Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити
-rasm. Asosiy vositalarning obyektlardan foydalanish darajasiga
Download 52.17 Kb.
|
asosiy vositalar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Asosiy vositalarning baholanishi
2-rasm. Asosiy vositalarning obyektlardan foydalanish darajasigako‘ra turkumlanishi Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobini va ularni saqlanishi nazoratini tashkil etish maqsadida asosiy vositalarning har bir inventar ob’ektiga ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilishda va qabul qilish boshlang‘ich hujjatlarini rasmiylashtirishda tartibli-seriyali tizim bo‘yicha tegishli inventar raqamlari beriladi. Inventar raqami inventar ob’ektining o‘zida bo‘yoq, temir jeton, kleymo yoki boshqa usullar bilan aks ettiriladi. Har xil foydali ishlatish muddatiga ega va alohida inventar ob’ekti sifatida hisobga olingan bir nechta qismlarga ega bo‘lgan inventar ob’ektlarining har bir qismiga alohida inventar raqami beriladi. Agar bir necha qismlardan iborat ob’ekt bo‘yicha ob’ektlar uchun umumiy foydali ishlatish muddati belgilangan bo‘lsa, u holda ko‘rsatilgan ob’ekt bitta inventar raqami bilan hisobga olinadi.Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo‘lib ularni baholash yagona printsipi hisoblanadi. 3-rasm. Asosiy vositalarning baholanishiBoshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan etkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati. Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa; Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati; Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. Qoida bo‘yicha ushbu qiymatga ehtiyot qismlari, temir- tersak, chiqindi va boshqalarning qiymati kiritiladi. Download 52.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling