Asarlar ustida ishlash


Download 214.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi214.9 Kb.
#1192902
1   2   3
Bog'liq
4270-Текст статьи-10410-1-10-20211206

Key words: artwork, synthesis, analysis, emotional impact, text, primary education, 
preschool education, independent work, imagery. 


Vatanimizda mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga 
oshirildi. Boshlang'ich ta’limning ham „Davlat ta’lim standarti” yaratildi, o'quv 
dasturlari yangilandi. Keyinchalik tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat 
ta ’lim standartlari va o'quv dasturlari qayta ko'rib chiqildi, „O'qish kitobi" 
darsliklari ham yangilandi. Bundan tashqari yildan yilga inavatsion g'oyalarga 
boyitilgan yangi darsliklar, eski darsliklarda turli o'zgarishlar, yangilanishlar 
uchramoqda. Bu esa o'z navbatida bolaning yanada chuqur salohiyat va bilim egasi 
bo'lishida turtki bo'lmoqda desak hech adashmagan bo'lamiz. Respublikamiz 
mustaqillikka erishgandan so’ng boshlang’ich sinflar uchun yangi dastur va 
darsliklar yaratildi. O’qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko’proq 
ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, 
texnika vositalaridan foydalanishga ko’proq e’tibor berildi. Asarlar aslida oddiy bir 
so'zga tengsiz kuch ato eta oladigan, insonning eng nozik tuyg'ularini 
harakatlantiradigan, olam va odamning mohiyati, o'zaro munosabatlarining inikosi. 
Badiiy adabiyotlar nafaqat kattalar, balki yurtimiz kelajagi bo'lmish bolajonlarning 
ham hayotiga o'zgacha nur olib kirishi, ma'naviy olamini shakllantirishi, to'g'ri 
bilan yolg'onni, oq bilan qorani farqlay oldirishi va so'ngida porloq kelajak sari 
to'g'ri yo'lni tanlashi uchun tub burilish yasay olishi zarur. Abdulla Qahhor tabiri 
bilan aytganda: "Adabiyot atomdan kuchli..." [1].
Badiiy asarlar badiiy adabiyotlardan olinishi tabiiy. Ammo yosh nuqtayi 
nazarini ham e'tibordan chetda qoldira olmaymiz. Bolajonlarni kitobni sevish, unga 
oshno qilishda badiiy asarlarning ahamiyati katta. Bugungi kunda yosh kitobxonlar, 
kitobxonlik tanlovlari, musobaqalari ko'plab uyushtirilmoqda. Davlatimiz rahbari 
Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan mazkur masala davlat siyosati darajasiga 
ko'tarilgan. Shu o'rinda yurtimiz rahbarining quyidagi fikrlarini keltirib o'tsam:
Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish 
bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob 
bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida 
e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon 


adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni 
keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”. [2] 
Badiiy asarlar ustida ishlash orqali o'quvchilarda ongli, tez, ifodali tushunib 
o'qish ko'nikmalari shakllanadi. O'qish malakasining rivojlanishi bo'lsa baiiy asarni 
tahlil qilishga yondashish yo'lini ko'rsatadi. Badiiy asar o'qituvchi tomonidan 
o'quvchi yoshiga mos ravishda tanlanishi, uning tarbiyaviy ahamiyati, asarning 
hayotiyligi, obrazliligi, qay darajada o'quvchiga emotsional ta'sir ko'rsata olishi 
muhim. Unda uchraydigan turli notanish so'zlar ustida ishlash, mavzuga doir 
holda bog'lab keta olish, o'quvchilarning o'zi ustida ishlashi, ya'ni asardan olgan 
taassurotlarini o'rtoqlashishi, turli savollar tuza olishi, ma'lum voqealikka izoh 
berishi esa har bir o'quvchida mahorat shakllantiradi. Chunki insonga xos har 
qanday ruhiy holat, his-tuyg'ular voqelik faktlaridan ta'sirlanish va ularga ta'sir 
o'tkazishi, shu asosda yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy munosabat tildagi mavjud 
lisoniy vositalar yordamidagina voqelandi. [3] Binobarin, asarlar xotira 
mashqlarini ham yuksaltiradi. Zamonaviy ta'limda mnemonikadan foydalanish 
davr talabiga aylanib bo'lgan. 
Boshlang'ich sinflarda badiiy asar ustida ishlashning asosiy bosqichlari- 
birinchi sintez, analiz va ikkinchi sintez. Birinchi sintez jarayonida bola asarni 
butunicha tushunish orqali aniq mazmun va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishadi. 
So'ngra analiz: voqealar rivojining bog'liqligi, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-
atvori va xususiyatlarini aniqlash (nima uchun sodir bo'ldi? nega shunday bo'ldi? 
nima sababdan qildi va h.k), kulminatsion nuqta, yechim, asarning aniq mazmunini 
tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish, qahramonlarning xarakter xususiyatlarini 
tahlil qilsihdan iborat. So'nggi ikkinchi sintez bosqichida bo'lsa asarning umumiy 
g'oyasini aniqlashadi, hayot bilan bog'laydi, qahramonlarni taqqoslab baholaydi. 
Agar badiiy asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o'quvchilar bilish va faol 
qatnashish jarayoni ortadi. Negaki tahlil ijodiy jarayondir. O'quvchi o'zi mustaqil 
fikr yurita boshlaydi. Tushunchalarini kundalik hayoti bilan bog'laydi va ongli o'sa 
boshlaydi. Bunday vaziyatda guruh bilan ishlashning ham ustunligi ko'zga 
tashlanadi. Boshlang'ich sinflarda asar ustida ishlashdan oldin film tomosha 


qildirish ham mumkin. Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayotini o’rganishdan 
oldin film namoyish qilinsa, o’quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. 
Masalan, 2-sinfda “Gulzorda” hikoyasini o’qishda ”Mehrobdan chayon” filmidan 
parcha 
ko’rsatilishi, 
3-4-sinflarda 
Ibn 
Sino 
haqidagi 
asarlarni 
o’rganishda ”Ulug’bek xazinasi”, Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan 
tanishtirishda “Alisher Navoiy” filmii namoyish etilishi mumkin [4]. Bu orqali 
tasavvur doirasi yanada kengaytiriladi. Yuz marta eshitgandan bir marta ko'rgan 
afzal.
Asar tahlili jarayonlarida matn ustida ishlashda tanlab o'qish, o'quvchilarni 
savol berishga o'rgatish, ular tomonidan berilgan savolga o'zlarining so'zlari bilan 
javob berish, matnni tasvirlash, asar rejasini tuzish kabi turlardan foydalaniladi. 
Tanlab o'qishda o'quvchilar mashqning topshiriq berilgan joyinigina o'qiydi. 
Masalan, 3-sinf ona tili darsligida berilgan "Jo'jalar" (80-bet) matnini o'qiydi va 
shartini bajaradi. "Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga so'roq bering, ularning qaysi so'z 
turkumiga kirishini ayting" kabi topshiriqlar berilishi mumkin. Shuningdek, 
matndagi ko'chma ma'noli so'zlar, o'xshatishlar, iboralar ustida ishlanadi.
O'qish darslarida badiiy asarlarni janriy xususiyatlariga ko'ra o'rganish 
texnikasi ham bor. Chunki hikoya matni she'riy asarlar matnidan, she'r matni ertak 
matnidan, ertak matni maqola matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal 
janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Bularning ichida eng ta'sirlisi 
ertak. Ertak tili xalq tiliga yaqin, ta'sirchan va jozibador, esda qolishi oson. Turli 
obrazlar xuxusiyati bor. Ko'pincha rahmdil, saxiy, mehnatkash, sofdil, adolatli va 
uning aksi baxil, yovuz, dangasa qahramonlar uchraydi. Shu sababli bolajonlarimiz 
ham ertakni jon dillari bilan o'qishadi, sevishadi. Masal kichik hajmli, boy 
mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va uning yechimi bo'lgan kichik pyessani 
eslatadi. «Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo’lgan. O’z ma’nosidan 
ko’chirilgan (majoziy) so’z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” 
tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu 
ta’bir joriy qilingan». [5] 3-sinf "O'qish" kitobida "Qaysar buzoqcha" 
(O.Qo'chqorbekov) masalini olaylik. Masal mazmuni tarbiyasi og'ir, tushkunlikka 


tushib qolgan bolalarni to'g'ri yo'lga solishdir. Umuman olganda, badiiy asarning 
qaysi janri bo'lmasin ularning barchasi muhimdir.
Xulosa o'rnida, o'zbek metodist olimi Zunnunov fikrlarini keltirib o'tsak: 
„Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy 
voqeani yoritish orqali o'quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, 
tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab 
olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O'quvchilarning yozuvchi oldinga surgan 
g'oya, muammolarni to'liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni 
tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo'lmaydi" [6] 

Download 214.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling