Balneoterapiya (lotincha Balneum - vanna) - mineral suvlardan terapevtik foydalanish (dorivor, tabiiy va sun'iy mineralizatsiyalangan). Mineral suvlarning terapevtik ahamiyatining asosiy balneologik ko'rsatkichlari umumiy mineralizatsiya, ion kompozitsiyasi va biologik faol komponentlarning mavjudligi hisoblanadi. Yuza qollaniluvchi suv ko'rsatkichlari: gaz saqlanishi tarkibi, mineralliligi, ion tarkibi, biologik faol komponentlar, muhitning reaksiya qiymatlari (pH) va harorat hisoblanadi. Peloidoterapiya (peloid: (yunon.) pelos-il, balchiq) balchiqni davolash maqsadida ishlatilishidir. Bular tabiiy organomineral kolloid birikmalar bo`lib, o`zida biologik faol moddalar (tuz, gazlar, vitaminlar, ferment, gormon va boshq.) va tirik mikroorganizmlar saqlaydi. Balchiqlarning davolovchi samarasi termik, mexanik, kimyoviy va biologik omillarga asoslanadi. Birinchi 2 ta omil nospetsifik, qolgani esa spetsifik tasirni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |