Вазифа 5 Yuritma uchun elektrodvigatel tanlash va uning kinematik xisobi Tishli g’ildirakli reduktor hisobi Reduktor valining dastlabki hisobi. Shesternya va tishli g’ildirakning konstruktiv o’lchamlari
Download 1.15 Mb.
|
Texnik mexanika javobi. oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ismailov Abduqosim Gafurjonovich Texnologik ta’lim 301-guruh Elektrodvigatel
- Mufta (nem.Muffe) (texnikada
Вазифа 5 Yuritma uchun elektrodvigatel tanlash va uning kinematik xisobi Tishli g’ildirakli reduktor hisobi Reduktor valining dastlabki hisobi. Shesternya va tishli g’ildirakning konstruktiv o’lchamlari. Reduktor korpusining konstruktiv o’lchamlari Zanjirli uzatma hisobi Ismailov Abduqosim Gafurjonovich Texnologik ta’lim 301-guruh Elektrodvigatel — elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashina. Isteʼmol qiladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok elektrodvigatellariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok elektrodvigatellarida valning aylanishlar chastotasi (soni)ni ravon rostlab turish mumkin. Shuning uchun valning aylanishlar chastotasini tez-tez oʻzgartirib turish lozim boʻlgan hollarda shunday dvigatellar ishlatiladi. Oʻzgarmas tok elektrodvigateli uch xil sxemali: parallel uygʻonishli, ketma-ket uygʻonishli va aralash uygonishli qilib ishlab chiqariladi. Oʻzgaruvchan tok elektrodvigatel jumlasiga asinxron elektrodvigatel, sinxron va kollektorli dvigatellarkiradi. Asinxron elektrodvigatel eng koʻp ishlatiladi.Sinxron elektrodvigatelda valning aylanishlar chastotasi isteʼmol qilinadigan tokning chastotasiga qat’iy bogʻliq boʻladi.Bunday dvigatellar eng quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi. Elektrodvigatellar ochiq, berk va germetik turlarga boʻlinadi. Portlashga xavfsiz elektrodvigatellar ham bor. Bunday dvigatelning ichida gaz portlaganda alanga tashqariga chiqmaydi. Elektrodvigatellar uy-roʻzgʻorda, sanoat va transportda keng miqyosda ishlatiladi. Mufta (nem.Muffe) (texnikada) — vallar, tishli gʻildiraklar, trubalar, kabellarni bir-biriga ulash uchun ishlatiladigan detal yoki uzel. Doimiy biriktiruvchi mufta; boshqariladigan yoki ilashma mufta; oʻz-oʻzidan boshqariladigan (avtomat) mufta.; sirpanma mufta va maxsus muftalarbor. Doimiy biriktiruvchi muftalar vositasida ikki boʻlak val birlashtirilib, bitta yaxlit val xosil qilinadi. Bunday muftaning qoʻzgʻalmas, qoʻzgʻaluvchan (kompensatsiyalovchi) va elastik (qayishqoq) xillari bor. Vallarni istalgan vaqtda ulash yoki ajratish uchun boshqariladigan (ilashma) muftalar ishlatiladi. Ularning kulachokli yoki friksion xillari bor. Ularni mexanik, gidravlik yoki elektromagnit moslamalar vositasida avtomatik tarzda yoki qoʻlda istalgan vaqtda uzib-ulash mumkin.Sirpanma muftalar sirpanish yuz berganda, masalan, yetaklanuvchi yarim mufta yetakchi yarim muftadan orqada qolganda ishga tushadi. Ularning gidrodinamik va elektrodinamik xillari bor. Mashinalarning aylanib ishlaydigan detallariga taʼsir etayotgan kuch va moment toʻsatdan ortib ketganda ularni saqlash maqsadida maxsus saqlagich muftalar ishlatiladi. Valdagi kuch va moment moʻljaldagidan oshib ketganda, avvalo muftaning boltlari sinib, vallarni bir-biridan ajratadi. Avtomatik ishlaydigan saklagich muftalar ham bor. Masalan, markazdan qochma muftalar yordamida vallar avtomatik tarzda ulanibuzilib turadi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling