Dehqonobod kaliy zavodi


Download 332.49 Kb.
bet5/26
Sana19.06.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1621945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin

Flotasiya. Flotasiya jarayoni asosiy flotasiya va 3 martalik qayta tozalov jarayonlaridan iborat. 1- va 2 – bosqich gidrosiklonlardan ajralgan quyuq massa o‘z oqimi bilan flotatsiya oldidan aralashtirish bakiga quyiladi. Aralashtirish bakida depressor va yig‘uvchi (sobiratel) reagentlari qo‘shib aralashtirilib, asosiy flotatsiya mashinasiga uzatiladi.
Asosiy flotasiyadagi ko‘pik mahsulot va 3-tozalash flotamashinasidan chiqqan ko‘pik mahsulot ishqorsizlantirish bakiga tushadi. 1-tozalash flotamashinasidan chiqqan ko‘pik mahsulot 2-tozalash flotamashinasi iste’moliga, 2-tozalash flotamashinasidan chiqqan ko‘pik mahsulot 3-tozalash flotamashinasi iste’moliga, 3-tozalash flotamashinasidan chiqqan ko‘pik mahsulot reshetkada qolgan mahsulot bilan aralashib, qorishma tarkibida qolgan NaCl tuzini yuvish va ishqorsizlantirish uchun ishqorsizlantirish bakiga quyiladi.
Asosiy flotamashina kamerasida qoluvchi mahsulot chiqindi (xvost) hisoblanadi.
Bu chiqindi nasos yordamida chiqindini sinflarga ajratish gidrosiklonga yuboriladi, sliv va qum (pesok) lar o‘z oqimida chiqindilarni quyuqlashtirgich bakiga va quyuqlashtirgichda qolgan qoldiq chiqindi xvost filtrining yuklash bunkeriga kelib tushadi. Filtrlangan suyuqlik xvostlarni quyuqlashtiruvchiga, qoldiq qism esa 5-lentali konveyer yordamida vaqtinchalik xvost saqlash omboriga yuboriladi.
Ishqorsizlantirish bakiga bir vaqtda ishqorsizlantirish va fraksiya tarkibida qolgan NaCl tuzini ajratish uchun bakga toza suv yuboriladi. Tuzlarni to‘yintirish darajasi 81-83% ni tashkil etadi. Konsentrat ishqorsizlantirilgach lentali vakuum filtrga uzatiladi, olingan qoldiq mahsulot 7-6,5% namligiga ega va bu mahsulot quritish bo‘linmasiga yuboriladi, filtrlangan mahsulot 2-tozalov flotamashinasi iste’moli uchun yuboriladi.
Quritish va sovutish bo‘linmasi. Nam KCl (namligi 7-6,5%) 6-lentali konveyer yordamida quritgich bunkeriga, keyinchalik esa 7-lentali konveyer orqali barabanli quritgichga uzatiladi. Barabanli quritgich kalorifer bilan kompleks hisoblanib, kaloriferda yongan tabiiy gaz issiqligi hisobiga nam mahsulot quritiladi. Quritilgan mahsulot (KCl) sovutish bo‘linmasiga yuboriladi. Sovutish barabanida mahsulot issiqligi 1000C dan 60-70 C gacha pasaytirilib, qadoqlash bo‘linmasiga yuboriladi.

Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling