Asfaltobeton va sementobeton qoplamalar qurish ishlarida sifatni nazorat qilish


Tayyor qoplamalarda texnik sifat nazorati


Download 32.63 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi32.63 Kb.
#1060120
1   2
Bog'liq
ATRABO\'TKA METROLOGIYA 6-M

Tayyor qoplamalarda texnik sifat nazorati.
Qurib bo‘lingan qoplamaning zichlanish koeffitsienti va qatlam qalinligi tekshiriladi, qatlamlarning o‘zaro ilashish va asosi bilan mustahkamligi, asfaltobeton xossalarining ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri kelishini, qoplamaning g‘adir –budurlik o‘lchamlari, avtomobil g‘ildiraklarini qoplama bilan ishqalanish koeffitsienti tekshiriladi.
Rovonlik, ko‘ndagang nishoblik darajasi va qoplama qatlami qalinligi QMQ (SNIP) bo‘yicha tekshiriladi.
Qoplamadan kesib olingan bo‘laklar sinash uchun ishlatiladi, bunda,namunalar yangi qoplama qurilgandan 10 sutka o‘tib olinadi Sovuq asfaltobetondan esa 30 sutkadan keyin olinadi.
Yuqori qatlam 3 smdan kam bo‘lsa namuna pastki qatlam bilan bir vaqtda kesib olinadi va ohista ajratib keyin sinovga alohida – alohida qo‘yiladi.
Yo‘l qoplamasi kengligi 7 metrdan kam bo‘lganda har 1 kmda 3 ta sinov, agar yo‘l qoplamasining kengligi 7 metrdan ortiq bo‘lsa har 7000 m2 qoplamada 3 ta sinov o‘tkaziladi.
Qaynoq asfaltobeton qoplamalari zichligi darajasini aniqlashda zichlanish koeffitsienti:

- o‘rtacha xajmiy og‘irlik
- namunaning xajmiy og‘irlig
Qoplamaning g‘adir – budurligi SoyuzDorNII da tayyorlangan PKSh-4 qurilmasi yordamida aniqlanadi.
Qoplamaning ishqalanish koeffitsienti PKRS – 2 xarakatdagi laboratoriya uskunasi yordamida aniqlanadi va quyidagi formula yordamida hisobllanadi :

Bu erda - ishqalanish koeffitsienti
- avtomobilning tormozlanish vaqtidagi tezligi
- erkin tushish tezligi ( 9,81 m/sek2)
- tormoz izi uzunlig
- ishqalanish koeffitsientini o‘zgarishi 60 km/soatda K=0,7.
Sementobeton qorishma tayyorlaganda quyidagilar nazorat qilinadi:
a).doimo beton qorishma tayyorlashning texnologik uskunalariga rioya qilish;
b).smenada kamida bir marta;
-yutilgan havoning hajmi;
-beton qorishmaning yaxshi joylashishi;
-ish qorishmasida kimyoviy qo‘shilmalar tarkibi;
-betonning siqilishga mustahkamligi
-uchta namunani sinash yo‘li bilan;
v)qorishmalarning sifati o‘zgarganda - beton qorishmasidagi tarkiblarni me’yorlashni beton qorishtirgichga zavod tayyorlovchi tomonidan yuborilgan ko‘rgazmaga asosan nazorat tortish, qum, chaqiq tosh yoki shag‘alning sifati tekshiriladi.
qoplamalar va asoslarni monolit betonlardan qurilganda, quyidagilar nazorat qilinadi:
-doimo betonlashning texnologik jarayoni va uni parvarishlashning talabiga rioya qilish;
-choklarni tayyorlash va germetizatsiyalash; -armaturlarni va qistirmalarni to‘g‘ri qo‘yish;
-qoplama yuzaning bir tekislikdaligi va chetki qiyaliklarining mustahkamligi;
-betonlashni boshlashdan oldin tortilgan sim va rels qoliplarni to‘g‘ri o‘rnatilganligi.
Smenada 1 marta va beton yotizilayotgan joydagi qorishmaning sifatini o‘zgarishi:
-betonning mustahkamligini uchta nazorat namunasi tayyorlanib sinash;
-yaxshi joylashishi;
-yutilgan havoning hajmi hamda yangi yotqizilgan betonni parvarishlash ishlarini parda yaratuvchi materiallar bilan 20 x 20 sm o‘lchamdagi qoplama qismining sifatini.
Yig‘ma temirbeton qoplamalar qurilganda (a) bandiga qo‘shimcha (5-ma’ruza) quyidagilar tekshirilishi lozim:
doimo taxtalar (plitalar) va birlashish elementlar ko‘rinishdagi butunligi ulanishdagi payvandlashning va choklarni to‘ldirilish sifati qurilishdagi texnologik usulga rioya qilish;
har smenada kamida bir marta:
taxtalarning asos bilan birlashishi(tekislovchi qatlam) ni yuk yotqizilgan taxtada birini ko‘tarib yonma-yon yotgan taxtalarning (plita) qirralarini bir-biridan yuqori yoki pastligi bo‘ylama chokda 3 ta ko‘ndalang kesimda, ko‘ndalang choklarda esa 1 km da 10 ta ulanishda.
Kengligi 7,5 m ga teng sementbeton qoplama sirpanuvchi qolipli mashinalar yordamida qurilayotganda taqsimlagich ishlatilgan taqdirda beton qorishmasini dastlabki taqsimlanishi 7,3-7,5 m kenglikda amalga oshirilishi lozim.
Beton qorishmasini zichlashda «o‘tirishi»ni hisobga olib taqsimlash lozim, qoplama taqsimlaganda sirpanuvchi qolipi bo‘lgan mashinalar yordamida beton yotizgichda qurilayotganda, agar loyihaviy qalinlik 20-24 sm ga teng bo‘lsa, ish kunlaring boshida yoki uzoq muddatli tanaflfuslardan so‘ng qorishmaning «o‘tirishi» ga 5-7 sm qo‘shib olish tavsiya etiladi. Ko‘rsatilgan «o‘tirish»ga qo‘shib olish uzunligi 10-15 m bo‘lgan bo‘lakda saqlanishi, so‘ngra uni 3-5 sm gacha kamaytirish kerak.
Beton qoplamaning yuqori sifatini ta’minlash maqsadida betonyotqizgich uzluksiz ravishda doimiy tezlikda harakatlanmog‘i lozim.
Betonlash jarayonida shuningdek, elektromagnit titratgichli titramalar qirra g‘o‘ladan keyin zichlangan beton qorishmali yuzasining yaxlitligi va tebranayotgan chor qirra g‘o‘lalarning butun eni bo‘ylab bir tekisda taqsimlangan beton qorishmalaning uzun bo‘rtmalari mavjudligi ta’minlanishi lozim; uzun bo‘rtmalarning balandligi birlamchi titratma g‘o‘la uchun 20-25 sm va ikkilamchi g‘o‘la uchun 10-15 sm atrofida bo‘lishi kerak.


Download 32.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling