Asosiy anglash bosqichi. 1-ilova. Talabalar bilimi quyidagi savollar asosida aniqlanib va mustahkamlanib baholanadi
Download 28.74 Kb.
|
8-амалий
2- ilova
107-mashq. Quyida guruhchalarga ajratib berilgan o‘zlashma so‘zlarni o‘qing. Rus tilidan va rus tili orqali boshqa Yevropa tillaridan o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlarni topib, ular etimologik jihatdan qaysi til(lotin, grek, frantsuz, rus) larga mansubligini aniqlab ayting. 1. Avgust, agregat, advokat, akvarelь, akkumulyator, aktsiya, ambulatoriya, annotatsiya, argument, arxiv, armatura, artikulyatsiya, aspirant, auktsion, antenna, apparat, assimilyatsiya, atseton, affiks. 2. Alьbom, anketa, aktrisa, avans, abajur, attraktsion, ansamblь, akusher, amortizator, antrakt, artilleriya, akkordeon, adres, avangard, atelьe, argo, alьternativa, avantyura, anons. 3. Abstrakt, avaxta, avtomatika, akrobat, anonim, ariston, avtobaza, aktiv, akula, aliment, aerodrom, ataman, aviatransport, amirkon, affrikat, arbitraj, aristokrat. 4. Akademiya, akustika, aksioma, alebastr, anatomiya, antibiotik, amnistiya, antiteza, aorta, asbest, asfalьt, atmosfera, alfavit, amfiteatr, azot, avtograf, analiz, araxis, akatsiya, antonim, apostrof, apteka. 108-mashq. O‘qing. Berilgan va ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar etimologik jihatdan qaysi tilga mansubligini aniqlab ayting. I. Adir, azimut, neft, guzar, muammo, kompleks, beshik, zona, gul, ruboiy, chilla, latifa, ayol, bola, stsenariy, platshakl, mushoira, diyor, disket, anor, armug‘on, gavhar, gayka, davo, dabdaba, demokrat. II. 1. Dunyoda oqilona so‘z va yaxshi nomdan boshqasi unutiladi. 2. Tarbiyasiz odam jonsiz jasadga o‘xshaydi. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”) 3. Xalqimiz azaldan o‘z maъnaviy qadriyatlari va diniy eъtiqodini yuksak qadrlab kelgan. 4. Milliy tuyg‘u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-bobolardan meros qilib olingan. (I.Karimov) 5. Aspirant Davron Bo‘ronov kechqurun institutdan uyga qaytmoqda edi. (E.Aъzamov) 6. Vatanimda chin grajdanman, SHudir mening oliy mansabim. (T.Saydaliev) 109-mashq. Quyida berilgan o‘zlashma so‘zlarni o‘qing. Arab tilidan va fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlarni aniqlab, ularni ikki ustunga ajratib yozing. Abadiy, avvalo, ajdar, andisha, beandisha, attor, anjir, anjirzor, aziyat, alifbe, alifbo, ark, armug‘on, asar, afsun, afsungar, atir, afzal, arg‘uvon, arzon, ashyo, ashyoviy, anduh, aqida, aql, ahil, afg‘on, astoydil, astar, avra, araz, ariza, armon, anjuman, adolat, ayol, arzanda, ajoyib, ajoyibot, andava, axloq, anor, anorzor, aholi, angishvona, askiya, askar, arra, arrakash, aloqa, amal, amaliyot, andaza, asbob, asil, atrof, afsona, anъana, ayyor, asab, aъlo, andarmon, azmoyish, adabiyot, ahd, ahamiyat. 110-mashq. O‘qing. Gaplarda ishlatilgan jargon va argolarni aniqlang, qanday maъnoda qo‘llanganini ayting. 1. Zamon bunaqa bo‘lishini bilganimda hamma narsani sotib, shundan qilib qo‘ymasmidim, — boy tagidagi xurjunga ishora qildi, — uch mingta buxoriy xurjunning bir chekkasida kelyapti. (H. Nuъmon, A. SHorahmedov.) 2. — Belni baquvvatrok, qilib oliptimi? — CHakki emas, uch mingdan ortiq tirigi-yu, uch ming o‘ligi bor. — «O‘ligi» dedingizmi? — O‘sha Buxoroning qizili-da, — dedi cho‘zib O‘rmonbek xuddi pashmak holva yeb tamshangandek. (H. Nuъmon, A. SHorahmedov.) 3. — Xo‘sh, agar ikkita oq qirg‘oqdan bo‘lsa? — Ikkita yuz so‘mlik demoqchisan-da, a? yomon emas-a!.. (M. G.) 4. — Nilufar, tur o‘rningdax deyapman! — Nima qilaman turib? Nima ishingiz bor? — E, bomisan, danap? — dedi Karomatxon Nilufarni gij-gijlab va menga qarab: — Ana, pattangizni oldingiz, kalampo, endi noyi bo‘ling! (U. N.) 5. Mullajiring bo‘lmasa, har qanaqa mavsum ham befayzu belutf ko‘rinadi. (R. Zahir.) 6. Burchakka ilib qo‘yilgan plashchning cho‘ntagidan g‘ilofli ustara va quyidagi mazmundagi g‘alati xatni topib oldik: «Kecha Mitkani xitlar ilintirishibdi, TSigan sotgan bo‘lishi kerak. Qaqir-ququrlar xitoynikida». (L. SH.) Download 28.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling