Asari Sahobiddin Yusufov mxvkm-70 Reja:,,Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch
Download 1.11 Mb.
|
sahobiddin yusufov tarix fani uchun maxsus (exclusive)
,,Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch“ asari Sahobiddin Yusufov MXVKM-70 Reja:
,,Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch“ asar haqida qisqacha Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch — bu Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov qalamiga mansub hujjatli adabiy asar. Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch asari 2008-yilda Maʼnaviyat nashriyoti tomonidan 176-betli qattiq muqovada chop etilgan. Asar muqaddima va toʻrt bobdan iborat. Tarjima qilingan va chop etilgan (tillar) qozoq Taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan (davlatlar) qirg‘iz turkman turk (faqat tarjima qilingan) arab (faqat tarjima qilingan) qoraqalpoq Misr Arab Respubliasi Quvayit Baxrayin Islom Karimovning ushbu kitobida insonning katta boyligi boʻlib kelgan maʼnaviyatning maʼno-mazmuni, uning inson, jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy hamda amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikrlar, xulosalar orqali tahlil etiladi. Kitob 4 bobdan iborat
Kitobda ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar O‘zbekiston Respubliakasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” nomli kitobi, hech shubhasiz, ana shunday nodir va ibratli kitoblardan biri hisoblanadi. Ayni paytda unda yoritilgan mavzusi, o’rtaga qo’yilgan muammo va masalalar, tadqiqot obyekti, ilmiy nazariy xususiyatlari nuqtai nazaridan g’oyat keng qamrovli, murakkab va serqirra, shu bilan birga, o’ziga xos noyob asar ekanini ko’pgina misollarda ko’rish mumkin. Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning nafaqat ichki olami, balki jamiyat va davlat hayoti bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan tortib, uning shaxsiy turmush tarzi, harakat va intilishlarini qamrab oladigan ma’naviyat hodisasining o’zi shu paytgacha ilmu fanda chuqur va fundamental asosda yoritilib, tadqiq etilmagan. Ma’lumki, Sharqda va G’arb olamida davlat yoki jamiyat, odil hukmdor, xalq va millat, dunyoning o’tkinchiligiyu ruhning abadiyligi to’g’risida, inson haqida, iqtisodiyot, falsafa, madaniyat, adabiyot va san’at haqida – xullas, odamzotning taqdiriga bevosita daxldor bo’lgan masalalar bo’yicha ko’plab fundamental asarlar yaratilgan. Lekin ma’naviyat fenomenini dunyoviy nuqtai nazardan, ilmiy va amaliy jihatdan har tomonlama tadqiq etadigan mukammal asar bizda shu paytga qadar yaratilmagani – ayni haqiqat.
Ma’nviyat tushunchasi Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch va uning barcha qarshlarining mezonidir. Ma’naviyatni shakllantirishda tarix, o‘zimizga xos urf-odatlar, din, an’analar, hayotiy qadryatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, shuning uchun ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodigorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Hammamizga ayon bo‘lishi tabiiyki, oila (ham jismonan, ham ruhan) sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan mamlakat barqarordir. Ma’naviyat bo‘lmasdan turib, eng ezgu maqsadlarga yetib bo‘lmaydi. Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlanib kelayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millating eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarni o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz. Tabiiyki, milliy g‘oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning oliyjanob niyatlarin, hayotiy manfaatlarni mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamyat kasb etmoqda. Agar biz ahil bo‘lsak, el-yurt manifaati yo‘lida bir tan-u bir jon bo‘lib yashasak, o‘zimizdan sotqin chiqmasa, o‘zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi. Milliy g‘oya
O‘zbek modeli Бугунги кунда маънавият дунёсига нисбатан мавжуд бўлган хавфхатарлардан албатта кўз юмиб бўлмайди, лекин бизнинг ишончимиз комилки, халқимиз тарихнинг мураккаб жараёнларида иродаси чиниқиб, ҳар қандай ҳужум ва тазйиқларга қарамасдан, маънавий олами кучайиб ва юксалиб бораётгани, бизни кўролмайдиган кучлар ҳам бу ҳақиқатни тан олаётганини мамнуният билан қайд этамиз Bugungi kunda ma’naviyat dunyosiga nisbatan mavjud bo‘lgan xavf-xatarlardan, albatta, ko‘z yumib bo‘lmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixining murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma’naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko‘rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnunyat bilan qayt etamiz. Xotima: Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling