Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna


«Muloqotga kirishuvchanlik» testi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/37
Sana20.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1789030
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
lotin

«Muloqotga kirishuvchanlik» testi 
Test muloqotga kirishuvchanlik darajasini baholaydi. 
Koʻrsatma: 16 ta savolga uchta javobdan maqbul varianti tanlanadi: «ha», 
«yoʻq», «bahzan».
Quyida berilgan 16 savolga «ha», «yoʻq», «bahzan» deb javob bering: 
1. Sizni amaliy uchrashuv kutmoqda. Uni betoqatlik bilan kutasizmi? 
2. Sizni biror kasallik holdan toydirmaguncha, vrachning oldiga borishni orqaga 
suravermaysizmi? 
3. Sizni biror mavzudagi axborot bilan yigʻilish, majlis va shunga oʻxshash 
tadbirda mahruza bilan chiqish topshirigʻi xavotirga soladimi? 
4. Sizga ilgari bormagan shahringizga safarga borib kelishni taklif etishdi. SHu 
safarga bormaslik uchun bor imkoniyatni ishga solasizmi? 
5. Oʻzingizdagi hissiy kechinmalar bilan kimlar bilandir oʻrtoqlashishni yaxshi 
koʻrasizmi? 
6. Koʻchada sizga notanish odam biror iltimos bilan murojaat qilsa, sizning 
gʻashingiz keladimi? 
7. Siz «Otalar va bolalar» muammosi borligi va turli avlod vakillarining bir-
birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi? 
8. Tanishingizga bir necha oy avval olgan qarz pulini eslatishga uyalasizmi? 
9. Oshxona yoki restoranda sizga yoqmaydigan taom berishdi, idishni chetga 
surib, achchigʻingiz kelganini yashira olasizmi? 
10. Begona odam bilan yolgʻiz qolganingizda, u birinchi boʻlib gap boshlasa, 
Sizga javob qaytarish malol keladimi? 
11. Siz turli yerlarda odamlarning uzun navbatda turishganini koʻrsangiz, 
toqatingiz toq boʻladimi. Navbatda turib kutishdan koʻra, oʻz niyatingizdan voz 
kechishni afzal koʻrasizmi? 
12. Biror janjalli vaziyatni muhokama qilishi kerak boʻlgan komissiyaning ahzosi 
boʻlishdan qoʻrqasizmi? 


62 
13. Sizda biror adabiyot, sanhat va madaniyat asarlarini baholashning sof 
individual mezonlari bor va bu borada boshqalarning fikrini qabul qilmaysiz. 
SHundaymi? 
14. Sizga juda tanish boʻlgan masala boʻyicha boshqalarning notoʻgʻri fikrlarini 
tasodifan eshitib qolsangiz, indamay qoʻya qolasizmi? 
15. U yoki bu masalada yordam berishingizni soʻrashsa, siz bundan ogʻrinasizmi? 
16. Oʻz nuqtai nazaringizni ogʻzaki bayon etgandan koʻra, uni yozma tarzda 
ifodalashni afzal koʻrasizmi? 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling