Asosiy anglash bosqichi. 1-ilova. Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib baholanadi


Download 28.74 Kb.
bet3/8
Sana07.03.2023
Hajmi28.74 Kb.
#1245305
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-амалий

133-mashk. O‘qing, tub va yasama so‘zlarni aniqlang. Yasama so‘zlarning qaysi usul bilan yasalganini ayting. Avval morfologik, keyin sintaktik usul bilan yasalgan so‘zlarni yozing.
I. Ular bog‘dan chiqib, yolg‘izoyoq yo‘ldan paxta maydonlari bo‘ylab yurisharkan, qiz «Dam olish uyi»ning ahamiyati, o‘zga qurilishlar, ishlar haqida so‘zladi. Suhbat, muomala minut sayin ko‘proq bevosita va do‘stona bo‘la boshladi. O‘ktamga gidrostantsiya dastlab oddiy va yengil qurilish kabi ko‘rindi. O‘ktam balandga ko‘tarilib, quvur bo‘yicha katta surъat va kuch bilan otilayotgan suvni tomosha qildi, keyin stantsiyaning mustahkam g‘ishtin binosiga kirib agregatni va asboblarni ko‘rdi. (Oybek.)
II. 1. Sening shunchalik olihimmat bola ekanligingni bilmagan ekanman. (O. Jo‘raev.) 2. Odamgarchilik, mehribonchilik qanaqa bo‘lishini o‘sha kinodan o‘rganish kerak ekan. (L. Mahmudov.) 3. Bu — faqat bizning asrimiz kishilarining aql-zakovati, kuch-qudratiga xos inshoot. (A. Nazarov.) 4. Ko‘zlarida bo‘lsa ko‘zoynak, Kitoblarin soni juda ko‘p. (Mirm.) 5. Rais uning ko‘ziga kamsavlatroq ko‘rindi. (A. Q.) 6. Anjirlar obdan sarg‘aygan, anorlar endi piyoladay bo‘lib qizara boshlagan, kechki olmalarga rang kirayotgan, noklar hali ko‘m-ko‘k nosqovoqlarday osilib turgan fasl edi. (H. G‘.) 7. Farzand diydoriga tashna qalbi... CHinobod tomon parvoz qilishga undadi. (A. Nazarov.)


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. O‘zak morfema va affiks morfemalarning farqini bayon eting.
2.Grammatik ma’noni qanday tushunishingizni izohlang.
3. Morfemalar turlari haqida ma’lumot bering.
4. So’z tarkibi deganda nimani tushunasiz?


MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:
1. So‘z yasovchilarni aniqlang.
A) –gay, -gina, -li, -man, -siz B) –tir, -gach, -lar, -ib, -zor C) –la, -li, -lan, -dan, -paz
D) –dor, be-, -zor, -cha, -xo‘r
2. Shakl yasovchilarni toping.
A) –k, -kor, -chi, -ib B) –siz, -ing, -sa, -guncha C) –cha, -roq, -ib, -niki
D) –dan,-ning, -a

Download 28.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling