4-mavzu. Kaliyli tuzlar texnologiyasida tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar
Download 210.29 Kb.
|
1 2
Bog'liq4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaliy tuzlarining mavjud bo‘lish xududlari
- Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan Tyubegatan kaliyli tuz qatlamlarining kimyoviy tarkibi.
- Tyubegatan konidagi turli ko‘rinishdagi silvinitlarni kimyoviy tarkibi, og‘irl. %
- Tyubegatan konidagi karnallitni kimyoviy tarkibi, og‘ir.%.
4-mavzu. Kaliyli tuzlar texnologiyasida tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar. Reja: 1. Maydalash tizimi va me'yori. Loy-karbonatli quyqalarni shlamsizlantirish, quyuqlashtirish va yuvish. Shlamsizlantirish sxemasi, me'yori va ko'rsatkichlari. 2. Dehqonobod kaliyli o'g’itlar zavodi maydalash va elash bo'limi texnologik sxemasi. Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodidagi shlamsizlantirish bo'limi Kaliy tuzlarining mavjud bo‘lish xududlari Konda uchta kaliy gorizonti aniqlangan: yuqori, o‘rta va pastki. Pastki o‘z navbatida uchta qatlamga bo‘linadi (1, 2, 3). Kaliy tuzlar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan qatlamining kimyoviy tarkibi 2.3-jadvalda ko‘rsatilgan. U barcha kon maydonida tarqalgan. KCI ning tekshirilgan maydondagi o‘rtacha miqdori 33,05% (15 dan 60% gacha), ayrim uchastkalarda – KCl 92% MgCl2 0,08 dan 2,61% gachani tashkil etadi. Tyubegatanda bu qatlam bo‘yicha nam kaliy tuzlarining zaxirasi KCI ning o‘rtacha miqdori 28% bo‘lganda, 113 mln.tonnani tashkil etadi. 2-3 jadval Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan Tyubegatan kaliyli tuz qatlamlarining kimyoviy tarkibi.
Pastki kaliy gorizontining quvvati – 20-25 m. Silvinit qatlamlarning tosh tuzlari bilan almashinishi ancha keskin. Kaliy tuzlari silvinit va oz darajada – karnallitdan iborat buladi. Silvinit yirik monomineral to‘plamlarni hosil qilmaydi. Silvinlarning kimyoviy tavsifi 2-4 jadvalda keltirilgan. Tyubegatan silvinlarining barcha turi kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir-biriga o‘xshash. KCI ning miqdori 84.62 dan 99.24% gacha o‘zgarib turadi. Silvinda galit bilan taqqoslaganda CaCI2 (1.12 %) miqdori ko‘proq, shuningdek Mg ,Al, Si, Fe, Mn, Cu kamdan-kam kristallarda – Pb izi topilgan. Tyubegatan konida karnallitning quyidagi turlari kuzatiladi: 1. galit bilan yaqin aralashmada mustaqil qatlamlar ko‘rinishida to‘q sariq karnallit; 2. pushti rang tuzda noto‘g‘ri shakldagi katta bo‘lmagan ko‘rinishda qo‘shilgan sarg‘ish turlari; 3. 2-5 mm jilka va to‘q-pushti rang loytuproqsimon tuz ko‘rinishidagi oq karnallit. Ularning kimyoviy tarkibi 2.5 jadvalda ko‘rsatilgan. Birinchi turi – birlamchi, qolgan ikkitasi – ikkilamchi. KCI : MgCI2 nisbati – 0,782 dan 0.521 gacha teng. Karnallitda Ca, Cu, Cl, Si, Mn, Ti, Ba, Fe lar mavjud. Karnallitda izomorf aralashmasi ko‘rinishda rubidiy, yod, brom, talliy izlari hamda duglasit (2 KCI · Fe CI2 H2O) rangsiz kristallari uchraydi. Tyubegatan karnallit qatlamlarida kimyoviy yo‘l bilan bishofit va angidrid (aniqlangan) topilgan. Tajriba quduqlarining (skvajina) kaliy gorizontlari tosh tuzini qudratli qatlamlari bilan bir-biridan ajratilgan. 189,6–190,25mm oraliqda paydo bo‘ladi, uning maksimal miqdori 189 m chuqurlikda. Qattiq faza NaCl + karnallit politermani bosh oraliqlari uchun nisbatlar P.N. Chirvinskiy tomonidan hisoblab chiqilgan va 2-6 jadvalda keltirilgan. NaCl + KCI + karnallit sistemasining 10-20˚S (o‘rtacha 15˚S) oraliqdagi asosiy kattiq fazasida KCI (61%) : NaCl (39%) nisbat 1,56 ga teng. Bu nisbatning ortishi kaliyning loytuproq material bilan adsorbsiyalanishini izohlaydi. 2-7 jadvalda kaliy gorizontlaridagi tajriba quduqlaridagi KCI va NaCl ning nisbati keltirilgan. Kaliy gorizontlarini shakllanishida silvinit va pushti rang tosh tuzi qatlamlarining davriy almashinishida ifodalanadigan ma’lum bir maromlik kuzatiladi. 2-4 jadval. Tyubegatan konidagi turli ko‘rinishdagi silvinitlarni kimyoviy tarkibi, og‘irl. %
2-5 jadval. Tyubegatan konidagi karnallitni kimyoviy tarkibi, og‘ir.%.
2-6 jadval Download 210.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling