Ashtarxoniyalar sulolasining buxoro xonligi tepasiga kelishi
Download 30.72 Kb.
|
Reja.docxberdiyev tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abulfayzxon (1711-1747)
Ubaydullaxon (1702-1711) o'tiradi. Bu davrda toj-u taxt uchun kurash o'zining eng yuqori cho'qqisiga ko'tarildi. Bu davrda Balx, Termiz, Shahrisabz hokimlari mus-taqil bo'lib olishga harakat qiladi. Ubaydullaxon ularga qarshi harbiy yurishlar qilishga majbur bo'ladi. Samarqand va Hisor-da bosh ko'targan qabilalarga qarshi qo'shin yuboradi. O'zaro beto'xtov urushlar, harbiy yurishlardan keyin xazina bo'shab iq-tisodiy ahvol og'irlashadi. 1708-yillarda o'tkazilgan pul islohoti natijasida pul qiymati to'rt marotaba tushib ketadi (mis chaqa-lar 36 gr dan 9 gr ga tushiriladi). Islohotdan zarar ko'rgan aholi g'alayon ko'taradi, biroq qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostiriladi. Mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy ahvolning yomonlashishi ich-ki ziddiyatlarni kuchaytirib yuboradi.1711-yil 16-martda uyush-tirilgan saroy fitnasi oqibatida Ubaydullaxon ham o'ldiriladi. Bu fitnani 40 kishidan iborat saroy guruhi amalga oshiradi. Ubay-dullaxon bor-yo'g'i 30-yil yashab, 9-yil hukmronlik qiladi. U o'z hukmdorligini tug'ishgan og'asi Abdullaning boshini tanasidan judo qilishdan boshlagan edi. Negaki Ubaydullaxon og'asining taxtga da'vogar bo'lib chiqishidan qo'rqardi. Taxtga Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxon (1711-1747) o'tiradi. Ashtarxoniylar sulolasidan bo'lgan so'nggi xon Abulfayzxon tez orada amirlar va zodagonlar qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoladi.
Hokimiyatdagi muhim lavozimlar nufuzli amirlar qo'liga o'tib qoladi. Markaziy hokimiyat zaiflashgach, 1711-yilda Balh, 1723-yilda S amarqand viloyati Buxoro xonligidan ajralib chiqadi. 1720-yilda Toshkent viloyatini qalmoqlar bosib oladi. Bu ahvolni kuzatib borgan Xiva xoni Sherg'ozixon ham Buxoro xonligiga da'vogar bo'ladi, ammo uning harakatlari samarasiz yakunlanadi. 1723-yilda qalmoqlar qozoq dashtlariga bostirib kirib qozoqlarni Movarounnahrga qochishga majbur qilgan. Qozoqlar chorva mollari bilan Zarafshon vodiysiga kirib bog' va ekinzorlarni payhon qilganlar. Buxoro xonligida iqtisodiy va siyosiy tanglik kuchaygandan kuchayadi, oxir oqibatda xonlik tanazzulga yuz tutadi. Movarounnahr parchalanib uchta xonlikka-Buxoro, Qo'qon va Xiva xonliklariga bo'linib ketadi Xullas, 1601-1756-yillar davomida Ashtarxoniylar sulolasi davrida hukm surgan siyosiy, ijtimoiy tarqoqlik xonlar, sultonlar, shahzodalar o'rtasida avjiga chiqqan o'zaro toju taxt uchun kurashlar, talonchilik urushlari o'sha d avr avlod-ajdodlarimizning dunyo taraqqiyoti sivilizatsiyasidan birmuncha orqada qolib ketishiga bosh sabab bo'ldi. Shayboniylar hukmronligi yillarida eng oliy davlat idorasi dargoh hisoblangan. Uning tepasida oliy hukmdor-xon turgan. Oliy hukmronlik otadan bolaga emas, balki suloladagi eng ulug' namoyondaga o'tgan. Keyinchalik bu an'ana sulola ichi-dan oilaviy taxt vorisligiga o'tgan. Abdullaxon II davriga ke-lib, masalan, hokimiyat Iskandarxondan o'g'li Abdullaxonga, Abdullaxondan esa o'g'li Abdulmo'minga o'tgan. Ammo shayboniylar sulolasidagi davomiylik so'nggi paytga qadar ana shu tartibda shakllana olmagan. Abdullaxon II davrida Balx vilo-yati hokimligini valiahdga topshirish an'anasi shakllanib borgan. Biroq Shayboniylar faoliyatiga chek qo'yilishi bilan bu an'ana rivojlanmay qolgan. Bu an'ana ashtarxoniylar davrida yana tiklangan. Dargohdagi xondan keyingi davlat mansabi sardor, boshliq, yetakchi deb hisoblangan va u xonning eng ishonchli va yaqin kishilaridan biri bo'lgan. Qabul marosimlarida u xonning chap tomonidan joy olgan va davlatning ichki va tashqi siyosati, har-biy masalalarda xonning birinchi maslahatchisi deb qaralib, xon farmon va yorliqlarida uning nomi birinchi bo'lib qayd etilgan. Masalan: 1570-yili Buxoroda hokimiyatni tiklash jarayonida, buxoroliklar bilan muzokaraga xon o'z sardorini yuborgan. Bundan tashqari harbiy yurishni uyushtirish, dushman harbiy qudratini o'rganish, elchilik vazifalarini bajarish vazifalarini ham sardor olib borgan. Davlat tasarrufiga tegishli mansablardan yana biri-otaliqdir. U otasining o'rnini bosmoq mazmunini anglatadi. Ushbu xiz-mat hokimiyatning joylardagi viloyat-mulklardagi siyosatini belgilashda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Zero, oliy hukm-dor mamlakat qismlarini viloyatlarni sulola namoyondalari-shahzodalariga taqsimlab bergan. Balog'at yoshiga yetmagan shahzodalar, to ulg'ayib mustaqil faoliyat ko'rsatgunlariga qadar, otaliqlar hokimiyatni boshqarganlar. Ular butun bir vilo-yat taqdirini hal etib kelganlar. Xonning chiqargan hukmini yorliq va boshqa rasmiy hujjatlarini o'z egalariga yetkazishga parvonachi javobgar bo'lgan. Dargohga tushgan arzlarni qabul qilib, javobni berish, mamlakatdagi tartiblarga amal qilinishini nazorat qilish dodxoh zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek u elchilarni qabul qilish, elchi-lik yumushlarini tashkil etish va hatto shaxsan elchi sifatida bosh-qa mamlakatlarga borib kelish tadbirlarini bajargan. Ko'kaldosh, ya'ni ko'ngildosh mansabi dargohdagi muhim lavozimlardan biri hisoblangan. Bu lavozimga xon va sulolaning eng yaqin kishila-ridan qo'yilgan. Oddiy qilib aytganda, mamlakatda xon olib borayotgan siyosat daxlsizligi, unga kishilarning munosabatlari kabi ishlarni nazorat qilib borish ko'kaldoshning vazifasi bo'lgan. Masalan: Abdullaxon II va Abdulmo'min o'rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etishda Qulbobo ko'kaldosh asosiy o'rin tutgan. U xonga Abdulmo'min harakatlari va maqsadlarini oldindan bilib, to'g'ri ma'lumot bergan. Shuning uchun Abdulmo'min taxtga chiqqandan so'ng' Qulbobo ko'kaldoshdan qutulish uchun uni qatl ettirgan. Xon bilan shahzodalar o'rtasidagi aloqalarni, sulola ichki munosabatlariga oid tadbirlarni yo'lga qo'yishni xon yasovuli olib borgan. U shahzodalarni xon tomonidan qabul qilish, arzlar, iltimoslarini yetkazish kabi ishlarni bajargan. Dargohdagi tartib-intizom, keldi-ketdi, xavfsizlik ishlari eshik boshi zimmasida bo'lgan chap eshik og'osi, o'ng eshik og'osi. Ular urush paytlarida xonning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajarganlar. Umuman olganda, o'sha zamonlarga xos ravishda davlat xizmatchilari urush paytlarida o'zlarining vazifalariga qo'shimcha qilib, harbiy faoliyat bilan ham shug'ullanganlar. Dargoh bilan bog'liq boshqa bir qancha xizmatlar ham bo'lgan. Bulardan asosiysi shayxulislom lavozimi bo'lib, uning davlat jamiyat va mafkuraviy hayotdagi o'rni yuksak darajada bo'lgan. Masalan, Abdullaxon II ni taxt uchun kurashda qo'llab-quvvatlagan Xoja Islom bo'lganligini eslashning o'zi kifoyadir. Din peshvolari nafaqat ijtimoiy hayotda, balki iqtisodiy munosabatlarda ham o'z mavqeyilarini yo'qotmaganlar. Shuning uchun ham vaqf mulklari bilan shug'ullanuvi maxsus xizmatlar jo-riy etilgan bo'lib, ularni mamlakat miqyosida bosh sadr, joylarda esa sadrlar boshqarganlar. XVI asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida Shaybo-niylar va Ashtarxoniylar xususiy mulkchilikka asoslangan yer egaligi munosabatlari bosqichida edilar. Ayrim qabilalar tepasida voris zodagonlar-Chingizxon xonadonidan bo'lgan sultonlar turardi. O'z navbatida qabilalar, urug'lar va avlodlarga bo'lingan edi. Ular sultonlar bilan birga qabilalarning yetakchisi beklar va biylar tomonidan boshqariladi. Ulardan eng qudratlilari xon etib saylanardi. Xonning o'z lashkari bo'lib qabilalarning yigitlari bilan birga uning qurolli kuchlarini tashkil etgan. Shayboniylar O'rta Osiyo hududlarini egallagach g'olib ko'chmanchilarning asosiy ommasi Toshkent yaqinida, Za-rafshon vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo voha-larida joylashdilar. Ko'chmanchilarning anchagina qismi Amudaryoning chap qirg'og'iga, hozirgi Afg'onistonning shimo-liy hududlariga ko'chadilar. Yer-suvlar qaytadan taqsim qilinadi. Shayboniylаr dаvlаti dаstlаb mulklаrgа tаqsimlаngаn. Buxoro, Sаmаrqаnd, Toshkent, Balx, Hisor vа boshqalаr shunday mulklаr hisoblаngаn. Mаhalliy vа ko'chmаnchi zodаgonlаr bu mulk egаlаrigа xizmat qilgаnlаr. Yengilgаn zodаgonlаrning yer-mulklаri vа boyliklаrini musodаrа qUo^n, qarshilik ko'rsаtgаnlаr shafqatsiz surаtdа jаzogа mahkum etilgаn. Jumlаdаn, Xo'jа Shayboniylаr bosqinigа qarshilik ko'rsаtishni uyushtirishgа uringаn o'g'li, yolg'iz merosxo'ri Muhammаd Yaxyo qаtl etiladi. Uning butun mol-mulki vа dunyosi musodаrа qilindi vа shayboniylаrning ko'pdаn ko'p qarindosh-urug'lаrigа, katta yer egalariga, shayboniylаrgа yaqin vа ulаrni qo'lteb-quvvаtlаydigаn vаkillаrigа tаqsimlаb beriladi. Bundаy tаdbirlаr nаtijаsidа hukmdor vа boy аmаldorlаrning yangi tаrkibi vujudgа keldi. Bu yirik zаmindor xo'jаyinlаr orаsidа га^шукт^ vаkillаri bo'lmish Jo'ybor shayxlаri o^terming qudrаti vа nufuzi bilаn аjrаlib turаr edilаr. Ulаrning boyliklаri shu qаdаr ko'p bo'lgаnki, uni fаqаt Xo'jа Аhror boyliklаri bilаnginа qiyoslаsh mumkin bo'lgаn. Аmmo mаzkur shayx^ o'zlаrining siyosiy tа'sir doirаsi vа nufuzi jihatdаn Xo'jа Аhrordаn ham us-tun bo'lgаnlаr. Tarixchi Xofiz Tаnishning yozishicha Jo'ybor shayxlаridаn biri Xo^ Sа'd Buxoro xoni Abdullaxonning murabbiysi vа maslahatchisi sifаtidа siyosiy voqealаrdа kаttа nufuzgа egа bo'^nki, u barcha siyosiy voqealаrdа shaxsan ish-tirok etgаn. Xo'jа Islom Abdullaxonning hokimiyat tepasigа kelishigа yordаm bergаn, shu bois xon uning ijobаtisiz birortа ham muhim ishni boshlаmаgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil 2. Muhammad Haydar. Mirzo. Tarixi Rashidiy. - T.: Sharq, 2010. 3. Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma. Birinchi kitob. Fors tilidan S. Mirzaev tarjimasi, nashrga tayyorlovchi, so’z boshi va izohlar muallifi B. Ahmedov. - T.: Sharq, 1999. 4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar. - T.: Sharq, 2000. 5. Sagdullaev A., Mavlonov O’. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.- Toshkent: Akademiya, 2006. 6. Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi.- T.; Yangi asr avlodi, 20 Download 30.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling