Asinxron hisoblagichlar Ayiruvchi hisoblagichlar
Shifratorlarni tadqiq etish
Download 281.57 Kb.
|
3-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Shifratorlarni tadqiq etish.
Shifratorlar va ularning ishlash printsiplari Shifrator (CD- coder) - kirish yo`lidagi birlik signalni n razryadli ikkilik kodga aylantiradigan EHM ning aniq uzelidir. Boshqacha qilib aytganda shifrator 10-lik kodni 2-lik kodga aylantirib berish uchun xizmat qiladigan operatsion elementdir. Shuning uchun shifratorlar raqamli texnikaning va EHMlarning kiritish qurilmalarida o`nlik kodlarni ikkilik kodlarga o`zgartirishda keng qo`llaniladi. Shifratorning kirish va chiqish yo`llari soni m=2n munosabat bilan belgilanadi. Shifratorni ishlash printsipini ko`rib chiqamiz. Unda kirish signallari sifatida x ,...,x ikkilik o`zgaruvchilar qatnashadi. Ular mos ravishdagi klavishalarni bosganda paydo bo`ladi. Quyida shifratorning o`tish jadvalini keltiramiz. Shifratorning o`tish jadvali 121-jadval
Unda o`zgaruvchilar mustaqil hisoblanadi va 25+1=32+1=33 kombinatsiyani qurish imkonini beradi. Lekin, ikki va undan ortiq klavishalarni bosishni ta’qiqlovchi chegara qo`yilganda, unda 32-tadan 6-ta mumkin bo`lgan kirish kombinatsiyalari qoladi. Bunday mos chegaraga kirish kodi “n –dan 1” yoki unitar deyiladi. Jadvalda bosilgan klavishaga «1» va bosilmagan klavishaga «0» mos keladi. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, agar «1» x1 yoki x3 kirish yo`lida paydo bo`lsa, y ikkilik o`zgaruvchi «1» qiymatini qabul qiladi. Qolgan barcha kombinatsiyalarda y =0 bo`ladi, ya’ni mantiqiy tilda: y = x + x = Xuddi shunday: y = x + x = ; y = x Ushbu tengliklar asosida shifratorni «YoKI» bazisida (pastki rasmda), shuningdek «VA» bazisida qurish mumkin. A yrim hollarda bir necha klavisha bir vaqtda bosilganda, shifrator maksimal nomerga ega bo`lgan klavishani tanlaydigan sxemani qo`llash talab etiladi. Bunday shifrator prioritetli shifrator deb ataladi. U «n-dan x-ning» o`zgarishini 8421 kodga aylantiradi. Pastdagi prioritetli shifratorning o`tish jadvali keltirilgan. Unda maksimal nomerli kirishdagi o`zgaruvchi maksimal prioritetga ega, «1»-dan o`ngdagi dioganalda kirishdagi o`zgaruvchilar qiymati – chiqish kodini aniqlamasligi kerak. Prioritetli shifratorning o`tish jadvali 12.2 – jadval.
Prioritetli shifratorni oddiy shifrator asosida VA qurish mumkin. Buning uchun oldindan «5-dan X» kirish kodini x ,..., x orqali «5-dan 1» kodiga o`zgartirish kerak. Kirishdagi o`zgaruvchi F maksimal prioritetga ega, ya’ni boshqa o`zgaruvchilarga bog`liq emas. Shuning uchun F = x . Har qanday boshqa chiqishdagi o`zgaruvchi x «1» qiymatini qabul qiladi, agarki birorta VA katta kirish yo`liga F , j = (i + 1),3 mantiqiy «1» berilmagan holda F = 1 bo`lgan taqdirda. Ya’ni: x = F ; ; ; . Ko`rsatilgan algoritmni amalga oshiruvchi parallel prioritetli shifratorning sxemasi quyidagi ko`rinishga ega: U shbu sxemaning afzallik tomoni, barcha kirish yo`llaridagi signal tarqalishini bir xil saqlab turishdir. Kamchiligi esa, ko`p kirish yo`liga ega bo`lgan «YoKI-EMAS» elementlarini qo`llanilishining majburligidir. 12.1-rasm. Shifratorga misol sifatida to`qqizta .kirish yo`liga ega bo`lgan prioritetli shifrator K555IV3 standart mikrosxema misol bo`ladi. Nazorat savollari: Shifratorlarning ishlash prinsiplarini aytib bering? Shifratorlarning chinlik jadvalini tushuntirib bering? To’g’ri burchakli shifrator sxemasi chizib bering? Raqamli indikatorni boshqaruvchi shifrator sxemasini chizib bering? Download 281.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling