Asosiy elektr kattaliklar (zaryad, tok, kuchlanish, energiya, quvvat) va ularning o‘zaro munosabatlari. Elektr sxemaning asosiy passiv elementlari (rezistorlar, induktivlik g‘altaklar, kondensatorlar) ning belgilanishi va xususiyatlari


Asosiy elektr kattaliklar (zaryad, tok, kuchlanish)


Download 12.97 Kb.
bet2/5
Sana16.10.2023
Hajmi12.97 Kb.
#1705006
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosiy elektr kattaliklar (zaryad, tok, kuchlanish, energiya, qu-azkurs.org

Asosiy elektr kattaliklar (zaryad, tok, kuchlanish)


  • O‘tkazuvchanlik tokidan tashqari, boshqa turdagi toklar ham mavjud – bu siljish toklaridir. Zamonaviy nuqtayi nazardan, o‘tkazuvchanlik toklari va siljish toklari o‘xshashligiga qaramay, butunlay boshqa fizik tushunchalardir. Ularning orasidagi eng muhim farq shundaki, o‘tkazuvchanlik toklari elektr zaryadlarining harakatiga mos keladi, siljish toklari esa faqat elektr maydon kuchining o‘zgarishiga mos keladi va ularga elektr zaryadlari yoki boshqa har qanday zarrachalar harakati bilan bog‘liq emas.

  • Vaqt o‘tishi bilan miqdori va yo‘nalishi o‘zgarmaydigan tokga o‘zgarmas tok deb ataladi. Yuza birligidan o‘tayotgan tok kuchi tok zichligi deb yuritiladi:

Kuchlanish va elektr yurituvchi kuch.


  • Elektr zanjiridagi ma`lum bir nuqtaning potentsiali ф deb, shu nuqtada joylashgan q zaryad ega bo‘lgan w -potentsial energiyasining ushbu zaryadga nisbatiga teng bo‘lgan qiymatga aytiladi

  • Bu yerda potensial energiya w elektr zanjirining berilgan nuqtasidan nol potentsialli nuqtaga o‘tganda zaryad sarf qiladigan energiyaga teng.

Kuchlanish va elektr yurituvchi kuch.


  • Elektr kuchlanish - bu elektr zanjiridagi ikki nuqta orasidagi potentsiallar farqidir

  • O‘tkazgichda uzluksiz ravishda elektr toki mavjud bo‘lishi uchun maxsus qurilma bo‘lishi va uning ichida hamma vaqt turli nomli zaryadlar ajralib turishi, hamda musbat zaryadlar A uchiga, manfiy zaryadlar esa B uchiga ko‘chib turishi zarur. Bunday qurilmani tok manbai deyiladi. Tok manbaida zaryadlarni ajratuvchi kuchlar elektrostatik xarakteriga ega bo‘lmasligi kerak, chunki elektr kuchlar turli nomli zaryadlarni ajratmaydi, balki faqat birlashtirishi mumkin. Shuning uchun tok manbaida zaryadlarni ajratuvchi kuchlar begona, ya`ni tashqi kuchlar deb yuritiladi.

Elektr Yurutuvchi Kuch (E.YU.K.).


  • tok manbaining elektr yurituvchi kuchi (E.Yu.K.) tashqi kuchlar ta`sirida birlik musbat zaryadni manbani o‘z ichiga olgan berk zanjir bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ish bilan xarakterlanadi.

  • Xalqaro birliklar sistemasida EYuK birligi qilib volt (V) qabul qilingan: 1V - shunday tok manbaining EYuK, u manbani o‘z ichiga olgan berk zanjir bo‘ylab 1C zaryadni ko‘chirishda 1J ish bajariladi. Ochiq zanjirdagi tok manbaining EYuK manbaning qutblaridagi potentsiallar farqiga teng

  • Tashqi elektr zanjiri bilan tutashtirilgan tok manbai qutblaridagi potentsiallar ayirmasi tok manbaining kuchlanishi deyiladi.

Download 12.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling