Asosiy epidemiologik tushunchalar. Epidemik jarayon to'g'risida ta’limot, epidemik jarayonning namoyon bo'lishi va uning interpretatsiyasi. Epidemik o'choqlarda o'tkaziluvchi chora-tadbirlar. Davolash profilaktika muassasalaridagi rejim


Dezinfeksiya o’tkazish uchun quyidagilarni aniqlash lozim


Download 23.93 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi23.93 Kb.
#1242951
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy epidemiologik tushunchalar

Dezinfeksiya o’tkazish uchun quyidagilarni aniqlash lozim:

  • Nimani zararsizlantirish kerak.

  • Dezinfeksiya qaysi muddatlarda o'tkazilishi lozini.

  • Dezinfeksiyani nima bilan o'tkazish darkor.

  • Qanday amalga oshirilishi samarali.

Dezinfeksiya ikkiga bo'linadi: o’choqli va profilaktik. O'choqli dezinfeksiya - infeksiya yuqishining qaysi bosqichida o'tkazilishiga qarab yakuniy va joriy dezinfeksiyaga bo'linadi. Profilaktik dezinfeksiya icliimlik suvini, oqava suvlarni, axlat va chiqindilar, umumiy foydalanish joylarini muntazam zararsizlantirishdan iborat bo'lib, yuqumli kasalliklarni yuzaga kelishiga va iilarning aholni guruhlari o'rtasida tarqalishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida o'tkaziladi.
Profilaktik dezinfeksiyani ayrim hollarda dezinfeksiya stansiyasi va DSENM nazorati ostida xo'jalik sub’ektlari o'z kuch va vositalari bilan boshqa hollarda hujaliklar bilan shartnoma asosida profilaktik dezinfeksiya bo'limni o'tkazadi. Profilaktik dezinfeksiyada ko'pincha qaynatish, xlorlash, pasterizalsiya, ommaviy xojatxonalar (va boshq.)ga ishlov berish kabi usullar qo'llaniladi.
Profilaktik dezinleksiyani muntazam o'tkazish atrof-muhitda qo'zg'atuvchilarning to’planishi va tarqalishiga yo'l qo'ymaydi.
Joriy dezinfeksiya o'choqda bemordan uning atrofdagi odamlarga infeksiya yuqish mexanizmini barbod etuvchi asosiy usul hisoblanadi. U bemorga tashxis qo’yilmay unda qoldirilgan barcha muddat davomida kasalxonaga yotqizilganga qadar yoki epidemiolog ruxsati bilan bemor uy sharoitida davolanganda hamda bakteriya tasluivchilikda o'tkaziladi.
О’chog’dagi joriy dezinleksiyani poliklinika, dispanser, silga qarshi muassasalar xodimlari tomonidan tashkillashtirilib. uni bemorni parvarish qiluvchi shaxs amalga oshiradi.
Joriy dezinfeksiyani o'tkazilishi DSENM va dezinfeksion stansiya tomonidan nazorat qilinadi. Joriy dezinfeksiya maksimal barvaqt о’tkazilishi maqsadga muvofiqdir davolovchi vrach bemorni birinchi bor ко’rikdan o'tkazgan chog'dayoq bemorga va uning atrofidagilarga shaxsiy va umumiy profilaktika qoidalarini tushuntirishi kerak. bunda u kimlar bu kasallik bilan kasallanishi. infeksiya tarqalishiga to'siq buladigan chora - tadbirlarniamalga oshirish uchun nimalar qilish kerakligi va dezinfeksiya о’tkazishning oddiy usullari haqida ma'lumotlar bermog'i xamda yozma yo riqnoma qoldirishi lozim.
Joriv dezinfeksiya о 'tkazish qoidalari:

  • Bemorni alohidalash.

  • Bemor foydalanayotgan ashyolar sonini iloji boricha kamaytirish.

  • Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish.

  • Bemorni chumiltirish. sanitariya ishlovidan o'tkazish hamda bemorning chiqindilarini. bemor foydalangan ashyolarni. bemor istiqomat qilgan turar joyini zararsizlantirish lozim.

Davolovchi vrach ko'rsatmasiga kora bemor kasalxonaga yotqizilgandan so'ng yoki bemor sog'aygandan so'ng joriy dezinfeksiya o'tkazish to'xtatiladi.
Yakuniy dezinfeksiya bemor izolyasiya qilinganda, kasalxonaga yotqizilganda, sog'ayganda yoki vafot etgan xollarda darxol zudlik bilan o'tkaziladi. Ushbu dezinfeksiya bemor tarqatgan kasallik qo'zg'atuvchilaridan o'chog'ni butunlay forig' qilish maqsadida o'tkaziladi.
Juda ko'p turdagi mikroblar tashqi muxitda oylab va undan ham uzoq saqlanib turishi mumkinligidan ham yakuniy dezinfeksiya katta ahamiyataa egadir. Yakuniy dezinfeksiya odatda bir marta о tkaziladi.
Yakuniy dezinfeksiyani shaxarlarda dezstansiyalar. qishloqlarda DSENMning dez.bo’limlari o'tkazadi. Shaxarlarda bemor kasalxonaga yotqizilgandan so ng 6 soatdan kccli einas. qishloq joylarida 12 soat davomida o'tkazilishi kerak. toshmali tif va o'ta havlli infeksiyalarda yakuniy deznfeksiya qilish bilan bir paytda o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

Download 23.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling