Ish vaqtidan foydalanish darajasini o‘rganish
Download 1.17 Mb.
|
Ismoil
2.1. Mehnat unumdorligi bo’yicha ko’rsatkichlar bajarilishi tahlili Korxonalar iqtisodiyotining rivojlanishi, ishlab chiqarish hajmining ortishi va uning samaradorligi oshishi ko‘p omillarga va shu jumladan mehnat resurslari bilan ta’minlanish va ulardan samarali foydalanish darajasiga ham bog‘liqdir. Mehnat resurslarini tahlil qilish orqali, korxonaning xodimlar bilan ta’minlanishi, ish vaqtidan foydalanish hamda mehnat unimdorligi darajasi kabi ko‘rsatkichlar holatiga baho beriladi. Tahlilning maqsadi ish vaqtidan samarali foydalanish va mehnat unumdorligini oshirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mehnat sarf-xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat. Mehnat resurslaridan foydalanishning eng asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mehnat unumdorligi hisoblanadi. Mehnat unumdorligining o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qilish bilan bir qatorda uning iqtisodiy samaradorligining o‘zgarishiga ham ta’sir qiladi. Masalan, mehnat unumdorligining oshishi samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan mahsulot tannarxini pasayishiga sababchi bo‘ladi, aksincha, mehnat unumdorligining pasayishi mahsulot tannarxini qimmatlashishiga olib keladi. Shuning uchun mehnat unumdorligining tahlilini o‘z vaqtida amalga oshirish katta ahamiyatga egadir. Demak, mehnat unumdorligining oshishi ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va uning samaradorligini oshirishdagi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham mehnat unumdorligi omilini tahlil qilish asosida, uni yanada oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatish iqtisodiy tahlilning asosiy maqsadidir. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish tahlili o‘z maqsadiga ko‘ra quyidagi asosiy vazifalarni bajarish orqali erishadi: Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasini o‘rganish va baho berish; Ish vaqtidan foydalanish darajasini o‘rganish; Mehnat unimdorligi darajasini aniqlash va uning o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisoblab, baho berish; Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga xodimlar soni va mehnat unimdorligi darajasi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash va baho berish; Mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni aniqlash. Tahlil manbalari bo‘lib, qu‘yidagi hisobot ma’lumotlari foydalaniladi: ishchilar soni va ish haqi fondi haqida (“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ, MTU va tuzilmaviy korxonalari bo‘yicha); alohida kasb ishchilarining ish haqi va ishlab chiqarish bajarilishi haqida (DTU-4, TTO-4, VTO-4, PTO-4); ishchilarni ishga qabul qilish, bo‘shatish va ish joyini almashtirish (UTO-8); mehnat intizomining holati haqida (STO-7, ATO-7); temir yo‘l kompaniyasi, uning MTU larining ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyati haqida (№2 hisobot shakli). Bu erda mehnat unumdorligi bo‘yicha reja bajarilishining omillar bo‘yicha tahlilini o‘tkazish kerak. Hisob kitoblarni 7-jadvalda yoritish maqsadga muvofiq. 7-jadval Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling