Asosda tashkil etilishiga bog‘liqdir


Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/61
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#209143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
00000000000Матер-к ишчи дастур EУТТ 2020 2

 

Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar 

“Materialshunoslik” fanini о‘zlashtirish jarayonida talaba: 

-metallar tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar; 

-plastik deformatsiya va rekristallanish (qayta kristallanish); 

-rangli va qora metallar olish; 

-rangli metallarga ishlov berish nazariyasi asoslari va texnologiyalari; 

-nometall materiallar, nometall materiallar ishlab chiqarish; 

-zamonaviy nazariy va amaliy materialshunoslikning rivojlanish yо‘llari; 

-materiallarning  nazariy  va  amaliy  mustahkamligi,  plastik  diformatsiyalanishi  va  darz 

ketish mexanizmi; 

-material  va  buyumlarni  tadqiqot  qilish  usullari  va  sifatini  nazorat  qilish  haqida 

tasavvurga ega bо‘lishi; 




 

-temir  rudalari,  quymakorlik  qoliplar,  payvandlash,  korroziya,  flyus,  kavshar,  presslash, 



shtamplash, bosim bilan ishlov berish nazariyasi asoslari, qotishmalar nazariyasi, temir-sementit 

tizimining  xolat  diagrammasi,  uglerodli  pо‘latlar,  chо‘yanlar,  legirlangan  pо‘latlar,  pо‘lat  va 

chо‘yanlarga termik ishlov berish nazariyasi asoslari va texnologiyalarini; 

-materiallarni kimyoviy tarkibi  va  ichki tuzilishini: kristall panjaralar va ularni turlarini: 

kristall  panjaradagi  nuqsonlarni:    metall  va  qotishmalar  haqida  umumiy  ma’lumotlarni  ,  ularni 

kristallanish  jarayonlarini:  materiallarni  fizik, kimyoviy,  mexanik, texnologik  va ekspluatatsion 

xossalarini; 

-materiallarni  tadqiqot  qilish  usullarini:  ikki  komponentli  qotishmalarni  holat 

diagrammalarini:  pо‘lat,  chо‘yan  va  ularni  turlarini:  materiallarni  termik  va  kimyoviy-termik 

ishlash nazariyasi va texnologiyasini: mashinasozlikda ishlatiladigan rangli metallar va ularning 

qotishmalari haqidagi bilimlarni: nometall, kompozitsion va boshqa materiallarni; 

-kimyoviy-termik  ishlov  berish  asoslari,  konstruksion  va  asbobsozlik  pо‘latlari  va 

qotishmalari,  alohida  fizik-kimyoviy  xususiyatli  pо‘lat  va  qotishmalar,  rangli  metallar  va 

qotishmalar,  kukunli  qotishmalar,  nometall  materiallar,  materiallarning  mustahkamligini  va 

mashina detallarining ishonchliligi va muddatiy chidamliligini oshirish yо‘llarini, payvandlashda 

ishlatiladigan asbob-uskuna va moslamalar, quymasozlik, metallarga bosim ostida ishlov berish, 

metallarni payvandlash, chilangarlik asoslari, kesish jaryoni va uning asosiy elementlari, kesish 

jarayonining fizik asoslari, yо‘nishda kesish tezligi va kuchi, yо‘nishda kesish rejimini belgilash, 

metall  kesuvchi  stanoklarning  asosiy  mexanizmlari,  tokarlik,  parmalash-yо‘nish,  frezerlash, 

silliqlanish-jilvirlash,  yо‘nish,  qoqish,  tortish  va  tish  ochish  stanoklarining  guruhi  va  ularda 

ishlashni bilishi va ulardan foydalana olishi; 

-materiallarga ishlov berish usullari; 

-metall kesuvchi stanoklarni ishlatish; 

-mashinasozlik texnologiyasi asoslari; 

-mashinasozlik  sohalarida  ishlatiladigan  detal,  zagotovka,  uzel  va  boshqalar  uchun 

bilimlarga asoslangan holda materiallar tanlab olishi; 

-keskichlar, parmalash, zenkerlash, kengaytirish, tekis yо‘nish, qoqish, tortish, frezerlash, 

tish  ochish,  rezba  ochish,  silliqlash  va  jilvirlash,  plastik  deformatsiyalab  ishlov  berish,  ishlov 

berishning fizik-kimyoviy metodlaridan foydalanish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak; 

-mashinasozlikda  qо‘llaniladigan  zagotovka,  yarim  tayyor  mahsulot  va  detallarni 

tayyorlashda material va ularni tayyorlash texnologiyasi tanlashni bilishi va ulardan foydalanish 

malakalariga ega bо‘lishi kerak. 

 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling