III. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)
1. O‘quvchilar o‘rtasida guruhlararo “Omadli sovrin” o‘yini o‘tkaziladi. Bunda har bir guruhdan 3 tadan o‘quvchi navbatma-navbat doskaga chiqib, dollarli o‘yinchoq pullar orqasiga yashiringan savollarni olib ularga javob beradilar. Agar kimgadir “Omadli sovrin” deb yozilgan qog‘ozcha tushsa, o‘sha guruhga bitta rag‘bat kartochakasi beriladi.
2. Guruhlararo “SWOT-tahli” metodi ham o‘tkaziladi. O‘quvchilar “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi qahramonlarga shu usul asosida tahlil yozadilar.
SWOT-tahlil
S – kuchli tomonlari
|
O - imkoniyatlar
|
W – ojiz tomonlari
|
T – tahdid, xavf-xatar
|
IV. O‘quvchilarni baholash. (3 daqiqa)
Darsning yakunida o‘quvchilarning va guruhlarning olgan ballari izohlanadi, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
V. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash. (2 daqiqa)
-
Darslikda berilgan savol va topshiriqlarga javoblar topish hamda ularni daftarga yozish. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidan parcha yod olish.
2. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni asosida rasm chizib kelish.
O‘quvchilarga uyga vazifa beriladi va dars yakunlanadi.
O‘qituvchi: Qobilov N. ___________
(F.I.Sh.) (Imzo)
Nazariy darsning texnologik xaritasi
Do'stlaringiz bilan baham: |