yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o’zgartirish va bekor
qilish
Ushbu SHartnoma tomonlarning kelishuviga ko’ra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga ko’ra o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Ushbu SHartnoma quyidagi hollarda:
fermer xo’jaligi tugatilganda, shu jumladan bankrotlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq u iqtisodiy nochor bo’lgan taqdirda tugatilganda;
er uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda; erdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, shu jumladan davlat
ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xo’jaligi ekinlari ekilganda;
samarasiz foydalanilganda, ya’ni ijaraga oluvchining aybi bilan muntazam ravishda (uch yil mobaynida) normativdagi kadastr bahosidan kam miqdorda hosil olinganda;
erlarning ekologik holati Ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda; er uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib
qo’yilganda;
agar fermer xo’jaligi yer uchastkasi olingan paytdan boshlab bir yil mobaynida ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatiga kirishmasa, SHartnoma bekor qilinishi mumkin.
SHartnoma amaldagi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
Tomonlarning javobgarligi
Tomonlardan biri ushbu SHartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonun hujjatlarini muntazam buzganda ikkinchi tomon ushbu SHartnomannig belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
Bartaraf etilishi mumkin bo’lgan har qanday qonun buzilishi SHartnomaning bekor qilinishiga sabab bo’lmaydi.
Tomonlardan biri SHartnomani bekor qilish mo’ljali to’g’risida ikkinchi tomonni SHartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda mo’ljallanayotgan bekor qilish sanasidan uch oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |