshdagi o`quvchilarga harakatli o`yinlar tehnikasini o`rgatishda ularning sog`lom o`sishi va to`g`ri kamol topishi uchun jismoniy tarbiya vositalaridan o`rinli foydalanishi zarur. Bunda jismoniy tarbiya vositalari uch turga bo`linadi. Birinchi turi- gigiena omillari, ikkinchi turni tabiatdagi sog`lomlashtiruvchi kuchlar, uinchi turni esa jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish yo`naltirilgan jismoniy mashqlar tashkil etadi. Sanitariya-gigiena omillariga rioya qilish jismoniy tarbiya tizimida alohida o`rin egallaydi, u bola a’zolariga foydali ta’sir ko`rsatadi. Jismoniy tarbiya vositalaridan ko`pchiligi o`quvchining kundalik rejimini tashkil etadi.
Qat’iy kun tartibiga amal qilish har bir kishi hayotida katta o`rin tutadi. Bu tana a’zolarining bir maromda ishlashiga odatlantiradi.
«Kun tarbiga rioya qilmaslik- o`z vaqtida ovqatlanmaslik, etarlicha uhlamaslik, dam olmaslik, aqliy va jismoniy mehnatning batartibligi-bularning hammasi a’zoi badanni bo`shashtiradi, tana ho`jayralarining, xususan bosh miya ho`jayrasining ishlashini susaytirad». Shu sababli, jismoniy tarbiya va madaniyat o`qituvchisi, ota-onalar bilan hamkorlikda muayyan yoshdagi bola kun tartibining uyda ham, maktabda ham muntazam amalga oshirilishini kuzatib borishlari shart.
Tabiat omillaridan jismoniy mashg`ulotlar o`tkazish hamda mustaqqil shug`ullanish uchun muhim vosita sifatida foydalaniladi.
Maktab sharoitida jismoniy tarbiya vositalari orasida eng ko`p qo`llanadigan jismoniy mashqlardir. Jismoniy mashqlar gavda muskullarining o`sishi va mustahkamlanishiga, yurak-qon tomir tizimi faoliyatining va nafas olish a’zolarining yaxshilanishiga samarali ta’sir ko`rsatadi.
Harakatli o`yinlar orqali o`quvchilarda irodaviy sifatlarni shakllantirish mumkin. Buning uchun unga katta iroda talab qilinadigan (yoshiga mos ravishda) o`ta og`ir mashqlarni bajarish topshiriladi. Bunday mashqlar irodaviy sifatlarni maqsadli tarbiyalashga yordam beradi.
Jismoniy mashqlar asablar majmuasining faoliyatiga ham, xususan, bosh miya qobig`idagi harakatlanuvchi qismga ham ta’sir etadi, natijada harakatlarning bir-biriga uyg`unligi yaxshilanadi, harakatlarda muvofiqlik, aniqlik zaruriy kuch va ritm hosil bo`ladi. O`quvchi aynan shu ta’sirlar natijasida tuzilishi jihatidan murakkab bo`lgan harakatlarni, katta tezlikdagi harakatlarni oson o`zlashtirib oladi, bu esa jismoniy mehnat mashg`ulotlari uchun muhimdir. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat o`qituvchisi o`quvchilarga jismoniy fazilatlarni singdirar ekan, Vatan ostonadan, oiladan, mahalladan boshlanishini, Vatan tushunchasi har bir insonning yuksak darajadagi his-to`yg`ulari, sadoqatli, fidoiy mehnati, o`zaro izzat-hurmat kabi insoniy fazilatlarida namoyon bo`lishini anglatib bormog`i lozim. Bu o`rinda respublika sportchilarining Xalqaro sport maydonlaridagi, ayniqsa, Olimpiya o`yinlaridagi ishtiroki, g`alabasi ana shu hislatlar tufayli ustuvor
XULOSA

Bitiruv malakaviy ishimizning mazmunida umumta’lim maktablarida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning harakat faoliyatlarini rivojlantirish g`oyasi yotadi. So`ngi o`n yilliklar ichida uning ustida ko`pgina mutahassislar faol ish olib borganlar. Ma’lumki harakatli o`yinlar o`quvchidan o`zining turli jismoniy imkoniyatlarini faol namoyon etishni talab qiladi. Ayni vaqtda o`yin vaziyatlari va u bilan o`zaro faoliyatlar shaxsning takomillashuviga, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga doimiy ta’sir ko`rsatadi.O`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlardan foydalanish jarayonida bir qator muammolarni hal etish lozim: o`quvchi yoshdagi o`quvchilarda asosiy jismoniy sifatlarning shakllanish yillik dinamikasiga hos yosh jins xususiyatlarini aniqlash; harakatli o`yinlardan foydalanib o`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslubiyati ishlab chiqish.o`quvchilari bilan harakatli o`yinlarni o`tkazishga ayniqsa astoydil tayyorgarlik ko`rish kerik. O`quvchi-bolalarni tayyorgarliklarini e’tiborga olgan holda, har tomonlama harakat qiladigan, har hil sport turlarini harakat elementlari bilan bajariladigan harakatli o`yinlardan foydalanish zarur: kurash elementlari va qarshilik ko`rsatish, yengil atletika, sport gimnastikasi, sport o`yinlari elementlari bilan bajariladigan, qiz bolalar bilan esa, agarda imkoniyat bo`lsa raqs elementlari bilan musiqali o`yinlar o`tkazish mumkin.O`qituvchi o`quvchilarni sport o`yinlariga qiziqishlarini orttirishda faqat sport o`yinlari elementlarini harakatli o`yinlarda qo`llash bilan amalga oshirish mumkin. Shuningdek, masalan basketbol va qo`l to`pi o`yini o`rniga o`quvchilarga «To`pni to`tish», «To`p uchun kurash», «To`p o`rtadagiga», to`pni olib yurish bilan estafeta va xalqaga tashlash va boshqalar.O`quvchilar o`yinda sport jihozlari va asbob-anjomlaridan foydalanadilar. O`yinni yaxshi tashkil qilinganda o`yinda to`ldirma to`pni nafaqat uzatish balki bir-birlariga oshirishda ham foydalanish mumkin. Harakatli o`yinda yugurish masofasi, sakrash balandligi, uloqtirish va boshqa harakatlar 5-8 sinf o`quvchilari uchun belgilangan nazariy me’yorlari chegarasida bo`lishi kerak.


O`quvchi-bolalar mustaqil, tashabbuskorlik bilan harakat qilishni yaxshi ko`radilar. Ularni mustaqil harakat qilishlarini hisobga olgan holda, uni o`yinda foydalanishi kerak. O`quvchilarga o`yinda harakat qilish rejasini raqib bilan kurashish rejasini o`zlari to`zishlarini topshiriladi. Joylarda o`yinni o`tkazilishiga bo`lgan bunday munosabat ayniqsa qimmatli bo`lib, bunda o`quvchilarni ijodiy tashabbuskorliklaridan juda kengroq foydalanish mumkin. O`quvchilarga o`yinni yangi variantlarini, qoidalarini to`zishni topshirish juda yaxshi bo`ladi, ularga o`yinni mustaqil o`tkazishga o`rgatish zarur.O`quvchilar o`yinda o`qituvchi qiyofasida xuddi o`qituvchiday qilib bajarishni hohlaydilar, ayniqsa agar ular uni yaxshi ko`rsalar va hurmat qilsalar. Albatta bu o`qituvchini o`yin usullarini ko`rsatishda uni diqqat bilan kuzatib borishi kerakki, chunki to`g`ri bajarishi shart, buning uchun o`quvchilarga har tomonlama namuna bo`lishi zarur.Harakatli o`yinlarda berilayotgan to`g`ri yuklama, haddan oshmaslikka yordam beradi, o`quvchilarda bunday holat bo`lmaydi. Ular o`zlarini imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuborishadi. O`qituvchi har doim o`quvchilarni o`yinda kuchlarini to`g`ri taqsimlashga berilayotgan yuklamani to`g`ri nazorat qilib borishi zarur va o`z vaqtida o`zini ta’sirini ko`rsata bilishi kerak.O`quvchilar bilan o`yin mashg`ulotini asosiy vazifasi quyidagicha: o`quvchilarning shaxsiy holda o`yinni takomillashtirishi; o`zining o`ynaydigan jamoasida javobgarlik his-tuyg`usini tarbiyalash; o`yinda qoidani bo`zilishiga yo`l qo`ymaslikni tarbiyalash; o`ynaydigan jamoada o`zini joyini topa bilish; jamoada qiziqishni uyg`otishda; idrok bilan tavakkalchilik qilishni; jamoada o`zaro yordam berish malakasini tarbiyalash; komandali o`yinlarda tashkilotchilik qilish malakasini tarbiyalash; sport o`yinlariga yaqinroq bo`lgan, murakkab harakatli o`yinlarda hakamlik qilish malakasini tarbiyalash; harakatda tezda nishon olishni, diqqatni taqsimlashni, o`zini tuta bilishni, aniq bir maqsadga yo`naltirilgan harakatni yo`naltirish; yugurishda tezlikni va chidamlilikni har hil sakrashlarda, katta va kichik koptoklarni otishda va ilib olishda malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish; yengil atletika va gimnastika malakalarini voleybol, qul to`pi, basketbol uchun to`pni egallash malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish.
Bu barcha vazifalar o`quvchilarni o`zlashtirishiga bog`liq holda ketma-ket hal etiladi, malakasi kichik sinflarda o`ynalgan o`yinlarda egallagan malakalari bazasida sekin-asta tarbiyalab boriladi.

Download 101.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling