Ashulachilik uslubi ijroda asarning ichki va tashki xususiyatlarini ochib berishda xonandadan nafakat mukammal musiqiy tovush ijro etilishi, balki badiiy, falsafiy g‘oyalar bilan sug‘orilishini takozo etadi


Download 255.19 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi255.19 Kb.
#1595239
  1   2   3
Bog'liq
Matn va talaffuz turlari




OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Xalqaro Nordik universiteti
“Musiqa” yo’nalishi
123-guruh talabasi Boboqulova Hafiza o’g’lining “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fanidan
“Matn va talaffuz masalalari”
mavzusida tayyorlagan





Reja:
1.Milliy ijro san’atida matn masalalari
2. So‘z va ohang
3. Xonandaning ovoz tuzishi tavsifi

Ashulachilik uslubi ijroda asarning ichki va tashki xususiyatlarini ochib berishda xonandadan nafakat mukammal musiqiy tovush ijro etilishi, balki badiiy, falsafiy g‘oyalar bilan sug‘orilishini takozo etadi. Chunki, bu jarayon xam uziga xos kator muammolar bilan xarakterlanadi. so’z matni va uning munosib talaffuz mezonlari xonandalikda muxim urin egallab kelganligini e'tirof etib utish joizdir.
Zero, mumtoz xofizlik san'atida ijro etiladigan asarning so’z- matniga katta e'tibor berib kelingan. Xar bir mumtoz musiqa janrining so’z asoslaridagi matnlar xam aloxida shakl va xususiyatlariga ega bo’lgan.
Ashula ijrochiligi bizga ma'lumki, so’z va kuyning uyg‘unlashgan xolda mutanosib talkin etilishiga xos, ularning xar birini aloxida yondoshish bilan ifoda etilishiga asoslanadi. Tovushlar majmuasida vujudga kelgan musiqiy kuy aloxida ma'nosiga ega buladi. Uz urnida unga boFlangan so’z xam mukim bir g‘oyani ifoda etadi.
Aytim matnlari - An'anaviy xonandalik san'atidaasarning so‘z matni va unga bo‘lgan e'tibor aloxida axamiyatga egadir. Avval ijroning mukammal talkini, aynan asar matni xamda ijrochi munosabatining darajasiga bog’liq. Mumtoz xonandalikni uch asosidan biri adabiyotning, ya'ni mumtoz she'riyatni idroklagan bulishi bilan izoxlanadi. Xofizlikda esa, mumtoz adabiyot namunalari g‘azal, masnaviy, muxammas, musaddas, she'r va xokazo badiiy janrlar uz ijro yuli, talqin usullariga xamda qonun va qoidalariga ega. Bu adabiyotda aruz vazni qoidalari ekanligi barchaga ayondir. Zero, she'r (matn) p\lchovi buFinlari jixatidan, usul (musiqiy oxang va musiqiy kuy) ruknlariga mos kelishidagi qoidalar nazarda tutilmoqda. Mumtoz musiqiy asarlarda, nafaqat she'r vazni, balki she'r mazmuni xam katta axamiyat kasb etadi.
Mumtoz xonandalik san'atida aytimlar uz janri doirasida so’z- matnlariga ega bo’lgan. Bular orasida makomlarning so’zlari turli xususiyatli g‘azallardan iborat bo’lgan. Oldinlari diniy va ishkiy mavzularga solib aytilib kelingan makomlar namunalari keyinchalik mumtoz shoirlarning dunyoviy, lirik xamda ishkiy g‘azallari bilan aytish rasm buldi.
Eng asosiysi matnning oxang ma'nosi bilan mutanosibligidir. Chunki, xar bir makom uz tabiatidan kelib chikib turlicha xarakterlanadi. Ya'ni, «Buzruk» - ulug‘vorlik, buyuklik makomi. Zabardastlik va ishonchli katta maxorat ijroda xukm surishi lozim. “Rost” - rostguylik, tug‘rilik makomi, samimiylik soflik, tug‘rilikka asoslanadi. “Dugox” - ishk muxabbat makomi, “Segox” - xijron makomi, «Navo» - xotirlash, eslash, kungil nidosi oxanglaridan tuzilgan makom, «Irok» - firok makomi.
Namunalarda ularning xarakterlovchi asl oxanglar mujassam topganki, ijro
talkinida unga erishilmasa uni makom deyishga asos kolmaydi. Shu bois, xar bir
makom xususida xonandalarda ma'lum tushuncha bulishi shart. Bu esa xonanda yutuFining yarimi desak adashmaymiz.
Mumtoz xonandalik san'ati an'analarida avvaldan Xofiz Sheroziy, Shams Tabriziy, Jaloliddin Rumiy, Fariduddin Attor, Amir Xusrav Dexlaviy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Ansoriy, Bedil, Xiloliy, Sanoiy, Binoiy, kabilarning so’zlari kup uchrasa, keyingi davrda Alisher Navoiy, Maxtumkuli, Mashrab, Xuvaydo, Mukimiy, Furkat, Amiriy, Zebiniso, Nodirabegim, Xaziniy, kabi mumtoz she'riyatimiz namoyondalarining yaratgan ash'orlari keng kullanilib kelinmokda. Bularni idroklash va ular ijodining asosiy moxiyatini tushunib yetish makom ijrochiligida juda muxim xisoblanadi. Shu bois, xonanda aruz saboklaridan xabardor bulishi maksadga muvofikdir.

Download 255.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling