Asinxron dvigatellarni tuzilishi va ishlash prinsipi


O'zgarmas tok mashinalari


Download 241.25 Kb.
bet2/4
Sana19.01.2023
Hajmi241.25 Kb.
#1101272
1   2   3   4
Bog'liq
aaaaaaa

O'zgarmas tok mashinalari.
Xozirgi kunda elektr mashina­sozlik sanoati korxona­lari xalq xo‘jaligining xar hil sohalari uchun o‘zgarmas tok elektr mashina­larini ishlab chiqarmoqda. Shu sababli o‘zgarmas tok elektr mashinalarining alohida qism­lari xar hil tuzilishga ega bo‘lishi mumkin, biroq, mashina­ning umumiy konstruktiv sxemasi bir xil. Mashinaning qo‘zg‘olmas qismini stator deyiladi, ayla­nuv­chi qismi - yakor deyiladi (14.4-rasm).
Stator. Stator 6 staninadan va unga boltlar bilan maxkam­langan 4 bosh qutblardan iboratSta­ninaga qutblardan tashqari, podshipnik 7 va 12 qalqonlari maxkamlanadi. Stanina magnit o‘zakning bir qismi hisoblanib, u orqali magnit maydon tutashadi va berk konturni hosil qiladi. Stanina etarli darajada mexanik mustahkamlik va katta magnit singdiruvchanlikka ega bo‘lgan materialdan (po‘latdan yasaladi). Stanina pastki qismida mashinani fundament plitasiga maxkamlash uchun 11 lapa mavjud, stanina aylanasi bo‘ylab teshiklar mavjud bo‘lib, unga bolt yordamida 4 bosh qutblar maxkamlanadiAksariyat, stanina yaxlit po‘lat trubadan qirqib yasaladi (kichik quvvatli mashinalar), yoki qirqilgan po‘lat listlaridan payvandlash yo‘li bilan (katta diametrli mashinalar bundan mustasno, transportirovka va montaj qulayliklari uchun ular yig‘iluvchan bo‘ladi).

14.4-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
Bosh qutblar mashinada magnit maydon qo‘zg‘atish uchun mo‘ljallangan. Bosh qutb magnit 6 o‘zak va qutb g‘altagi 5 dan iborat. Qutbning yakorga qaratilgan tomonida qutb uchliklari (polyusnqe nakonechniki) mavjud. U mashina havo oralig‘ida magnit maydonning zaruriy taqsimlanishini ta’minlaydi. Bosh qutb magnit o‘zaklari 1-2 mm qalinlikdagi konstruksion po‘lat tunikachalardan yoki 3411 markali sovuq jo‘valangan anizotrop elektrotexnik po‘lat tunikachalardan shixtovka qilinadi. Bosh qutb shtamplangan plastinalari ataylab o‘zaro izolyasiyalanmaydi, chunki plastinalar yuzasidagi yupqa oksid plenka ularda induktiv­lanadigan uyurma toklarni keskin pasaytirish uchun etarli bo‘ladi. Anizotrop po‘lat jo‘valag yo‘nalishi bo‘yicha yuqori magnit singdiruvchanlikka ega bo‘lib, plastinalar shtamplanishida va qutb paketi yig‘ilishida e’tiborga olinishi

Download 241.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling