Asinxron motorni ishga tushirish jarayonni tahlili


Download 278.53 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi278.53 Kb.
#1269827
Bog'liq
6-amaliy


Asinxron motorni ishga tushirish jarayonni tahlili.
Asinxron motorning rostlanuvchan koordi-natalarini rostlashni, nisbatan sodda boshqaruv sxemalari asosida, stator cho’lg’amiga berilayotgan kuchlanishni o’zgartirib amalga oshirish mumkin. Bu usulning yana bir jihati energiya tejamkor asinxron elektr yuritmalarni yaratish imkonini ham berishidir.
Rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motor koordinatalarini rostlash uchun asinxron motor 2 bilan tarmoq o’rtasida boshqariluvchi o’zgaruvchan tok o’zgartkichi 1 bo’lib, uning chiqish qismidagi rostla-nuvchi kuchlanish U1rost boshqariluvchi o’zgartkichga berilayotgan boshqaruv signali Ub ga proportsional o’zgaradi (4.8 – rasm). Stator cho’lg’amidagi kuchlanish 0 dan to U1N gacha o’zgargan holda uning chastotasi f = 50 Gts o’zgarmay qolaveradi.



4.8 – rasm. Asinxron motorning stator cho’lg’amidagi kuchlanishni o’zgartirib koordinatalarini rostlash sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b)

Stator cho’lg’amidagi kuchlanishning o’zgarishi ideal salt yurish tezligini o’zgartirmaydi, chunki, bu tezlik kuchlanish chastotasiga to’g’ri proportsional bo’lib, qutblar soniga teskari prportsionaldir. Sir-panishning kritik qiymati esa motor cho’lg’amla-rining qarshiliklari qiymatiga va motorning yuklanish darajasiga bog’liq. Motorning maksimal momenti esa kuchlanishning kvadratiga to’g’ri proportsionaldir.



125
Shu sababli U1 rost = var uchun qurilgan mexa-nik tavsiflar asinxron motor tezligini rostlash uchun yaramaydi (4.8b - rasm), chunki kuchlanish qiymati kamaygan sari uning yuklanish darajasi kamayib boradi va rostlanish diapazoni ham juda kichik bo’ladi. 3, 4, 5, 6 tavsiflar kuchlanishning U1N, 0,8U1N, 0,6U1N, 0,4U1N, qiymatlari uchun qurilgan. Shu sababli ham 4.8a – rasmdagi asinxron elektr yurit-ma tizimini asinxron motorning o’tkinchi jarayonlarida, texnologik talablardan kelib chiqqan holda, moment va tok qiymatlariga ta’sir etish uchun qo’llash mumkin.
Bshqariluvchi o’zgaruvchan tok o’zgartkichi sifatida avtotransformator, boshqariluvchi transformator, induktsion regulyator va tiristorli kuchlanish rostlagichlar (TKR) qo’llaniladi. Hozirgi paytda asosan TKR lar qo’llanilmoqda. Chunki boshqa o’zgartkichlarga nisbatan TKR yuqori FIK ga ega bo’-lishi bilan bir qatorda asinxron motorlarni boshqarishda avtomatik tizimlarni qo’llash uchun qulay hamdir.



126
4.9 – rasm. Bir fazali tiristorli kuchlanish rostlagichning kuch sxemasi (a) va kuchlanish tavsiflari (b)
Download 278.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling