Asbesttsement issiqlik izolyatsiya materiallari. Reja: Asbosement xomashyo
Download 315.15 Kb.
|
Asbesttsement issiqlik izolyatsiya materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbosement buyumlar
- 1. Asbosement xomashyo materiallari Portlandsement.
Asbesttsement issiqlik izolyatsiya materiallari. Reja: Asbosement xomashyo materiallari. Asbosement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Asbosement buyumlarning turlari. Foydalanilgan adabiyotlar Asbosement buyumlar Asbosement sement, asbest 10-20% va suv aralashmasining qotishidan hosil bo'lgan sun'iy kompozitsion qurilish materialidir. Asbosement tarkibida sement boglovchi matritsa, asbest esa dispers tolasimon armatura - karkas vazifasini bajaradi. Kompozit yuqori mustahkamlik, olovbardoshlik, suv o'tkazmaslik, issiqlik izolatsiyasi, elektr o'tkazmaslik va atmosfera muhitiga chidamlilik xossalarga ega. 1. Asbosement xomashyo materiallari Portlandsement. Asbosement buyumlar ishlab chiqarishda M400 va M500 markali portlandsement, bezak materiallar olishda oq va rangli sementlar, buyumlar avtoklavda ishlov berilganda portlandse-ment va kvars kukuni aralashmasi ishlatiladi. Buyum tayyorlashda alitli sementlarni ishlatish maqsadga muvofiq. Sement tarkibida uch kalsiyli silikat 52% dan kam bo'lmasligi, uch kalsiyli aluminat 8% dan ko'p bo'lmasligi kerak. Sementning maydalik darajasi 2900- 3200 sm2/g disperslikda bo`lishi zarur. Qum kukunli sement, sement klinkeri, kvars qumi (45% gacha) va gips aralashmasini kukun holatigacha maydalab tayyorlanadi. Qum kukunli sementning dispersligi 3200-3600 sm2/g, sement tarkibida tez eriydigan ishqorlar miqdori 0,3% dan oshmasligi shart. Asbest. Asbest tabiiy tolasimon material, suvli va suvsiz magniy silikati, ba'zi turlari kalsiy silikati va natriy silikatidan iborat. Asbosement materiallar ishlab chiqarishda xrizotil-asbest (3MgO∙2SiO2x2H2O) ishlatiladi. Asbestning bu turi umumiy asbest ishlab chiqarishning 95% ni tashkil qiladi. Asbest tolasining diametri 1 mkm, lekin asbest toshi gidromexanik usulda ezg'ilanganda o'rtacha 0,02 mm tolalari hosil bo'ladi. Asbest tolalari 600-800 MPa mustahkamlikka, egiluvchanlik xususiyatlariga ega. Sement toshi tarkibiga 10-20% asbest tolalari kiritilsa, uning egilishidagi cho'zilish mustahkamligi 3-5 marta yuqori bo'ladi va zarbiy mustahkamligi oshadi. Asbest 8 navda (0 dan 7 gacha) va 42 markada tovar holida ishlab chiqariladi. Yuqori navli asbestlarning tolasi uzun bo'ladi. Asbosement buyumlar ishlab chiqarishda qisqa tolali asbest -3, 4, 5 va 6 navli, tola uzunligi 0,3-10 mm bo'lgan turlari ishlatiladi. Asbosement buyumlar olishda asbest (10-15%), qisman bazalt shisha yoki shlak mineral paxtasi bilan almashtiriladi. Xususiy hollarda nebelenli selluloza, ikkilamchi kraft-selluloza, qog'oz makulaturasi, yog'och tolasi va boshqa sintetik tolalar ishlatiladi. Suv. Asbosement ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan suv tarkibida organic moddalar, loysimon aralashmalar, tuz eritmalari bo'lmasligi kerak. Sizot, botqoq, dengiz suvlarini ishlatish mumkin emas. Download 315.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling