Asosiy epidemiologik tushunchalar. Epidemik jarayon to'g'risida ta’limot, epidemik jarayonning namoyon bo'lishi va uning interpretatsiyasi. Epidemik o'choqlarda o'tkaziluvchi chora-tadbirlar. Davolash profilaktika muassasalaridagi rejim


Download 23.93 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi23.93 Kb.
#1242951
  1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy epidemiologik tushunchalar


Asosiy epidemiologik tushunchalar. Epidemik jarayon to'g'risida ta’limot, epidemik jarayonning namoyon bo'lishi va uning interpretatsiyasi. Epidemik o'choqlarda o'tkaziluvchi chora-tadbirlar.
Davolash profilaktika muassasalaridagi rejim
Epidemiologiya bu epidemik jarayon to'g'risidagi. uning rivojlanish qonuniyatlari va namoyon bo'lish shakllari haqidagi fandir. Tibbiyotning rivojlanishi bilan epidcmiologik usulning imkoniyatlari ham ortib bormoqda. "Epidemiya" tushunchasi bu omma orasida ko'plab uchraydigan hodisani anglatadi. O'sha davrlarda eng ko'p tarqalgan hodisa bu yuqumli kasalliklar edi. Epidemiologiya faqatgina epidemiyalar to'g'risidagi fan emas. balki kasallikning bir-biri bilan bog'1iq bo’lmagan hollaridan tortib epidcmiyaning yaqqol namoyon bo'lishi bilan kechuvchi epidemik jarayon to’g'risidagi fan hisoblanadi. Epidemik jarayonni rivojlantimvchi biologik. tabiiy va ijtimoiy omillarining ahamiyatini bilish. yuqumli kasalliklar profilaktikasida epidemik jarayonining uch zvenosiga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholay olishi katta ahamiyatga egadir.
Hozirgi paytda "epidemiya" tushunchasini yuqumli bo'lmagan kasalliklarga nisbatan qo’llash to'g'ri bo'lar edi. Epidemiologiyaning yanada rivojlanishi uning tibbiyot muammolarini populyasiya darajasida echa oladigan umum tibbiy fan sifatida zamonaviy davrga qadam qo'yishiga yordam berdi. Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda hozirgi paytda epidemiologiya umum tibbiy fan sifatida barcha kasalliklarning oldini olish uchun ularning aholi orasida vaqt mobaynida taqsimlanishini. kasallikning kelib chiqishi. rivojlanishi va tarqalish mexanizmini o'rganadi.
V.D. Belyakov tomonidan epidemiologiya fanining nazariyasi quyidagicha: epidemiologiya - populyasiya darajasida aholi о rtasida kasallanish sababi va ularni keltirib chiqaradigan sharoitlarni o'rganib. shu asosda kasallanishning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiquvchi fandir. Umumtibbiy epidemiologiyaning o'rganish sohasi xilma-xil tashqi muhit omillarining. genotip va fenotiplari geterogen. moyillik darajasi turlicha va o'zgaruvchan bo'lgan kishilar populyasiyasiga ta’siri natijasida aholi o'rtasida sodir bo'ladigan kasallanishlardan iboratdir. Shu bilan birgalikda epidemiologiya epidemik jarayon haqidagi fan sifatida ham o'ziniim ahamiyatini saqlab qoldi. An’anaviy epidemiologiyaning o'rganish sohasi yuqumli kasalliklardir. Shunday qilib an’anaviy epidemiologiya epidemik jarayon to'g'risidagi fan sifatida o'rganiladi.
Zamonaviy epidemiologiya bir-biri bilan uzviy bogliq bo'lgan bo'limlardan tashkil topgan.

  • Epidemik jarayon to'g'risidagi ma'lumot.

  • Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va vositalar.

  • Epidemiologik tashxisot.

  • Epidemiyaga qarshi xizmat ko'rsatish tizimi.

  • Xususiy epidemiologiya.

1941 yilda L.V. Gromashevskiy tomonidan epidemik jarayonga berilgan ta'rif: - bu jamoa orasida aylanib yurgan kasallik qo'zg'atuvchilari chaqirgan infeksion holatning ketma-ket keluvchi va epidemik o'choqlar sifatida namoyon bo'luvchi belgisiz bakteriya tashuvchilikdan tortib, to yaqqol klinik ko'rinishlaridagi bemorlardir degan ifodasida asosiy urg'u epidemik jarayonning yuqumli kasalliklar ko'rinishidagi tashqi namoyon bo'lishiga qaratilgan. Bu ifoda epidemik jarayonning yuzaga kelishi va rivojlanish sabablarini ochib bera olmaydi. Chunki infeksion jarayon kasallik qo'zg'atuvchi parazitning makroorganizm bilan o'zaro ta’siri natijasida sodir bo'ladi. Shundan ko'rinib turibdiki, epidemik va infeksion jarayonning ifodalanishiga turlicha yondoshilgan.
Infeksion jarayonning ifodasida uning ma'nosi ochib berilgan. lekin qanday ko'rinishlarda namoyon bo'lishi ochib berilmagan. Epidemik jarayon ifodasida esa jarayonning qanday ko'rinishlarda namoyon bo'lishi ko'rsatilgan, lekin bu jarayonning kelib chiqishi va rivojlanish sabablari ochib berilmagan. Agar infeksion jarayonning ko'rinishlari kasallik (manifest ko'rinishi) va bakteriya tashuvchilik (belgisiz ko'rinishi) ekanligini hisobga olsak, infeksion jarayonning ma’nosi va ko'rinishlarini quyidagicha ifodalash mumkin: infeksion jarayon bu kasallik qo'zg'atuvchi parazit va odam organizmining o'zaro munosabati jarayonida, sharoitga qarab manifest yoki belgisiz. ya’ni kasallik va tashuvchilik ko'rinishlarida ifodalanishidir. Epidemik jarayonning ma’nosi ham kasalik qo'zg'atuvchi parazit bilan makroorganizmning o'zaro munosabati natijasidir. Lekin bu jarayon organizm darajasida emas, populyasiya darajasida kechadi. Shunday qilib epidemik jarayon bu kasallik qo'zg'atuvchi parazit bilan makroorganizmning populyasiya darajasidagi o'zaro ta’siri natijasida, ma’lum ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga bog'liq bo'lgan holda, axoli o'rtasida kasallanishning har xildagi jadalligi ko'rinishida ifodalanishidir. Epidemik jarayon to'g'risidagi ta’limot epidemiologiyaning boshqa bo'limlari uchun nazariy asos hisoblanadi. Har qanday jarayonni o'rganish shu jarayon qanday paydo bo'ladi va nima uchun rivojlanadi. ya'ni uning rivojlanish sabablari va bu jarayon qanday ko’rinishlarda namoyon bo'ladi kabi uch yo'nalishda olib boriladi.

Download 23.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling