Asbesttsement issiqlik izolyatsiya materiallari. Reja: Asbosement xomashyo


Download 315.15 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi315.15 Kb.
#1633044
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asbesttsement issiqlik izolyatsiya materiallari

2 -rasm. Tombop asbosement buyumlar:
a - oddiy profilli to'lqinsimon list
b- armaturalangan konstruktiv yopma (nastil).
v-umumiy ko`rinishi


Ekstruziya usulida tayyprlangan asbosement panellar cherdaksiz sanoat binolar tomlarini yopish uchun ishlatiladi. Panellar ustidan tom o'rama gidroizolatsiya materiallari bilan qoplanadi.
Balandligi 120-180 mm bo'lgan panellar tom qoplamalarida, balandligi 80 mm ligi esa osma shiftplar uchun ishlatiladi. Panellar eni 595 mm (asosiy) va 295 mm (yordamchi) qilib ishlab chiqariladi.
Cherdaksiz yopmalar uchun panellar ikki turda tayyorlanadi: korobka tipida, ichiga issiqlik izolatsiyasi qatlami qo'yilgan alohida yassi va to'lqinsimon listlardan yig'ilgan uch qatlamli panellar. Ishlatilish joyiga ko'ra panellar ikki tipga bo'linadi: oddiy qatorga teriladigan AP va burchaklarga teriladigan APK. Plitalarning uzunligi 1500-3000 mm, eni AP-700 mm, APK-347 mm, balandligi 120 mm bo'ladi.
Tombop asbosement yassi plitkalar kam qavatli qishloq xo'jalik binolari va xususiy qurilish uchun mo'ljallangan. O'lchami 400x400 mm li plitka ko'proq ishlatiladi. Plitkalar tomga yaxlit yoki oraliq masofa qoldirib o'rnatilgan yog'och obreshotka (panjara) ustiga zanglamaydigan mixlar bilan qoqiladi. Asbosement plitkaning egilishdagi mustahkamligi 24 MPa, sovuqqa chidamliligi bo'yicha markasi F50 bo'ladi.
Devorbop buyumlar. Asbosement asosida quyidagi devorbop buyumlar tayyorlanadi: to'lqinsimon listlar, yirik o'lchamli yassi listlar, ekstruziya usulida olingan plita va panellar, yog'och hamda asbosement karkas asosidagi tashqi devor panellari. To'lqinsimon listlar isitilmaydigan sanoat binolari devor konstruksiyalarini barpo etishda ishlatiladi. Ular uzunligi, odatda, 2,5 m bo'ladi va profili bo'yicha 40/150 va 51/177 (o'rtacha Yevropa profili) turlarga bo'linadi.
Yirik o'lchamli listlar uzunligiga 200-300 mm, eni 1200-1500 mm, qalinligi 4-12 mm asbosement buyumlar kiradi (9.13-rasm). Ular o'rtasiga issiqlik izolatsiyasi materiali qo'yilgan uch qatlamli panellar va pardevor konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.


Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling