Dehqonobod kaliy zavodi


Download 332.49 Kb.
bet1/26
Sana19.06.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1621945
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin


DEHQONOBOD KALIY ZAVODI” AJ
MEHNAT MUHOFAZASI VA SANOAT XAVSIZLIGI BO‘YICHA
KIRISH YO‘L-YO‘RIG‘INI O‘TKAZISH UCHUN VIDEOROLIK SSENARIYSI


Kirish so‘z:
“Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati Kimyo sanoati va o‘g‘it ishlab chiqarish uchun silvinit rudasini qazib olish va boyitish qayta ishlash korxonasi hisoblanadi. “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani markazidan 5 km uzoqlikdagi Beshbuloq qishlog‘ida joylashgan. Jamiyatning 1-bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.12.2007 yilda “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-748-sonli qaroriga asosan 2010-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1-bosqich Qayta ishlash majmuasi – yillik loyiha quvvati 200 ming tonna kaliy xlorid ishlab chiqarishga, Tog‘-kon majmuasi– yillik loyiha quvvati 700 ming tonna silvinit xom ashyosi qazib olishga, Jamiyatning 2-bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.11.2011 yilda “Dehqonobod kaliyli o‘g‘it zavodini ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (II-bosqich) investitsion loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1642-sonli Qaroriga asosan 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2-bosqich Qayta ishlash majmuasi – yillik loyiha quvvati 400 ming tonna kaliy xlorid ishlab chiqarishga, Tog‘-kon majmuasi yillik loyiha quvvati 1 400 ming tonna silvinit xom ashyosi qazib olishga, jami 600 ming tonna kaliy xlorid ishlab chiqarishga, 2 100 ming tonna silvinit rudasini xom ashyosi qazib olishga mo‘ljallangan. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kaliyli o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida eng yirik korxona hisoblanadi. Korxonadagi qayta ishlash majmuasida eng ilg‘or texnologiya va tog‘-kon majmuasida zamonaviy kon-transport uskunalaridan foydalaniladi. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning maqsadi Respublika korxonalarini sifatli Kaliy xlorid tayyor mahsulotlari bilan ta’minlash hisoblanadi. Korxona xavfli ishlab chiqarish obektining 2-tipiga mansub bo‘lib, unda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablariga qat’iyan rioya etish talab etiladi.
k


Kadr:
Korxonaning umumiy ko‘rinishi, jarayonlar va kerak bo‘lganda dron kadrlardan foydalaniladi.


So‘z:
Korxona hududi qo‘riqlash xizmati tomonidan qo‘riqlanadi. Begona shaxslar korxona hududiga kirish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etishlari, korxona ishchilari esa tashqi ko‘rinish yuz qismini tanib olish turniketlaridan o‘tishlari shart. Korxona hududiga uyali aloqa vositalari, foto va video, ovoz yozish uskunalarini maxsus ruxsatnomalarsiz hamda qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, alkogol mahsulotlarini, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoxud muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsa va buyumlarni olib kirish taqiqlanadi.
Kadr:
Korxona hududiga kirish uchun nazorat o‘tkazish punkti, korxona hududiga kirish-chiqish jarayonida qo‘riqlash bo‘limi xodimlari, korxona xodimlari va begona shaxslarning harakatlari, maxsus yo‘lakchalarda harakatlanayotgan odam va maxsus formaning ko‘rinishi.


So‘z:
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tarkibiga 1 va 2-bosqich qayta ishlash majmualari va qayta ishlash majmuasidan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan “Tepaqo‘ton” tog‘-kon majmuasi, Avtotransport sexi, Temir-yo‘l sexi va boshqa 16 ta sex, bo‘lim va xizmatlar kiradi.
“Tepaqo‘ton” tog‘-kon majmuasida silvinit rudasini yopiq usulda qazib olish ishlari olib boriladi. “Tepaqo‘ton” tog‘-kon majmuasining silvinit rudasini qazib olish bo‘yicha yillik ishlab chiqarish quvvati 2.1 mln tonnadan yuqoriroqni tashkil etadi.
Tepaqo‘ton konining uzunligi O‘zbekiston Respublikasi hududida 14 kmni, eni 1,5 – 3 kmni tashkil etadi. Kon ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
SHaxtaga kirish va u yerdan ruda qazib olish uchun 3 ta qiya stvol o‘tilgan bo‘lib,
1-stvol shaxtaga havo uzatuvchi va odamlar hamda texnikalar tushishiga mo‘ljallangan. 2 va 3-stvollar shaxtadan chang havoni yer yuzasiga chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, aynan shu stvolda o‘rnatilgan konveyerlar orqali ruda yuqoriga chiqariladi. SHaxtada ruda qazib olish ishlari 6 ta “URAL-20P”, 1 ta “URAL-10” va 2 ta “Universal” tipidagi qazuv kombaynlaridan foydalangan holda shaxta usulida amalga oshiriladi. Qazib olingan ruda bunker-yuklagich orqali o‘ziyurar vagonga yuklab berilib, o‘ziyurar vagondan panel konveyeriga, panel konveyeridan magistral konveyerlariga navbatma-navbat uzatilib yuqoriga chiqariladi.
SHaxtadan yer yuzasiga chiqarilgan ruda ruda tayyorlash omborida maromlashtirilib (zaruriyatga ko‘ra ayrim hollarda maromlashtirmasdan) yuk mashinalariga yuklab beriladi va tog‘-kon majmuasidan qayta ishlash majmusiga tashib keltiriladi.
Konda qazish ishlarini olib borish uchun quyidagi holatlar to‘liq o‘rganib chiqilishi zarur.
- Tuzilishi
- Tarkibi
- Sanoatbop qatlam qalinligi
- Suv ximoya qatlamining qalinligi tuzilishi
- Tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari
SHaxta maydonini ochish, tayyorlash va unga qazish ishlarini olib borish sxemasini tanlashda konning geologik sharoiti qatlamning sanoatbop qismining yotish qiyaligi inobatga olinadi.
SHaxta maydonida ishlarni olib borish uchun ishlatiladigan qurilmalarni va samarali qazish usulini tanlash kon ochish ishlaridagi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Tepaqo‘ton koniga quyidagi qurilmalar loyixa asosida tanlangan.
- Qazish ishlarida zamonaviy katta quvvatga ega bo‘lgan “Ural-20P” kombaynlaridan foydalaniladi.
- Qazish ishlari olib boriladigan laxmlaridan statsionar konveyer qurilmalariga qazib olingan rudani yetkazishda o‘ziyurar vagonlardan foydalaniladi.
- Statsionar lentali konveyer qurilmalari orqali shaxta maydonidan qazib chiqarilgan foydali qazilmalarni yer yuzasiga yetkazib beradi.
SHaxta maydonini qiya stvollardan keyingi ochish laxmlari sifatida asosiy qiya laxmlaridan foydalaniladi. Barcha turdagi laxmlarda qiyalik 60 gacha bo‘lishi kerak.
Har bir shaxta maydonini tayyorlash sxemasini tanlash uchun qatlamning yotish qiyaligi xisobga olinishi shart. Tepaqo‘ton konida shaxta maydonini tayyorlash jarayonida ruda qatlamini o‘rtacha yotish qiyaligi 140 ligi xisobga olinib, xar bir laxm tanlangan kon mashinalarini samarali ishlashini ta’minlash uchun 6 0 qiyalik ostida o‘tilgan.
Tepaqo‘ton konida shaxta maydonini tayyorlashda panel sxemasidan foydalaniladi. Panel sxemasini qo‘llanishini qulayligi kon tayyorlash ishlarining hajmini minimal hajmda amalga oshirilish asosida tanlangan.
SHaxta maydonini tayyorlash tartibi, to‘g‘ri ximoya seliklari qoldirish hisoblanadi.
Xar bir panellarning uzunligi o‘rtacha 1500mni, eni o‘rtacha 300mni tashkil etadi.
Tepaqo‘ton koni shaxta maydoni 3 qismga bo‘lingan:

  • Markaziy qism

  • Janubiy g‘arbiy qism

  • SHimoliy sharqiy qism

Har bir qism orasiga loyixa asosida 200 m enlilikdagi gidroizolyatsiya seliki qoldirilgan.
Kon tayyorlash ishlariga ishlatilishi zarur bo‘lgan panelda o‘rnatilgan qatlam panel qazish va shamollatish shreklari va panel konveyer-shamollatish shtreklari kiradi.
Bundan tashqari panellarni o‘zaro bog‘lash va qatlamlararo transport qatlami uchun o‘tiladigan kesuvchi shtreklar, shamollatish qiya laxmlari, o‘tish qiya laxmlari va bog‘lovchi laxmlar kiradi.
Rudalarni yer ostidagi transport qurilmalaridan bir-biriga o‘tkazish uchun diametri 500 mm bo‘lgan ruda tushgich skvajinalari BPA-2m-04 burg‘ulash qurilmasi yordamida olib boriladi.
Xar bir paneldan qazib chiqariladigan rudani qazish va tashish ishlarini bajarilishida elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun uchastka taqsimlash punkti (UPR) kamerasi o‘tiladi.
Konveyer liniyalari.
“Tepaqo‘ton” tog‘-kon majmuasidagi №2, 3 qiya stvollar orqali shaxta maydonidan qazib chiqarilgan ruda yer ustiga chiqariga mo‘ljallanganligi sababli 21 dona konveyerlardan iborat konveyer tizimi o‘rnatilgan. Ushbu konveyerlar KL-1200, KL-1000, KLK-1000 rusumiga kirib quyidagi asosiy qismlardan iborat:

  • Konveyer stavlari.

  • Ostki roliklar.

  • Ustki rolik tayanchlari.

  • Yon tayanch roliklari.

  • Ustki roliklar.

  • Lenta yurituvchi baraban

  • Xarakatlantiruvchi uzatma (reduktor)

  • Rostlovchi baraban

  • Harakatlantiruvchi elektrodvigatellar

  • Elektr energiyasi bilan ta’minlovchi va taqsimlovchi qurilmalar

  • Qurilmani xavfsiz ishlashini ta’minlovchi va nazorat qiluvchi priborlar

  • Boshqaruv punkti

  • Yong‘inga qarshi avtomatik qurilmalar

Aloqa vositalari va signal qurilmalari Tepaqo‘ton konidagi konveyerlar tizimi 2 qismga bo‘linadi.

  1. Kapital laxmlarda magistral konveyerlar tizimi

  2. Ishlab chiqarish ishlari olib borilayotgan panellardagi panel konveyerlar tizimi

Kapital laxmlardagi magistral konveyerlar tizimida xar 200 metrda va boshqa laxmlar bilan kesishgan joylarda konveyerlar ustidan o‘tish uchun metall zinapoyalar o‘rnatilgan. Xar bir konveyerda keyingi konveyerga rudani uzatish bunkerida changni ushlab qolish moslamasi o‘rnatilgan.
Kondagi barcha konveyerlar 2 xil usulda boshqariladi
- Distansiya (masofadan)
- Avtonom (remontniy)
Distansiyon boshqaruvni zaruriyligi quyidagilar bilan izohlanadi.

  • Kon dispetcheri tomonidan barcha konveyerlarni ish jarayonini muntazam kuzatib borilishini ta’minlash.

  • Xar bir xolati bo‘yicha aniq axborotni olish.

  • Ushbu axborotlar asosida qolgan konveyerlarni bir vaqtning o‘zida to‘xtatish yoki yurg‘izish.

  • Konveyerlarning samarali ishlashini ta’minlash.

Avtonom (remont) boshqaruvning zaruriyligi quyidagilar bilan izohlanadi:

  • Xar bir konveyer mashinisti tomonidan konveyerni avtonom xolda ishga tushirish va to‘xtatish imkoniyatining mavjudligi

  • Konveyerga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida mustaqil ravishda qurilma qismlarini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi

  • Konveyer xududida texnologik tozalash ishlari bajarishda to‘plangan rudalarni konveyer lentalariga yuklash

  • Konveyerlarda kelib chiqgan texnik va texnologik nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish.

Konda distansiyon boshqaruv uchun Asuk Dip avtomatik apparatura sistemasi ishlatiladi.
Konveyerlarni boshqarish sxemasida quyidagi ximoyalar ko‘zda tutilgan:

  • Ishchi organda uzilish bo‘lganda konveyerni tezkor o‘chirish.

  • Kuchlanish yo‘qolganda nolovoy ximoya

  • Qisqa tutashuv ro‘y berganda liniyani avtomatik ajratish

  • Ogohlantiruvchi signal berilmasdan konveyerni ishga tushirilmasligi

  • Elektrodvigatelni berilgan vaqt oralig‘ida zaruriy aylanishi zaruriy aylana olmasa avtomatik o‘chishi

  • Ikki tomonlama telefon aloqasi

  • Xar-bir konveyerni ishga qo‘shish vaqtini nazorat qilish

  • Konveyer xolati to‘g‘risida distansiya orqali avtomatik signal berish


Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling