Aslonov ilhom nizomovich arapbaeva damegul kurbanovna


Trener – trening mashgʻulotlarini tashkil etib, bu jarayonni  boshqaruvchi shaxs.  53.  Xarakter –


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/37
Sana20.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1789030
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
lotin

Trener – trening mashgʻulotlarini tashkil etib, bu jarayonni 
boshqaruvchi shaxs. 
53.  Xarakter – (yunon. charaktermuhr, naqsh) – shaxsning faoliyat va 
muomala jarayonida yuzaga chiqadigan va qaror topadigan, uning faqat 
oʻziga xos boʻlgan tipik xulq-atvor usullari bilan belgilanadigan barqaror 
individual xususiyatlari majmui. 
54. Oʻz-oʻziga baho - shaxsning oʻz imkoniyatlari, sifatlari va boshqa odamlar 
orasidagi oʻrniga bergan shaxsiy bahosi. 
55. 
Oʻz – oʻzini anglash – individning oʻzi haqida nisbatan barqaror 
anglangan tasavvurlar tizimi. 
56. 
Qoʻrquv – odamning oʻziga yoki yaqin kishilariga taalluqli 
boʻlgan haqiqiy yoki hayoliy xavf – hatarga nisbatan yuzaga kelgan 
emotsional holat. 


74 
57. 
Hamkorlik – bu holat barcha ishtirokchilarning oʻzaro 
manfaatlarini hisobga olgan holda muloqotda boʻlish va muammoli 
vaziyatni oxirigacha hal etishga intilishdir. 
58. 
Hissiyot – odamning yuksak ehtiyojlarini qondirish yoki 
qondirmaslik qobiliyatining mavjudligi va psixik obraz yarata olish 
natijasida uning tevarak – atrofdagi olamga boʻlgan munosabatlarining 
ongda aks ettirilishidan iborat jarayon. 
59. 
Hulq – atvor normalari – jamiyat tomonidan qabul qilingan 
ahloqiy mehyorlarga asoslangan hulq-atvor. 
60. Egoizm - (lot. ego – men) – subhektning hayotiy faoliyatda boshqa odamlar 
va ijtimoiy guruhlar manfaatlarini hisobga olmagan holda, oʻz shaxsiy 
manfaatlari va ehtiyojlarini ustun qoʻyishi bilan xarakterlanadigan baho 
yoʻnalganligi. 
61. Eksperiment – (psixologiyada) (lot. ex’erimentum – sinov, tajriba) – 
tadqiqotchi tomonidan bir va bir necha oʻzgaruvchan faktorlar bilan rejali 
manipulyatsiyani va oʻrganilayotgan obhekt xatti-harakatidagi tegishli 
oʻzgarishlarni qayd etishni amalga oshiradigan vaziyatga chetdan faol 
aralashishi. 
62. Emotsiyalar – (lot. emoveo – hayratga tushiraman, hayajonlantiraman) – 
hodisa va vaziyatlar hayotiy mazmunini ularning subhekt ehtiyojlarining 
obhektiv munosabatlari bilan shartlangan bevosita ehtirosli shaklda psixik aks 
ettirilishi. 
63. Empatiya – (yunon. em’atheia - hamdardlik) – boshqa odamning emotsional 
holatini anglash, uning his-tuygʻulari, kechinmalariga kirib borish, his etish. 
64. Etnik steriotiplar - turli etnik guruh vakillariga xos boʻlgan axloqiy, aqliy 
va jismoniy sifatlariga nisbatan barqaror tasavvurlar. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling