Asinxron motorlarning himoya turlarining asosiy tavsiflari p. K. Quatbaev. Qoraqalpoq davlat universiteti Kirish


Download 25.68 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi25.68 Kb.
#1796157
Bog'liq
ASINXRON MOTORLARNING HIMOYA TURLARINING ASOSIY TAVSIFLARI maqala


ASINXRON MOTORLARNING HIMOYA TURLARINING ASOSIY TAVSIFLARI
P. K. Quatbaev.
Qoraqalpoq davlat universiteti


Kirish. Kichik quvvatli, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan motorlarni himoyalash uchun eruvchan saqlagichlar ishlatiladi. Bunda tokning maksimal qiymati Iish maks sifatida motorning nominal Idv nom toki olinadi.
Asosiy qism. O‘ta yuklanish toki Iper ishga tushish toki Ipusk ga teng qilib olinadi. Saqlagichning eruvchan qismidagi tok Ieq nom quyidagi shartlar asosida tanlanadi:

(1.1)
Quvvati 2000 kVt dan yuqori bo‘lgan motorlar uchun 2 ta releli sabr vaqtsiz tokli kesim ishlatiladi, quvvati 5000 kVt dan yuqori bo‘lgan motorlar uchun TK 3 ta rele yordamida bajariladi. TK ning ishlash toki motorning ishga tushish tokiga qarab sozlanadi.
Ihim.ish = Ks Iishga.max ; (1.2)
bu yerda Iishga.max – motorning ishga tushish tokining maksimal qiymati;
Ks - sozlash koeffitsiyenti.
Bevosita ta’sir etuvchi relelar uchun Ks =2 - 2.5 ga teng deb olinadi, bilvosita ta’sir qiluvchi relelar uchun esa Ks =1.8 – 2.
Agar TK talab qilingan sezgirlikni ta’minlamasa, quvvati 2 MVt va undan katta bo‘lgan motorlar uchun differensial tokli himoya ishlatiladi.
Asinxron motorning qisqa tutashuvdan tokli himoyasi turlari quyidagicha:
a) bevosita ta’sir etuvchi releli; (1.3 a - rasm)
b) bilvosita ta’sir etuvchi releli (o‘zgaruvchan operativ tokda); (1.3 b-rasm)
v) bilvosita ta’sir etuvchi releli (o‘zgarmas operativ tokda).

a) b)
1.3 – rasm. Asinxron motorlarda tokli kesim sxemalari: a) bevosita ta’sir etuvchi releli; b) bilvosita ta’sir etuvchi releli.


Betaraf nuqtasi yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlarda ishlovchi motorlar himoyasi faqat ikki fazali qisqa tutashuvlarda ishga tushadi.


Himoya odatda ikki fazali va bir releli qilib tuziladi.
Asinxron motorning o‘ta yuklanishdan himoyasi. Himoya odatda sabr vaqt xarakteristikasi tokka qisman bog‘liq bo‘lgan tok relesi yordamida bajariladi (masalan induksion tok relesi RT- 80).
Himoyaning ishlash toki motorning nominal tokini hisobga olgan holda aniqlanadi. Ihim.ish = Ks Inom ;
bu yerda Inom – motorning nominal toki;
Ks - sozlash koeffitsiyenti.
Bu himoya uchun Ks = 1.1 – 1.2 ga teng deb hisoblash mumkin.
Sabr vaqti topilayotganda ikki shartning bajarilishi hisobga olinadi:
- normal ishga tushirishda yoki o‘z-o‘zidan ishga tushishida ishlab ketmasligi;
- Chulg‘am qizib ketmasligi.
Odatda bular bir-biri bilan bog‘langan, ishga tushish va o‘z-o‘zidan ishga tushish vaqti 10-15 sekundni tashkil qiladi, shuning uchun tok relesining maxsus turlari kerak bo‘ladi.

a) b)
1.4 – rasm. O‘zgaruvchan (a) va o‘zgarmas (b) operativ tokda ishlovchi sxemalar.


Kuchlanishi 1000 V dan yuqori katta quvvatli motorlar uchun differensial tokli himoya qo‘llaniladi.


Motorlarning differensial tokli himoyasi. Quvvati katta bo‘lmagan motorlarda differensial tokli himoya odatda ikkita tok relesi bilan ikki fazali qilib bajariladi. Bunda sezgirlik yetarli darajada yuqori bo‘ladi:
(1.5)
Himoyaning ishlash toki ga teng qilib olinadi.
Himoyaning sezgirligini oshirish uchun differensial zanjirda to‘yingan tok transformatorli tok relesi qo‘llaniladi.
Katta quvvatli motorlar uchun (5000 kVt va undan yuqori) differensial himoya uch fazali qilib bajariladi.
Xulosa. Betaraf nuqtasi yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlar uchun nol ketma-ketlik himoya nol ketma-ketlik toklari filtriga ulanadi. U odatda nol ketma-ketlik tok transformatori yordamida bajariladi va motor ulangan kabellarda o‘rnatiladi. Himoya sabr vaqtsiz o‘chirishga ta’sir etadi.
Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling