Dehqonobod kaliy zavodi


Rudani qayta ishlash texnologiyasi


Download 332.49 Kb.
bet4/26
Sana19.06.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1621945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin

Rudani qayta ishlash texnologiyasi.
Silvinit rudasini boyitish quyidagi texnologik ketma-ketlikdagi bo‘linmalarda amalga oshiriladi:
- xom ashyo ombori, quruq saralash va maydalash texnologik qurilmalari bo‘linmasi;
- yanchish, flotatsiya va konsentratni filtrlash texnologik qurilmalari bo‘linmasi;
- quritish va sovutish texnologik qurilmalari bo‘linmasi;
- qadoqlash texnologik qurilmalari bo‘linmasi;
- filtrlash texnologik qurilmalari bo‘linmasi.
Ruda ombori. O‘lchami 0-50 mm bo‘lgan silvinit rudasi tog‘-kon majmuasidan yuk avtotaransportlari bilan qayta ishlash majmuasiga yetkazib keltiriladi.
Yuk avtotaransportlari tomonidan olib kelingan ruda buldozer yoki pogruzchik yordamida bunkerga tashlanadi. Bunker tagida plastinkali ta’minlagich joylashgan va u rudani bir xil miqdorda tushishini ta’minlaydi. Keyin 1-lentali konveyer yordamida maydalash uchun uzatiladi.
Maydalash va saralash bo‘linmasi. 1-lentali konveyerda elektromagnitli metall ushlagich o‘rnatilgan bo‘lib, ruda bilan shaxtadan aralashib kelgan turli metall parchalarini ushlab qoladi. 1-lenlali konveyerdagi ruda quruq saralash tebranma elaklari yordamida sinflarga ajratilib, elaklardan o‘tgan 5-6 mm lik xom-ashyo 2-lentali konveyerga, undan yiriklari bolg‘ali maydalash uskunasiga uzatiladi.
Maydalash va saralash bo‘linmasida maydalangan ruda bunkerga tushadi, undan diskli ta’minlovchi va 3-lentali konveyer orqali birlamchi namli saralash elaklariga jo‘natiladi. Elaklar oldidagi ruda aylanma matochnik (tuzga to‘yingan eritma) bilan aralashtiriladi, natijada S/Q (suyuq/ qattiq) nisbati bo‘lgan pulpa hosil bo‘ladi; Q ~ 1,5 (~ 40% qattiq).
Tekshiruv-nazorat elaklari sinfga ajratishi 1 mm lik fraksiya bo‘lib, elakda namlovchi matochnik aralashmasi aralashtiriladi. Elakdan tushgan fraksiyalar shlamsizlantirish uchun, o‘tmagan qismi yuklovchi quvur yordamida sterjenli yanchish tegirmoniga uzatiladi. Yanchilish mobaynida ruda tarkibiga matochnik suyukligi aralashtirilib, yanchilgan xom-ashyo nasos yordamida qayta sinfga ajratish elagiga haydaladi. SHu qatorda 1-silvinitli tozalashdan qaytgan mahsulot ham uzatiladi va shu tartibda sirkulyasiya davom etadi.
SHlamsizlantirish. Tekshiruv nazorat elaklaridan o‘tgan fraksiyalar shlamsizlantirish bakiga tushadi va undan nasos orqali shlamsizlantirish uchun 1-bosqich gidrosiklonlariga uzatiladi.
1-bosqich gidrosikloniga uzatilgan fraksiya suyuq qismi 2-bosqich gidrosikloniga uzatiladi. 2-bosqich gidrosiklon suyuq qismi shlamlarni quyuqlashtirish jarayoniga uzatiladi va quyiltirgichda flokulyant reagenti yordamida shlamlar cho‘ktirilib, tuzli eritmaning tozaligi ta’minlanadi.

Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling