Toshvil uz 1 «2023-yilga borib Oʻzbekistonda kredit foiz stavkalari 5-10 foizga tushishi mumkin»


Download 35.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1161873
  1   2
Bog'liq
pdf



toshvil.uz
1
«2023-yilga borib Oʻzbekistonda kredit
foiz stavkalari 5-10 foizga tushishi
mumkin» — Markaziy bank boshqaruvi
raisi
Koronavirus pandemiyasi dunyoda shiddat bilan tarqalgani iqtisodiyotga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi.
Shunday boʻlsada, yurtimizdagi banklar oʻz mijozlariga yengillik yaratish maqsadida kredit muddatlarini 1-
oktyabrga qadar uzaytirdi.
Ayni vaqtda mijozlar qoʻlidagi 26,5 trillion soʻmlik kreditning 19 trillioni yuridik shaxslarga tegishli boʻlsa,
qolgani aholiga berilgan. Pandemiya munosabati bilan kredit olgan 85 foiz jismoniy shaxslarning toʻlov
muddati uzaytirilgan. Agarda 1-oktyabrdan karantin holati yumshab, iqtisodiy faollik tiklansa, banklar
mijozlar bilan hisob-kitob oʻtkazadi. Biroq, korxona faoliyati tiklanmagan boʻlsa, banklar ularga alohida
yondashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yilning sakkiz oyida tadbirkorlik subyektlariga ajratgan
kreditlari qoldigʻi 40,7 trillion soʻmga (24,2 foiz) va aholiga ajratilgan kreditlar qoldigʻi 10 trillion soʻmga
(25,3 foiz) oʻsganligini koʻrish mumkin.
Aholining talabi oshgan bilan banklar hammaga ham kredit ajratavermaydi, albatta. Misol uchun, uy-joy
uchun uzoq muddatga kredit olgan shaxsning bu kabi xizmatdan yana foydalanish imkoniyati cheklanib
qolmoqda. Roʻzgʻorga kerakli jihozlarni xarid qilishni istagan shaxs qaysi hollarda bankdan umid qilsa
boʻladi? Koʻpchilik yurtdoshlarimiz uchun qiziq boʻlgan bu kabi savollarga Markaziy bank boshqaruvi raisi
Mamarizo Nurmuratov javob berdi.
- Jahon bank amaliyotida qarz yuki, yuklamasi, degan tushuncha bor, - deydi M.Nurmuratov. - Agarda
shaxs ipoteka yoki boshqa uzoq muddatli kredit olgan va oylik toʻlovlar daromadining 50 foizini tashkil
etsa, banklar yangi kredit berishdan tiyiladi. Agar daromadning 50 foizdan pasti qarzga yoʻllangan va yana
oʻsha 50 foizga yetguncha yangi kredit olish mumkin. Yetmasa, banklar rad etish huquqiga ega. Oʻylab
koʻring, axir, qarz yuklamasi 100 foiz oylik darajasida boʻlsa, u odam nimani evaziga yashaydi. Qayd etish
kerakki, bunda bitta shaxsni nazarda tutayotganim yoʻq, oilaviy daromad toʻgʻrisida aytayapman.
- Odatda tayinli ish joyi boʻlmagan, kam taʼminlangan odamlarda kreditga ehtiyoj yuqori boʻladi. Nega,
bizda kam taʼminlaganlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar tizimi rivojlanmagan?
- Yurtimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratilmoqda. Kam taʼminlangan, iqtisodiy ahvoli
ogʻirroq boʻlgan aholi qatlamiga kredit ajratish borasida davlat dasturi belgilangan. Unga koʻra, 50 million
soʻmgacha mablagʻ hech qanday garovsiz, sektorlar tavsiyanomasi bilan beriladi.
Bu tizim 2018-yilda boshlagan boʻlib, hozirgacha 9,5 trillion soʻmlik kreditlar ajratilgan. Bu mablagʻdan bir
million nafarga yaqin aholi foydalandi. Tizimni rivojlantirish uchun davlat hisobidan bu yil ham 2 trillionga
yaqin qoʻshimcha mablagʻ ajratilgan. Yil oxiriga qadar yana bir trillion yoʻnaltirish moʻljallangan. Toʻgʻri, bu
pullar hammaga yetmasligi mumkin. Ammo, koʻproq mablagʻ ajratilmayotganining oʻziga yarasha
sabablari bor. Misol uchun, oʻtgan yillarda berilgan kreditlarning asosiy qismi joriy yilning 1-oktyabrigacha
boʻlgan muddatda qaytishi kerak edi. Ammo, ularga yana imtiyoz berishga majbur boʻldik. Agar pandemiya
davom etsa, biz eski kreditlarni uzaytirishimiz mumkin, yangilarini berishda qiyinchilik boʻlishi mumkin.
- Keyingi vaqtlarda issiqxona va chorvachilik yoʻnalishlarida kreditlarga talab oshmoqda. Biroq, mablagʻni
naqd pul shaklida emas, qaysidir firmalarga oʻtkazish qator savollarni yuzaga chiqarmoqda. Misol uchun,
bunday amaliyot tufayli 5 million soʻmlik qoramol narxi 10 millionga aylanib qolmoqda?



Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling