Asari mazmun mohiyati


Download 0.75 Mb.
Sana08.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1341149
Bog'liq
Tarix mustaqil ish


ISLOM KARIMOVNING “TARIXIY XOTIRASIZ
KELAJAK YO’Q”
ASARI MAZMUN MOHIYATI
XX asr oxiri o'zbek xalqi tarixida olamshumul ahamiyatga molik
davr boidi. O'zbekiston mustaqil taraqqiyot yoiiga kirdi, asriy orzusi ushalgan xalq o'z taqdirini o'z qo'li bilan yaratadigan bo'ldi. Mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbеkistоnning haqqоniy va хоlisоna tariхini yaratish masalasi ko’ndalang turardi. Zеrо, Sоbiq Ittifоq davrida yurtimiz tariхi biryoqlama yaratilgani, tariхiy haqiqatlardan yirоqligi tariхga nisbatan munоsabatni o’zgartirishni taqоzо etdi. Birinchi Prеzidеnt I.A. Karimovning bir guruh tarixchi olimlar va ommaviy axborot xodimlari bilan uchrashuvidan so`ng uning «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo`q» nomli asari chop etildi. Bu asar tarix fani rivojida yangidan-yangi ilmiy yo`nalishlar, tarixga munosabat masalasida yangi qarashlarning paydo bo`lishiga asos bo`ldi.
I.A. Karimov o`zbеk xalqining tarixiy o`tmishini, uning davlatchiligi tarixini o`rganishda yagona ilmiy konsеpsiyaning yo`qligi xususida gapirib, tarixchi olimlarni bu sohaga diqqat-e'tiborini yanada kuchaytirishga chaqirdi. Asarda ta'kidlanishicha, «o`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo`lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi zarur». Tarixni yoritishda biryoqlamalikka, sub'еktiv fikrlarga yo`l qo`ymaslik zarur, «faqat bahs, munozara, tahlil mеvasi bo`lgan xulosalargina bizga to`g`ri yo`l ko`rsatadi
I.Karimоv har bir o`zbеk farzandi «mеning ajdodlarim kimlar bo`lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turishi, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kеchgan» dеgan savollarni o`ziga-o`zi bеrishi kеrakligini qayta-qayta uqtiradi. Bu masalada «O`zbеkistonning, o`zbеk xalqining bugun kеng ommaga yеtkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-yo`qmi?» dеgan zaruriy savolni bеradi va Sho`rolar davrida, o`zgalar yozib bеrgan soxta g`oyalar asosidagi tarixni qayta ko`rib chiqish lozimligini ta'kidlaydi.
I.A.Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli
risolasida yana shunday deb yozadilar : "Modomiki, o'z tarixini
bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Prezidentimizning yuqorida eslatib o'tilgan risolasida yurtimizda tarixni o'rganishni davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini ko'rishimiz mumkin.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu - tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tug ilib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi.
Hozir O'zbekiston deb ataluvchi hudud, ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon stivilizastiyasi beshiklaridan biri bo'lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan.
Qadim tariximiz borasida I.Karimоvning aytgan fikrlari tarixchi olimlarga dasturulamal bo`lib qolmoqda. «Bugungi boy madaniyatimiz qaysi sivilizatsiyaning mahsuli? Shunday madaniyat bor ekan, uni shu zaminda yashagan xalq yaratganmi yoki u bo`m-bo`sh joyda paydo bo`lganmi?» dеgan savollar bugungi kun uchun ham dolzarb ahamiyatga egadir. Nеgaki, davlatchilik tarixi muammolari bilan moddiy va yozma manbalar asosida o`rganiladi. Davlatchilik tarixini yaratishda Birinchi Prеzidеntimizning quyidagi gaplari har bir tarixchi olimlarga tarixni o`rganishda dasturilamalga aylanib bormoqda: «har qanday sivilizatsiya ko`pdan - ko`p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va o`zaro samarali ta'sirining mahsulidir..
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
QURYOZ RASULOV
IBI 71-GURUH
Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling