Asosiy atamalar va tushunchalar


Download 283.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.04.2023
Hajmi283.03 Kb.
#1393631
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muqobil energiya



AMALIY MASHG`ULOT №1
ASOSIY ATAMALAR VA TUSHUNCHALAR
REJA:
1.1 NAZARIY MA’LUMOT
1.2 ISH TARTIBI
1.1 NAZARIY MA’LUMOT
Ushbu darsning maqsadini inobatga olgan holda, biz "Elektr ta’minoti tizimida
muqobil energiya manbalari" mavzusida darslarni o'tkazishda ko'p qo`llaniladigan
asosiy atamalar va ta'riflar bilan tanishamiz.
Energiya (harakat, faoliyat, kuch, quvvat) - bu moddalarning turli xil harakatlari
va o'zaro ta'sirining yagona o'lchovi, materiya harakatining bir shakldan
ikkinchisiga o'tishini xarakterlovchi kattalikdir. Yopiq fizik sistemada, energiya
saqlanadi. Bu energiyani saqlanish qonuni deb nomlanadi.
Materityaning turlicha harakatiga muvofiq, ularning energiyasi ham turlicha
bo`ladi: kinetik, potentsial, mexanik, elektromagnit, yadro va boshqalar.
Energiya manbalari - tabiiy ravishda uchraydigan moddalar va jarayonlar bo'lib,
zarur bo'lgan energiyani olishga imkon beradi.
Energiya ishlab chiqarishda foydalaniladigan manbalar 2 ga bo`linadi:
• 
Qayta tiklanadigan energiya manbalari.
• 
Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari - bu tabiatda doimo mavjud bo'lgan yoki
vaqti-vaqti bilan ro'y beradigan jarayonlar, shuningdek, o'simlik va hayvonot
dunyosi hamda insoniyat jamiyatining hayoti asosida shakllanadigan energiya
manbalari.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari nisbatan tugamaydi va ulardan
foydalanishda yerning issiqlik muvozanatini buzilmaydi. Ular nisbatan qisqa vaqt
ichida, o`z-o`zini tabiiy to'ldirishi bilan ajralib turadi. Natijada, ular har doim
mavjud bo`ladi. Ushbu energiya manbalariga: biomassa, geotermal energiya,
gidroelektroenergiya, quyosh energiyasi va suv sathining tushishi energiyasi kiradi.
Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari - bu odamlar tomonidan energiya
ishlab chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan moddalar va materiallarning
tabiiy zaxiralaridir.
Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari foydalanilgandan keyin ularni
to'ldirishning ilojsizligi bilan ajralib turadi. Qayta tiklanmaydigan manbalarning
energiyasi, qayta tiklanadigan manbalardan farqli o'laroq, tabiatga bog'liq bo'lib,
insonning maqsadli harakatlari natijasida chiqariladi. Qayta tiklanmaydigan
energiya manbalariga qazib olinadigan yoqilg'i (ko'mir, neft va tabiiy gaz) va yadro
yoqilg'ilari (uran rudalari) kiradi. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan
foydalanish Yerdagi haroratning oshishiga, bu manbalarning kamayib ketishiga va
atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladi.
Bundan tashqari, energiya manbalari an'anaviy va noan'anaviy turlarga bo`linadi.

Download 283.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling