Mavzu:”Kiyimlar” va (Oyoq kiyimlar).
Maqsad:”kiyim-kechaklar”mavzusidagi bilimlarni mustahkamlash.Diqqat,so’z ma’nosini imo-ishora bilan ifodalash,so’z va harakatning bog’lanishini (koordi- nasiya) rivojlantirish.
I.Dastlabki mashqlar:
Defektolog:-Shahar avtobusida ketayapmiz (dukur-dukur) qadamlar. Do’konlarda yuribmiz.(to’g’ri qadamlar). Kiyimlarni ko’ramiz.(qo’llar o’ngga,chapga,tepaga-pastga).
II.Kirish mashqlari:
Defektolog:Bolajonlar saflanib olamiz,doira bo’lib turib olamiz.Bugun havo qanday?Shamol esyapti.Voy yomg’ir tomchilamoqda.Musiqa ohangiga mos harakatlar bajariladi.(Tabiat hodisalari).
III.Eshituv diqqatini rivojlantirish:
Defektolog:Musiqa ohangida kiyim tikamiz.
N ina-nina-ninacham!
O’tkir epchil ninacham.
Qo’limga kirib ketma.
Ko’ylak tiki charchama.
Defektolog ko’rsatmasi orqali bajariladi.
IV.Nutq va harakat bog’liqligini rivojlantiruvchi mashqlar:
Q ora charmdan tikdik,
Oyoqqa kiyib oldik.
Suvli loyli yo’llardan,
Qo’rqmas bizning oyoqlar.
Bolalar dukur-dukur harakatlar bajaradilar.
V.Musiqa tinglash:Endi bolalar yurib charchadik,o’tirib olamiz va sokin misiqa tinglaymiz.
VI.Ovoz kuchini rivojlantirish:
A-A-A-A-A-A-A-A-A
PA-PA-PA-PA-PA-PA
TA-TA-TA-TA-TA-TA
VII.Nutq va mimik harakatni bajarish:-“Kovushim” halq qo’shig’ini musiqa rahbari ijrosida tinglash.
VIII.She’r aytish.
D o’q-do’q-do’q hamon,
Do’qillar biznnig tovon.
Duq-duq-duq tovon,
Boshlaydi bog’cha tomon.
IX.O’yin:”Libos tikish”.
Defektolog:Bolalar kelinglar bayram uchun libos tikamiz.(Musiqa sadolari osti- da libos tikish jaroyoni bajariladi; o’lchov,qirqish,tikish,kiyim kiyish.)
X.Yakuniy qism:
Defektolog:Bolalar rag’batlantirilib,mashg’ulot yakunlanib,engil qadamlar bilan guruhimizga yo’l olamiz.(Zaldan chiqib ketiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |