UMUMIY TALABLAR
Yuqorida sanab o'tilgan imtiyozlarga ega bo'lish uchun GLOBOGATE dasturiy qoidalariga rioya qilish lozim.
Salomatlik holati: Quyida imzo chekuvchi ushbu shartnomani imzolash vaqtida sog'lom holatda ekanligini tasdiqlaydi. Asklepios va/yoki GLOBOGATE nemis tili kursi davomida istalgan vaqtda tibbiy ko'rikdan o'tishni talab qilishi mumkin.
Quyida imzo chekuvchi Germaniyaga yuborilayotgan vaqtda hali qizamiq, epidparotit va qizilchaga qarshi emlanmagan bo’lsa, Germaniyaga ketgunga qadar qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi emlash olishini tasdiqlaydi. Germaniyaga jo'nab ketgunga qadar qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi emlanganlik to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma/tasdiqnoma (2 dozada) taqdim etilishi kerak.
Germaniyada hamshira sifatida ishlay olish uchun Germaniya qonunchiligiga muvofiq qo'shimcha emlashlar talab qilinishi mumkin (masalan, kovidga qarshi emlash). Quyida imzo chekuvchi shaxs qonuniy talabni bajarishga majburligini tasdiqlaydi va Germaniya qonunchiligi talab qilgan har qanday emlashdan o'tadi.
JINOIY HATTI-HARAKATLARGA QARSHI SANKSIYALAR
Shartnoma shartlari va yoki GLOBOGATE dasturi qoidalari jiddiy buzilgan taqdirda, quyida imzo chekkan shaxs dasturdan chetlashtiriladi va unga 500 AQSh dollari miqdorida jarima solinadi. Shartnoma shartlarining jiddiy buzilishi, agar ular jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lsa (masalan, o'qish vaqtida darsga qatnashmaganlikni asoslash uchun soxta tibbiy ma'lumotnomalarni taqdim etish orqali firibgarlik), sodir bo'lgan deb hisoblanadi.
TASDIQLOV
Men oʻz imzoyim bilan Yevropa Ittifoqi/Yevropa Iqtisodiy Hududidan tashqaridagi barcha mamlakatlar fuqarolariga Germaniyada ishlash uchun viza va ruxsatnoma zarur ekanligidan toʻliq xabardorligimni tasdiqlayman.
Asklepios va/yoki vakillik topshirilgan GLOBOGATE agentligi viza va ruxsatnomalarni olish bo‘yicha barcha sa'y-harakatlarini amalga oshiradi. Biroq, quyida imzo chekuvchi shaxs viza va ishlash uchun ruxsatnoma berish Germaniya rasmiy idoralarining ixtiyorida ekanligini tan oladi.
Ushbu tasdiqnomani imzolash orqali men ish beruvchi bilan onlayn video qo'ng'iroq orqali yoki shaxsan suhbatda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lganimni tasdiqlayman. Ushbu suhbat davomida men o'zimda mavjud bo'lgan har qanday alohida talablar yoki istaklarimni bildirish imkoniga ega bo'lganimni tadiqlayman. Agar mening alohida talablarim yoki istaklarim ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan bo'lsa, ular ushbu tasdiqnomaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Asklepios bilan tuzilgan mehnat shartnomasi B2 imtihoni tan olingan test organida (Gyote, Telc, ÖSD yoki TestDaF) muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirdagina amal qilishi menga ma‘lum.
Bundan tashqari, ushbu tasdiqnomani imzolash paytida quyidagi hujjatlar mening vatanimning rasmiy tilida taqdim etilganligini tasdiqlayman:
• ishga yollash jarayonida ishtirok etadigan barcha mas‘ul bajaruvchilarga oid aloqa ma‘lumotlarini o‘z ichiga olgan shaxsiylashtirilgan jadval (1-ilovaga qaralsin)
• ish beruvchi / ishga taklif haqidagi ma'lumot hujjatlari
• integratsiya konsepsiyasi
• Germaniya sog‘liqni saqlash tizimiga mehnat migratsiyasi haqidagi ma’lumotni quyidagi URL orqali olish mumkin: https://www.globogate-concept.uz/#process (“Afzalliklar” bo‘limida yuklab olish mumkin)
• GLOBOGATE dasturiy qoidalari
• Ma’lumotlarni maxfiy saqlash bo’yicha qoidalar
Ushbu tasdiqnomani imzolash orqali men ishga joylashtirish jarayoni xizmatlarini (yuqorida aytib o'tilganidek) bepul olishimni, lekin GLOBOGAE dasturiy qoidalari shartlariga rioya qilishim lozimligini to'liq anglashimni tasdiqlayman.
_______________________________
Imzo
Sana: __________________
|