Asm Iqtisodiyot
Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
Download 95.73 Kb.
|
3-Fermer xo\'jaligining shartnomaviy munosabatlari nima va u qanday amalga oshiriladi
Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlariIjaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega: yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga hamda xo’jalik utaviga muvofiq mustaqil ravishda xo’jalik yuritish; qishloq xo’jaligi ekinlari va daraxt ko’chatlariga, yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotiga va uni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish; er uchastkasida mavjud bo’lgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, o’rmonzorlar, suv ob’ektlaridan xo’jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerlarning boshqa foydali xossalarini ishga solish; sug’orish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish; qishloq xo’jaligi ekinlarini, daraxtlarni sug’orish va boshqa maqsadlar uchun sug’orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish; ichki xo’jalik maqsadlari uchun ishlab chiqarish hamda boshqa imoratlar va inshootlarni belgilangan tartibda barpo etish; erlar olib qo’yilgan taqdirda o’ziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani to’latish. Ijaraga oluvchi «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur: yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur SHartnomaning 2-bandiga muvofiq saqlash; davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan mahsulot yetishtirilishini tashkil etish (ixtisoslashuvini hisobga olgan holda); erdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo’llash, o’z xo’jalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik. Fermer xo’jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo’jaligi yerlari, shuningdek ekinlaridan qishloq xo’jaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qo’pol ravishda buzilishi hisoblanadi: ishlayotgan irrigatsiya va meliortaiv tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash; erlarni muhofaza qilish bo’yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish; yagona yer solig’ini o’z vaqtida to’lash; boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari mulkdorlari huquqlarini buzmaslik; belgilangan shakldagi hisobotlarni o’z vaqtida taqdim etish; boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer uchastkalari mulkdorlariga yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda to’lash; qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini (uch yil mobaynidagi o’rtacha yillik hisobda) yerlarning nomativdagi kadastr bahosidan past bo’lmagan darajada bo’lishini ta’minlash; arxitektura-shaharsozlik normalari va talablariga rioya etish, shu jumladan qurilishga ruxsat olish va loyihani arxitektura organlari bilan kelishish. Ijaraga oluvchi «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir. Download 95.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling