Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити
Asosiy vositalarni turkumlash va baholash
Download 52.17 Kb.
|
asosiy vositalar hisobi
Asosiy vositalarni turkumlash va baholashAsosiy vositalarni guruhlarga ajratishda asosiy e’tibor ularning natural- moddiy tarkibiga qaratiladi. Mehnat vositalarining bu turi natural-moddiy tarkibi bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi (1-rasm). Yerni obodonlashtirish - yerni obodonlashtirish uchun sarf sifatida erni yangidan o‘zlashtirish, uning unumdorligini oshirish, turli transport vositalariga o‘tish va to‘xtash joylarini barpo etish, to‘siqlar va obodonlashtirishning boshqa turlari qiymati bilan yer maydonini obodonlashtirishga taaluqli xarajatlar ham hisoblanadi. Binolar - asosiy konstruktiv qismlari jihatidan devorlar va tomga ega bo‘lib, ishlab chiqarish binolari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan ob’ektlar hisoblanadi. Binolardan foydalanishda zarur bo‘ladigan ularning ichidagi kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, elektr quvvati uzatuvchi va yorituvchi elektr simlarining ichki tarmog‘i, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, yukko‘targichlar va lift xo‘jaligi) ham binolar tarkibiga kiritiladi. Inshootlar mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga sharoit yaratishda xizmat qiladigan yoki turli noishlab chiqarish vazifalarini o‘taydigan ob’ektlar hisoblanib, inshootlar sifatida neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, ko‘priklar, estakadalar, tunnellar, ko‘cha yoritish chiroqlari, plyajlar, to‘g‘onlar va boshqalar hisobga olinadi. Yer va yerni obodonlash- tirish uchun kapital sarflar Bino, inshootlar va uzatuvchi moslamalar Mebel va ofis jihozlari Kompyuter va hisoblash texnikasi Ishchi va mahsuldor hayvonlar Ko‘p yillik daraxtlar Konservatsiyalangan asosiy vositalar Download 52.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling