Aseptika va antiseptika desmurgiya va transport


Download 27.55 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi27.55 Kb.
#1004378
1   2   3   4
Bog'liq
Aseptika va antiseptika desmurgiya va transport

Qo‘lni zararlantirish
Spassokkuoskiy-Kochergin usuli. Bu usulga binoan, qo‘l 10 minut davomida ikkita cho‘tka bilan 5 minutdan sovunlab yuviladi. Sovuni ketgach, 0.5% li nashadil spirti eritmasi solingan tosda qayta yuviladi va qo‘l steril salfetka bilan artiladi hamda 70%li etil spirti eritmasi bilan tozalanadi, tirnoq va panjalar 3%li yod bilan artiladi.
Operatsiya maydoni ikki bosqichda tozalanadi
1-bosqich. a) gigienik vanna yoki dush (agar to‘g‘ri kelsa);
b) o‘rinni va kiyimni almashtirish;
v) operatsiyadan oldin jun va tuklarni qirish.
2-bosqich. Operatsiya maydoniga ikki marta 5% li yodning spirtli eritmasini surtish. Operatsiya tugagach, yara chetlarini yod bilan artish. Yosh bolalarga yod o‘rniga ko‘k briliantining 1% li spirt eritmasi bilan artiladi.
Antiseptika
Antiseptika infeksiya (mikrob)ning yaraga tushishiga va uning rivojlanishiga qarshi o‘tkaziladigan kompleks kurash va oldini olish usullarini qo‘llashdir. Antiseptika mexanik fizik, ximik, biologik aralash turlaridan iborat:
a) kimyoviy antiseptika antiseptik, dezinfeksiyalovchi va kimyoterapevtik preparatlar guruhlariga bo‘linadi. Shu maqsadda xloramin eritmasi bilan yiringli yarani tozalashda 0.5-1% li, metalmas asboblar uchun 0.5% li, asboblar va xonani tozalash uchun 3% li eritma ishlatiladi. Yodning 5%li spirtdagi eritmasi, lyugol, spirt, vodorod peroksid 3% li, kaliy permanganat eritmasi, kseroform 3-10% (maz) surtma, poroshoklar va hokazolar ishlatiladi;
b) mexanik antiseptika yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni olib tashlash, yashash qobiliyatini yo‘qotgan to‘qimalarni kesib tashlashdan iborat.
v) fizik antiseptika yaralarda mikrobning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan fizik usullar bo‘lib, ochiq va yopiq drenajlar hamda so‘rovchi vaakumlardan foydalanishdir.
g) biologik antiseptika mikroblarni o‘ldirish orqali inson organizmining immunobiologik holatini oshirishni ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi.
Biologik antiseptik moddalar qatoriga antibiotiklar, enzimalar, zardoblar kiradi. Antibiotiklarga olitetrin, streptimitsin, tetrosiklin, ferment preparatlariga trepsin, ximotrepsin, ximopsin, zardob preparatlariga esa antitoksinlar va anatoksinlar kiradi. Xirurgiya juda qadim zamonlardan ma’lum. Ibtidoiy odamlar o’z-o'ziga va bir-biriga yordam ko'rsatar ekanlar, nayzaning o'tkir uchini va yoy o'qini tanadan chiqarib olish yo'lini bilganlar, qon oqayotgan jarohatni qisib, qon ketishini to'xtata olganlar, jarohatni davolash uchun o'simliklarning barglaridan va yo'sin (mox) dan foydalanganlar.

Operasiya - bu asosan ta'qimalarga mexanik ta'sir ko’rsatish yo'li bilan to'qimalar kesilib

patologik o’choq aniqlanib bartaraf etiladi (kesib olib tashlanadi) va to'qimalar yoki ayrim tana a'zolarning normal shakli funksiyasi tiklanadi: to'qimalar va a'zolarni kesib olib boshqa joyga (boshqa organizmga) ko'chiriladi.

Shikastlanishning turi va sabablari, davolash va oldini olish choralariga travmatologiya fani mas'uldir. Shikasllanishlar umumiy xirurgik kasalliklarning 30-35% ni tashkil etadi.

Respublikamizda travmatologik xizmat uch asosiy zvenodan iborat:

1.Shikastlanish ro'y bergan joyda birinchi tibbiy yordamni tashkil qilish.

2.Ambulatoriya-poliklinikada shikastlanishga yordam ko'rsatish.

3.Travmatologik yordamni kasalxonalarda tashkil qilish.

Travma yuz bergan joydayoq birinchi yordam ko'rsatish quyidagi maqsadlarni ko'zda tutadi:

a) shifokor kelguncha birinchi oddiy yordam. Bu yordam ko'pincha maxsus kasbi bo’lmagan kishilar (o'z-o'ziga va o'zara yordam) tomonidan ko'rsatiladi. Ular shikastlangan kishining o’rtoqlari, sanitariya drujinachilar tomonidan, qarindoshlari yoki begona kishilar, yo’l harakati va milisiya hodimlari, o'rta ma'lumotli tibbiyot hodimlari bo'lishi mumkin:


b) Yuqori malakali yordamni maxsus tayyorgarlikka ega bilgan shifokor kerak.

Birinchi travmatologik yordamni tashkil qilishda quyidagilarga rioya qilish kerak:

1) shikastlangan kishiga iloji boricha zudlik bilan yordam berish zarur.

2) birinchi malakali yordam tezroq ko'rsatilishi uchun avvalo oddiy tibbiy yordam ko'rsatilgandan so'ng, bemor darhol maxsus davolash muassasasiga olib borilishi zarur.

3) keyingi bosqichda yordam beruvchi travmatologiya hodimlariga har bir qilingan davolash

usullarini keng va batafsil bayon qilish, birlamchi xirurgik ishlov berish, qoqsholga qarshi zardob yuborish va boshqalar.

4) har bir kishi shikastlanish yuz berganda qayerga, qachon so’rab murojaat qilishni bilish kerak.

5) shikastlangan kishini to'gri evakuaciya qilish travmatalogiya yordamining asosiy bo’g’ inlaridan biri hisoblanadi.

Jarohat infeksiyalari tushunchasi kasallik qo'zg'atuvchi aerob va anaerob infeksiyasining spesifik hamda nospesifik turlari keltirib chiqaradigan xirurgik kasalliklarni o'z ichiga oladi.

Kasallikning avj olishida kasallik tug'diradigan mikroblar katta rol o’ynaydi. Xirurgik

infeksiyani qo'zg'atuvchi mikroblar atrof- muhitda ham inson badani sirtida ham shuningdek,

nafas olish yo’llari va ichaklar bo'shlig'ining shilliq pardasida ham mavjud. Ular organizmga kirish darvozasi deb ataluvchi teri va shilliq pardalarining shikasllanishi tufayli yoki nafas olish, me'da- ichak va tanosil yo’llari orqali tushadi.

Xirurgik infeksiyalar klinik ko'rinishi bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:

1. O'tkir xirurgik infeksiya

l. Mahalliy o'tkir xirurgik infeksiya.

a) o'tkir nospesifik yiringli infeksiya;

b) o'tkir chirik infeksiya;

v) o'tkir nospesifik anaerob infeksiya yoki gazli gangrena;

g) o'tkir spesifik anaerob infeksiya (qoqshol, kuydirgi).

2. Umumiy xirurgik infeksiya:

a) o'tkir nospesifik infeksiya;

b) o'tib kelgan (surunkali) umumiy xirurgik infeksiya;

3.Surunkali xirurgik infeksiya:

a) surunkali nospesifik infeksiya;

b) surunkali spesifik infeksiya.

Mikroorganizmlar jarohatga ekzogen va endogen yo'llar orqali tushadi. Ekzogen yo'llarga tashqi muhitdan tushadigan infeksiyalar ya'ni jarohatni kir qo'llar bilan tozalaganda, nosteril matolar bilan yarani bog'laganda, jarohatni noto'g'ri tozalaganda, bog'lamni noto'g'ri bog'lashda ro'y beradi.

Endogen yo’llarga infeksiya tananing boshqa qismidagi yiringli ichakdan qon tomirlar bo'ylab tushishi mumkin (surunkali tonzillit, yumshoq to'qimalarning yiringli yallig'lanishi, furunkulyoz, gaymorit va boshqalar).

XIX asrning 40 - yillarida N. I. Pirogov jarohatni davolashda karbol kislota, lyapis, spirt, yod nastoykasi ishlatgan va jarohat infeksiyasiga qarshi kurashish ko'p marta takidlagan. D. Lister operasiyadan keyingi infeksiyani sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan bog'lam orqali tushadi degan xulosaga kelgan. Strelizasiya usullarini ishlab chiqishda bakteriologiyaning ahamiyati katta bo'ldi. Aseptika va antiseptika vrachlarda katla qiziqish uyg'otdi. Xirurgiya sohasida bu usullarni nemis xirurglari Trendelenburg. Bergman, Shimmelbush, Esmarx va Neyberg rivojlantirdilar.




Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling