Asinxron dvigatellarni tuzilishi va ishlash prinsipi


Elektr ta'minoti sxemalari


Download 241.25 Kb.
bet4/4
Sana19.01.2023
Hajmi241.25 Kb.
#1101272
1   2   3   4
Bog'liq
aaaaaaa

Elektr ta'minoti sxemalari.
Mabodo ta`minot shchit va yig’malari ta`minot manbasiga nisbatan turli
tomonga joylashgan bo`lsa va shchitlar orasidagi masofalar katta bo`lgan holatda ta`minot tarmog’i sxemasi qo`llaniladi.SHchit va yig’malar orasidagi masofa ta`minot manbaiga nisbatan ancha yaqin joylashganda magistralli sxemalar tanlanadi. Taqsimot t armoqlari, odatda, radial shaklda olinib, unda elektr iste`molchi shchitga ayrim radial chiziq bilan ulanadi.
Boshqarish va himoya apparatlari elektr ta`minot tarmoqlarida quyidagicha
qullanilishi mumkin:
1. Ta`minot yo`llarida- avtomatik uzgich yoki rubil’nik –saqlagich; bularni
ta`minot manbaiga ulangan joyga, shuningdek, shchit va yig’malar kirishiga
o`rnatiladi;
2. Ijro mexanizmlar elektrodivigatellarining zanjiriga–avtomatik uzgich va magnit ishga tushirgich yoki rubil’nik, saqlagichlar va magnit ishga tushi rgich.
3. Asbob, avtomatlashtirish vositalari, transformatorlar, to`g’rilagichlar
zanjirlarida–uzgich va saqlagichlar yoki avtomatik uzgich;
4. Signallash sxemalari ta`minot zanjirlarida–uzgich va saqlagichlar yoki
avtomatik uzgich;
5. SHchitlarning yoritish zanjirlarida uzgich va saqlagich.
Elektr ta`minotining taqsimot va ta`minot tarmoqlarida paketli uzgichlar
rubil’niklar, boshqarish kalitlari va tumblerlarni qo`llash mumkin.
Loyihalashda quyidagilarni e`tiborga olish lozim:
1. Elektr iste`molchining o`zida uzgich va saqlagichlar nazarda tutilgan bo`lsa,
boshqarish va himoya apparatlari o`rnatilmaydi;
2. Elektr ist`emolchilarni zanjirida saqlagich bhlsa faqat boshqarish apparati
tanlanadi;

Tranzistorlar va tristorlar.
Bu kovaklar asososohasiga injensiyalanadi va asosiy bo`lmagan zaryad tashuvchilar sifatida kollektorga qarab harakatlanadi. Bu erda musbat kovaklar o`tish ichida ta`sir ko`rsatayotgan maydon tomondan tortib olinadi (manfiy zaryadlangan kollektorga tortiladi) va kollektor ichida asosiy zaryad tashuvchilar tarzida kollektor tokini o`zgartiradi.
Emitter zanjirida tokning har qanday o`zgarishlari zanjirdagi tokni o`zgartiradi. Kolektor zanjirdagi yuklama qarshiligida kuchlanish o`zgarishlarini hosil qiluvchi kuchlanishdan katta qilib olish, kollektor zanjirida o`zgaruvchan tok, yuklama qarshiligida esa o`zgaruvchan kuchlanish hosil qilish mumkin. Bunda o`zgaruvchan tokning yuklama qarshiligida ajraladigan quvvatni emitter zanjiridan sarflanayotgan quvvatdan katta qilib olinishi mumkin, yani quvvatni kuchayishi sodir bo`ladi.
Yarim o`tkazgichli triodlar huddi uch elektrodli vacuum lampalar kabi ishlaydi. Bunda emitter katod rolini, kollektor esa anod rolini o`ynaydi, to`r o`rnida esa baza bo`ladi. 
Ko`rinishi, tuzilishi va ishlash prinspiga qarab tranzistorlar yassi, bopolyar, maydon tranzistorlariga bo`linadi.
Tranzistorlarni asosiy parametrlari. Kirish va chiqish qarshiliklari kollektorning teskari toki hamda tok bo`yicha kuchaytirish koeffisienti tranzistorlarning asosiy parametrlari hisoblanadi.
Kirish qarshiligi deb, chiqish zanjiri ochiq turgan holatdagi baza bilan emitter orasidagi qarshilikka aytiladi.
Chiqish qarshiligi deb, kirish zanjiri ochiq holatdagi kollektor bilan baza orasidagi qarshilikka aytiladi.
Tok bo`yicha kuchaytirish koeffisienti kollektor toki o`sishining baza toki o`sishiga bo`lgan nisbati bilan aniqlanadi. bunday holda bo`ladi.
Tranzistorlarni ulanish usullari. 3-rasm a, b, v da tranzistorlarning umumiy emitterli, umumiy bazali va umumiy kollektorli usulda ulanishi ko`rsatilgan.
Bipolyar tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda, emitter baza va kollektor qatlamlari yahlit monokristallarda hosil qilingan bo`ladi (4-(a) rasmda). Bu qatlamlardagi erkin tok tashuvchilarning konsentrasiyasi va qatlamlarning qalinligi qat`iy qiymatlarga ega. 4-(b) rasmda bipolyar tranzistorlarni zanjirga ulash sxemasi ko`rsatilgan.
Download 241.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling