Asosda tashkil etilishiga bog‘liqdir


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/61
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#209143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
00000000000Матер-к ишчи дастур EУТТ 2020 2

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 


 

Talabalar  “Materialshunoslik”  fanini  о‘zlashtirishlari  uchun  о‘qitishning  ilg‘or  va 



zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish 

muhim ahamiyatga egadir. Fanni о‘zlashtirishda darslik, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar, ma’ruza 

matnlari,  tarqatma  materiallar,  elektron  materiallar,  virtual  stendlar  hamda  ishchi  holatdagi 

maket va dastgohlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi 

ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. 

Fanni  о‘zlashtirishda  yо‘nalishning  о‘ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda, 

interaktiv  usullarni  tadbiq  qilish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Amaliy  mashg‘ulotlar  va  mustaqil 

ishlarni  о‘zlashtirishda  EHM  axborot  bazalaridan,  INTERNETdan  tо‘liq  foydalaniladi.  Bundan 

tashqari fanni о‘qitishda texnik vositalarning barcha turlaridan keng foydalaniladi. 

Mustaqil  ish  jarayonida  talaba  texnik  adabiyotlar  va  meyoriy  hujjatlar  bilan  ishlashni 

uddalashini  namoyon  qilishi,  mashg‘ulotlar  vaqtida  qabul  qilgan  informatsiyani  tо‘g‘ri 

mushohada qilish qobiliyatini kо‘rsatishi zarur. 

Mazkur  fanni  о‘qitish  jarayonida  ta’limning  zamonaviy  usullari,  pedagogik  va  axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari qо‘llanilishi nazarda tutilgan: 

-materialshunoslik  bо‘yicha  ma’ruza  darslarida  zamonaviy  kompyuter  texnologiyalari 

yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalarini; 

-materialshunoslikni  о‘rganish  mavzularida  о‘tkaziladigan  amaliy  va  laboratoriya 

mashg‘ulotlarida aqliy hujum, klaster, sinkveyn kabi pedagogik texnologiyalarini; 

-materialshunoslik  mavzularida  о‘tkaziladigan  mashg‘ulotlarda  kichik  guruhlar 

musobaqalari, guruhli fikrlash texnologiyalarini qо‘llash nazarda tutiladi. 




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling