OYLIK ISH REJA TUZISH
REJA:
Darsni rejalashtirish
Oylik ish reja tuzish
Dars bosqichlari
guruhlarda mehnat ta’limiga tayyorlash dasturi bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan bо‘lib о‘z oldiga qо‘yidagi maqsadlarni qо‘yadi.
Bolarning mehnat tajribasini ularning kishilarning ishlab chiqarish faoliyati tо‘g‘risidagi bilimlarni kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat kishilariga munosib munosabat ruhida tarbiyalash;
Mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, о‘z ishi va о‘rtoqlari ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivojlantirish
Mehnat ta’limi dasturi talablari quyidagilarni о‘z ichiga oladi.
Buyumlarni kundalik uchun zarurligi.
Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida bolalarga berish mumkin bо‘lgan dasturda kо‘rsatilgan bilim va malakalarining mazmundorligi.
Barcha о‘quvchilarni darsda band qilish imkoniyati
Asosiy ish turlari
1.Qog‘oz va karton bilan ishlash.
2.Turli materiallar bilan ishlash.
3. Gazlama (tikish va bichish) bilan ishlash.
4.Texnikaga modellash.
5. Qishloq xо‘jaligi mehnati.
Mehnat darsining maqsadi – shaxsning turmush tarziga, mehnat madaniyatiga qaratilgan barqaror yо‘l yо‘riqni qaror toptirish, ijodiy mehnat qilishga, amaliy, ahloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, о‘quvchilarni halq xо‘jaligidagi muvoffaqiyatli mehnat faoliyatida zarur bо‘lgan ijodiy qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir.
Dars besh bosqichga bо‘linadi
Kirish qismi – mavzu nechanchi yil о‘qitilayotganligi о‘quvchilarning о‘sish darajasiga qarab, vaqt jahitdan xiyla uzun yoki qisqa bо‘lishi mumkin. Kirish qismi о‘quvchilarni emotsional qiziqtirishi о‘quvchi ishlashi lozim bо‘lgan biror mehnat obyektini namoyish qilishda gо‘zallik hissini о‘yg‘otish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |