Asosiy epidemiologik tushunchalar. Epidemik jarayon to'g'risida ta’limot, epidemik jarayonning namoyon bo'lishi va uning interpretatsiyasi. Epidemik o'choqlarda o'tkaziluvchi chora-tadbirlar. Davolash profilaktika muassasalaridagi rejim


Download 23.93 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi23.93 Kb.
#1242951
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy epidemiologik tushunchalar

Shunga binoan epidemik jarayon to'g'risidagi ta'limotda ham uchta qism farq qilinadi.

  • Epidemik jarayonning omillari: biologik. ijtimoiy va tabiiy (uning rivojlanish sabablari va sharoitlari).

  • Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi (shu jarayon kanday qilib rivojlanadi). Bu mexanizm hozirgi zamon epidemiologiyasining uchta asosiy nazariyasini umumlashtirish bilan idrok etiladi. "Yuqish mexanizmi" to'g'risidagi ta'limot (L.V. Gromashevskiy. 1941). "Yuqumli kasalliklarning tabiiy o'chog'i" to'g'risidagi ta'limot (li.N. Pavlovskiy. 1939) va "Epidemik jarayonning o'z-o'zini boshqarishi" to'g'risidagi ta’limoti (V.D. Belyakov. 1975 ).

  • Epidemik jarayonning ko'rinishi (jarayon qanday namoyon bo'ladi).

Epidemik jarayonning biologik omili - bu evolyusion taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan parazit-qo'zg'atuvchi bilan xo'jayin - odam o'rtasidagi o'zaro munosabatlardir ya’ni biologik omil deganda parazitar sistema tushuniladi (bu sistema asosida parazit va xo'jayin organizmi o’rtasidagi evolyusion taraqqiyot natijasida kasallik ko'zg’atuvchilarining yashashi va tur sifatida saqlanib qoiishini ta'minlovchi o'zaro munosabat yotadi). Odam organizmi antroponoz kasalliklarning qo'zg'atuvchilar uchun asosiy yashash muhiti, zoonoz kasalliklarni qo’zg'atuvchilari uchun esa hayvon organizmi, sapronoz kasalliklari qo'zg'atuvchilari uchun tashqi muhit ob'ektlari asosiy yashash muhitidir.
Kasallik manbai evolyusiya jarayonida tarkib topgan kasallik qo'zg'atuvchilari uchun tabiiy yashash muhitidir. Kasallik qo'zg'atuvchilari o'zlarining yashash faoliyati davomida odam organizmida va undan tashqarida o'z yashash muhitlarini o’zgartirib turishadi.

  1. Odam - antroponozlar uchun:

  2. Hayvonlar - zoonozlar uchun:

  3. Tashqi muhit - sapronozlar uchun.

Parazitlar populyasiyalari yashaydigan tabiiy muhitning tarkibiy qismlari: I) maxsus xo'jayinlar va tashuvchilar populyasiyasi. 2) kasallik yuqishiniim maxsus abiotik omillari. Parazit о’z hayoti davomida ikki davrni o'tadi: odam organizmida yashash (oziqlanish. ko'payish) davri. o'z xo'jayinini almashtirish davri. Bu davrlarsiz parazitlar yashay olmaydilar, chunki xar qanday organizmning hayoti chegaralangandir.
Odamlar uchun obligat shartli patogen parazitlarga tegishli mikroorganizmlar (esherixiyalar, klebsiellalar, statilokokklar, difteriya tayoqchalari va boshqalar) odamlarning doimiy yo'ldoshlari hisoblanadi va organizmning og'ir jarohatlar, jiddiy jarroxlik muolajalari, leykemiya, nur bilan davolashlari oqibatida chidamliligining pasayganligida kasallik chaqirishi mumkin. Sog'lom odamlar o'rtasida "normal" mikrofloralar almashilganda shartli patogen mikroorganizmlar ham boshqa organizmga tushib ekzogen infeksiya chaqirishi mumkin. Infeksiyalar, shartli patogen parazitlar, chidamliligi kamaygan organizmda odatdagi joylashgan joyida patologik jarayon vujudga kelsa. endogen turdagi infeksiya rivojlanadi yoki organizmning o'z mikroflorasi joylashgan odamdagi joydan boshqa patologik jarayon yuzaga kelsa. autoinfeksiya turida bo'ladi.
Zoonoz kasallik qo'zg'atuvchilar, hayvonlarning obligat parazitlari ko'p xo'jayinli parazitlar hisoblanadi. Bunda bir turdagi hayvonlar kasallik qo'zg'atuvchilarning asosiy manbai hisoblanadi. Boshqa turdagi xayvonlar esa oraliq xo'jayin hisoblanadi. chunki bu hayvonlar organizmida parazitlar biologik tur sifatida tabiatda saqlanib qololmaydi. Epizootik jarayon hayvonlar orasida yuqumli kasallik tarqalishi uchun o'zaro uzluksiz bog'langan zanjir bo'lib xizmat qiladi. Bunday hollarda asosiy manbadan tashqari qo'shimcha manba ham bo'lishi mumkin. Qo'zg'atuvchilarning bunday aylanish jarayonida ular odam organizmiga xam tushishi mumkin. Bunday hollarda epidemik jarayon vujudga keladi. Shunday bo'Iishiga qaramay, ba'zan inson organizmi qo'zg'atuvchi uchun "biologik boshi berk ko'cha" (tupik) sifatida, ya’ni kasallik qo'zg'atuvchisi kasal kishidan sog' odamga o'ta olmaydi. Shuning uchun zoonozlarda epidemik jarayon bir-biri bilan bog'lanmagan holda bo'lib, kasallik onda- sonda hayvonlardan odamga yuqishi mumkin.
Ba’zi zoonoz kasalliklarda (o'pka touni, sariqlik isitmada), odam qo'shimcha kasallik qo'zg'atuvchilar manbai hisoblanishi mumkin, chunki bunday hollarda kasallik bemor odamdan sog'lom odamga o'tishi mumkin. Lekin bu holat o'tkinchi bo'ladi, chunki qo'zg'atuvchilar tabiatda biologik tur sifatida uzoq vaqt yashay olmaydilar. Bunday mikroorganizmlarga klostridiyalar, ko'pgina zamburug'lar, meliodozlar, soxta tuberkulyoz qo'zg'atuvchilari va boshqalar kiradi. Bu mikroorganizmlar ma’lum xollardagina kasallik chaqira oladi. Masalan, qoqshol og'iz orqali yuqqanda kasallik chaqirmaydi, agarda qo'zg'atuvchi jaroxatlangan teriga tushsa kasallik keltirib chiqarishi mumkin.
Kasallanishga moyillik xo'jayin organizmning parazitlar uchun yashash muhiti bo'la olish va ularning parazitlik qilib yashashiga javoban patologik va immunologik reaksiyalar bilan javob qila olish xususiyatidir. Ma'lum turdagi kasallik qo'zg'atuvchilariga nisbatan aholi orasidagi moyillik har xildir. Bundan tashqari kasallikning kechishi va og'ir- engilligi ham turlicha bo'ladi (engil, o'rtacha, og'ir). Kasallik qo'zg'atuvchisini tashuvchilik ham, kasallikning yashirin davri ham turlicha bo'ladi. Odamlar populyasiyasi kasallikka moyilliklari bo'yicha geterogendirlar (turlichadir). Ular kasallikka nisbatan chidamliligi jihatdan genotipik xarakterga ega bo'ladi. Bir turdagi kasallikka juda moyil bo'lgan odam boshqa turdagi kasallikni yuqtirmasligi mumkin.

Download 23.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling