4-mavzu. Kaliyli tuzlar texnologiyasida tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar
Download 210.29 Kb.
|
1 2
Bog'liq4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tyubegatan konidagi kaliyli gorizontlardagi KCl va NaCl nisbatlari.
- 2.2.4. Suvda erimaydigan qoldiq va tuproqli qo‘shimchalar
- Ca = alyumosilikat + MgSO 4 Mg = alyumosilikat + CaSO 4
- 2Ca(HCO 3 ) 2 + MgSO 4 = CaMg(HCO 3 ) 2 + CaSO 4 + 2H
- Tyubegatan galogen qatlamidagi aksessor elementlar
NaCl – KCl – MgCl2 – H2O* sistemaning eruvchanligi
2-7 jadval Tyubegatan konidagi kaliyli gorizontlardagi KCl va NaCl nisbatlari.
2.2.4. Suvda erimaydigan qoldiq va tuproqli qo‘shimchalar Barcha galogen qatlamlarda tuz hosil bo‘lishiga ta’sir etadigan tuz loy-tuprog‘i mavjud. Qatlamdagi loy tuz ko‘llarining gidrokimyoviy rejimini aniqlovchi metamorfizatsiya, dolomitizatsiya va boshqa jarayonlar bo‘lib o‘tganligini belgilaydi. 1930 yilda S.A. Shukarov tuz ko‘llarining kolloid-kimyoviy(teoriyasini) nazariyasini yaratdi. Ushbu nazariyaga binoan tuzli havzaga kiritilgan tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan alyumosilikat zarrachalari almashinuv adsorbsiya xususiyatini namoyon etadi. Yutilgan kalsiy natriy, kaliy, magniy ionlari yoki aksincha, uni o‘rab olgan eritma o‘rtasidagi muvozanat holatiga qarab siqib chiqariladi. Konsentratsiyani kamaytirish yoki ko‘paytirish natijasida muvozanatning buzilishi jarayonni u yoki bu tomonga yo‘naltiradi. Ca = alyumosilikat + MgSO4<> Mg = alyumosilikat + CaSO4 Ca = alyumosilikat + MgCl2 <> Mg = alyumosilikat + CaCl2 Na = alyumosilikat + KCl <> K = alyumosilikat + NaCl Gips ishtirokida rapa suyultirilganda jarayon o‘ngdan chapga yo‘naladi, bu esa metamorfizatsiya koeffitsientini ko‘payishiga olib keladi; quyulganda, aksincha, magniy, natriy va kaliy kalsiyni siqib chiqaradi. Kation almashinuvi natijasida kalsiy va natriysi kam bo‘lgan va magniy va kaliy bilan to‘yingan alyumosilikatlar hosil bo‘ladi. Kation almashinuvi bilan bir qatorda havzaga rapa bilan kelib tushayotgan karbonat kalsiy va bikarbonat kolloid zarrachalari va rapa orasidagi metamorfizatsiya jarayoni katta ahamiyatga ega. Ushbu reaksiyalarni sxema bo‘yicha quyidagicha ko‘rsatish mumkin. 2Ca(HCO3)2 + MgSO4 = CaMg(HCO3)2 + CaSO4 + 2H2O + 2CO2 (2.1) 2CaCO3 + MgSO4 = CaCO3 · MgCO3 + MgSO4 (2.2) CaCO3 + MgSO4 = MgCO3 + CaSO4 (2.3) 2Ca(HCO3)2 + MgCl2 = CaMg(CO3) 2 + CaCl2 + 2H2O + 2CO2 (2.4) 2CaCO3 + MgCl2 = CaCO3 · MgCO3 + CaCl 2 (2.5) CaCO3 + MgCl2 = MgCO3 + CaCl2 (2.6) Ushbu qaytar reaksiyalarning muvozanati eritmadagi tegishli tuzlar konsentratsiyasi va haroratiga bog‘liq. Ular doimiy eritma almashinuvida oxirigacha borishlari mumkin. Dengiz suvi kiradigan sulfatli suvlarining metamorfizatsiyasida bosh jarayon quyidagilardan iborat: MgSO4 + Ca(HCO3)2 = Mg(HCO3)2 + CaSO4 ↓ xMg(OH)2 · yMgCO3 · 7H2O CaSO4 · 2H2O Mg+ va SO42- eritmadan olib ketiladi. Agar eritmaga loysimon modda ta’sir etsa, Na+ va SO42-- quyidagi sxema bo‘yicha bir paytda yo‘qolishi mumkin: Na2SO4 + Ca(PK)tv = CaSO4 + Na2(PK)tv (2.8) CaSO4 · 2H2O Metamorfizitsiya jarayoni juda sekin o‘tadi va uning tuzli havzadagi suv tarkibini o‘zgarishidagi ahamiyati umumiy mineralizatsiya qanchalik tez oshishiga bog‘liq bo‘ladi. Karbonatlarning magniy sulfat bilan o‘zaro ta’siri reaksiyasi dolomitlashgan ohaktosh, dolomit va magnezitlarni hosil bo‘lishiga olib keladi. Karbonatning magniy xlorid bilan o‘zaro ta’siri natijasida ham dolomit yoki magnezit va kalsiy xlorid paydo bo‘ladi. Parchalanmaydigan silikatlar jinslarning asosiy og‘irligini tashkil etadi. «Silikatli qoldiq» tarkibi barcha gorizont jinslari uchun doimiydir 50-60% SiO2, 11-15% Al2O3 va 5-10% K2O ni o‘z tarkibida tutgan silikatlar Na2O va SaO ning yo‘qligida yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorida MgO ning doimiy mavjudligi bilan xarakterli. Tyubegatan konining galogen qatlami klastik material (nuragan tog‘ jinslari) qatlamini o‘z ichiga olib xususiyati bo‘yicha loytuproq qatlami yoki kristallararo qo‘shimchalardir. Loytuproq qo‘shimchalarining ashyoviy tarkibi – tuzli loyning asosiy materiali – alyumosilikat va karbonatlardir. Barcha loytuproq qatlamlar mumkin qadar karbonatlashtirilgan bo‘lib karbonatlar tarkibida har doim MgCO3 mavjuddir. Erimaydigan qoldiqlarning karbonat qismi dolomitizatsiyasining yuqori darajasi, tuzlarda kalsiy xloridning mavjudligi, silikatli qoldiqlarda MgO ning SaO dan va K2O ning Na2O dan ortiqligi – barcha bu dalillar metamorfizatsiya jarayonlarining jadal o‘tishi sharoitlarida tuzli qatlam shakllanishi to‘g‘risidagi taxmin bilan muvofiq keladi. Tyubegatan galogen qatlamidagi aksessor elementlar Cho‘kindi jinslar tarkibida juda oz miqdordagi tarqoq holatda bo‘lgan elementlar aksessor yoki kichik elementlar ma’lumdir. Tuzli qatlamlarda mikroelement miqdori borligini tekshirish xom ashyodan kompleks foydalanishda amaliy ahamiyatga ega. Kaliyli tuz qatlamlarida asosiy tuz minerallari yig‘ilishi bilan hosil bo‘lishida tuzlarda aralashma hosil qiluvchi (F, B, Br, Sr, Rb, Cs, Zr va boshqalar) aksessor elementlari birikmalari ham yig‘iladi. Cho‘kish jarayonida tuzlar mikroelementlar bilan terrigen materiallar (sinish) kirishi hisobiga to‘yinishi mumkin. Fe, Mn, P, V, Cr, Co, Cu, Pb, Zn va boshqalar asosan suspenziya tarkibida va qisman eritma ko‘rinishida joydan-joyga o‘tadi. Qattiq fazaga birinchi navbatda qiyin eriydigan va biologik faol birikmalar Fe, Mn, Al, P, CaCO3 , SiO2 va bir qator kichik elementlar birikmalari: V, Cr, Ca, Cu, Fe va boshqalar ketadi. Yengil eriydigan mineral tuzlar va B, Si, Br ning birikmalari eritmada qoladi va unda yig‘iladi. B, Sr, Br ning fatsial (cho‘kindi jinslarining ajralish sharoitlari – ko‘l, dengiz) joylanishi Fe, Mn, P, Cr, Ni, Cu, V joylanishidan farq qiladi. Birinchi guruh Sr, B, Br galofil, boshqasini klastofil deb ataladi. Tyubegatan konining mineralogik tarkibi bir xil. Jins hosil qiluvchi asosiy minerallari – angidrit, silvin va karnallit. Aksesssor komponentlari karbonatlar, brom, bor, temir va Mn, Zn, Pb, Li, Rb va boshqalar kichik elementlardir. Terrigen quyqalar (loy, alevrolit) oz miqdorda. Tuzdagi erimaydigan moddalarning miqdori oshishi bor, brom, mikroelementlarning miqdorini oshishi bilan bog‘liq. Tyubegatan koni o‘z kimyoviy tarkibi bo‘yicha sulfatsizlar deb ataluvchi qatoriga kirali, ya’ni bu yerda sulfatlar faqat angidrit va gips holida bo‘ladi. Galogen qatlamlarining quvvati Tyubegatanda 700-800 m ga yetishiga uning shakllanishida katta og‘irlikdagi dengiz suvlari ishtirok etganligini ko‘rsatadi. Galogen qatlamlarini hosil qiluvchi quyqalar to‘planish tezligi kalsiy sulfat uchun 0,2 – 2 mm/yil, osh tuzi 60-80 mm/yil, Tyubegatan konining angidrit jinslari zonasi 200.000 yilda, tuz qatlami – 10000-20000 yilda shakllangan deyish mumkin. Kaliy tuz konlarini shakllantirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni umumlashtirib, Tyubegatan galogen qatlamining hosil bo‘lishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Yura geologik davrida O‘zbekistonning barcha janubiy-g‘arbi, Turkmanistonning janubiy-sharqi, Tojikistonning janubi barcha hududi yuqori yura vaqtida dunyo okeanidan ajralib chiqqan va tuz hosil qiladigan ulkan havzaga aylangan. Havza tubida ohaktosh cho‘kindilari hosil bo‘la boshlagan geologik izlanishlar ma’lumotlari bo‘yicha quvvati 600m bo‘lgan ohaktoshlar qatlamlari hosil bo‘lgan. Ohaktosh o‘tirishi ohaktosh, bitum va oltingugurt qatlamlari bilan angidrit qatlamiga almashgan. Angidrit qatlamlarining quvvati 350-400 m tashkil etadi. Tyubegatan konining qirqimlaridan ko‘rinib turibdiki, havzaning umumiy evolyusiyasi tuzli havzalarning asosiy qonuniyatiga bo‘ysungan. Rapada asta-sekin oldin natriy xlorid, so‘ngra kaliy xlorid va nihoyat magniy xlorid yig‘ilib borgan. Bu vaqtning o‘zida havzaning bir qismlarida tosh tuzi, boshqalarida – silvinit, karnallit tushishi bosqichigacha borib, qatlamlar hosil bo‘la boshlagan. Tuzli havzaning qanday qismida jadal egilish va qaysi vaqtda u amalga oshganiga bog‘liq holda kaliy tuzlari qatlamining joyi va galitning quvvati aniqlanadi. Havzaning sharq qismida chukish kaliy tuzlari kristallanishigacha borgan, keyinchalik konsentrlangan sho‘r suvlar g‘arbga siqib chiqarilgan, u yerda Gaurdak, Tyubegatan, Oqbosh va boshqalar kaliy konlari hosil bo‘lgan. Kimyoviy tarkibi va tuzilishi yaqin bo‘lgan jinslarning mavjudligi, bitta gorizontga tegishliligi janubiy O‘zbekiston, janubiy Tojikiston va janubiy-sharqiy Turkmanistonning konlari sinxron va ularning shakllanishi bir xil sharoitlarda o‘tgan. Download 210.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling