Asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili. Reja: Kirish
Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati, ularni turkumlash va baholash
Download 0.66 Mb.
|
Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati, ularni turkumlash va baholash
Asosiy fondlar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma‘muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlardir.3 5-sonli BHMS «Asosiy fondlar» (Oo’zR AV tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan roo’yxatdan oo’tkazilgan)da asosiy fondlarga ana shunday ta‘rif berilgan. Mazkur standart mulk, xoo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo’jalik yurituvchi sub‘ektga tegishli boo’lgan asosiy fondlar hisobi tartibiva uslubiyatini belgilaydi. Shunindek buxgalteriya hisobi tizimida asosiy fondlarni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda foydalanilgan buxgalteriya hisobini yuritish sohasidagi me‘yoriy hujjatlar, uslubiy materiallar va standartlar 1-ilovada keltirilgan. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo’nalishida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta‘minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo’ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma‘murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.2 Asosiy fondlar va ularning tahlili to‘g‘risida bir qator iqtisodchi olimlar o‘zlarining mualliflik yondoshuvlarini bildirib o‘tishgan. Jumladan, Shog‘iyosov.T.SH. ―Kompleks iqtisodiy tahlil nomli darsligida quyidagicha mualliflik yondoshuvi aks ettirilgan: ―Asosiy fondlar deb tarkibiga bir yildan ko’proq muddatda xizmat qiladigan yoki xizmat muddatidan qa‘tiy nazar har bir birligi (to’plami)ning qiymati O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan ko’p bo’lgan (sotib olish vaqtida) aktivlar kiradi. Korxona rahbari hisobot davri uchun buyumlarni asosiy fondlar tarkibida hisobga olish uchun ularning pastroq qiymatini, buni hisob siyosatida aks ettirgan holda belgilash huquqiga ega.Asоsiy vоsitalar xususiyatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘linadi:1. Asоsiy vоsitalarning kоrxоnaning ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab: - aktiv asоsiy vоsitalar; - passiv asоsiy vоsitalar. 2. Asоsiy vоsitalarni ma`lum tarmоqlarga bo‘ysunuviga qarab: - sanоat ishlab chiqarish asоsiy vоsitalari; - bоshqa tarmоq asоsiy vоsitalari; - nоishlab chiqarish tarmoqlaridagi asоsiy vоsitalar.3 3. Asоsiy vоsitalarning fоydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab: - fоydalanishdagi asоsiy vоsitalar; - fоydalanishdan оlib qo‘yilgan (kоnservatsiya qilingan) asosiy fondlar. 4. Asоsiy vоsitalarning turlarga ajratilishi bo‘yicha: - yer; - binоlar; - inshооtlar; - uzatish mоslamalari; - hisоblash texnikasi va kоmpyuterlar; - mashina va uskunalar; - transpоrt vоsitalari; - asbоb uskunalar; - xo‘jalik jihоzlari; - ishlab chiqarish inventarlari; - ishchi va mahsuldоr hayvоnlar; - ko‘p yillik ekinlar va bоshqa asоsiy vоsitalar. 5. Mulkiy egaligiga qarab: - o‘ziga tegishli asоsiy vоsitalar; - ijaraga оlingan asоsiy vоsitalar. Bundan tashqari asоsiy vоsitalarning yana bоshqa bir xususiyatlari bo‘yicha ham tasniflash mumkin.Asosiy fondlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bevosita moddiy ne‘matlarni yaratishda ishtirok etadigan fondlardir. Noishlab chiqarish asosiy fondlari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, ta‘lim va boshqalarning asosiy fondlari kiritilgan. Asosiy fondlarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan fondlarni almashtirish, keraksiz asosiy fondlarni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektga berish yoki sotish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun zarurdir.Hоzirgi sharоitda kоrxоnalarda asоsiy vоsitalarning barcha turlarini kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini ta`minlash maqsadga muvоfiqdir. Ya`ni sanоat ishlab chiqarishidami, yordamchi tarmоqlardami yoki ijtimоiy-maishiy sоhalarda bo‘lmasin barcha asоsiy vоsitalar kerakli xizmatni bajaradilar. O’zining natural-ashyoviy tarkibi bo’yicha asosiy fondlar quyidagi hisobvarag’lar bo’yicha hisobga olinadi:4 0110 - Yer; 0111 - Yerni obodonlashtirish; 0112 - Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olinadigan asosiy fondlarni obodonlashtirish; 0120 - Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar; 0130 - Mashina va asbob-uskunalar; 0140 - Mebel va ofis jihozlari; 0150 - Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi; 0160 - Transport fondlari; 0170 - Ishchi va mahsuldor hayvonlar; 0180 - Ko’p yillik o’simliklar; 0190 - Boshqa asosiy fondlar; 0199 - Konservatsiya qilingan asosiy fondlar. Hisobga olish va hisobotda asosiy fondlar ob‘ekti boshlang’ich qiymat, qoldiq qiymat, tiklash va tugatish qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Haq evaziga sotib olingan asosiy fondlar ob‘ektining boshlang’ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: - aktivlarni yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan to‘lovlar; - asosiy fondlar ob‘ektiga doir huquqni sotib olish munosabati bilan amalga oshirilgan ro’yxatdan o’tkazish yig’imlari, davlat bojlari va boshqa shunga o’xshash to’lovlar; - bojxona bojlari va yig’imlari; - asosiy fondlar ob‘ektlarini sotib olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yig’imlar to‘lovlari (agar ular qoplanmasa); - asosiy fondlar ob‘ektlarini sotib olish (barpo qilish) bilan bog’liq axboriy va maslahat xizmatlari uchun to’langan to‘lovlar; - asosiy fondlar ob‘ektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar; - asosiy fondlar ob‘ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar; - asosiy fondlarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar; - aktivdan mo’ljal bo’yicha foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to’lashga doir xarajatlar qarzga olingan kapital hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy fondlarning boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi. Qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo’yicha hisoblangan foizlar barpo etilgan asosiy fondlarning boshlang’ich qiymatiga kiritiladi. Korxonaning o’zida tayyorlangan asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati deb asosiy fondlarning mazkur ob‘ektlarini tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo’yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi. Korxona tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo’yicha) olingan asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati deb sotib olish xarajatlarini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy qiymati tan olinadi. Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy fondlarning boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga asosiy fondlarning tegishli ob‘ektlari qurib bitkazilgan, qo’shimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, zamonaviylashtirilgan, texnik qayta qurollantirilgan, qisman tugatilgan va ular qayta baholangan holatlarda ruxsat etiladi. Misol. ,,O‘zbektelekom‖ AK Andijon filiali mol yetkazib beruvchidan 5 mln.so’mga aloqa uskunasini sotib olgan, transport xarajatlari - 300 ming so’mni, o’rnatish va montaj ishlari - 100 ming so’mni, uskunani o’rnatish jarayonida shikastlangan devorni ta‘mirlash ishlari - 80 ming so’mni tashkil etgan. Uskunaning boshlang’ich qiymati 5 000 000 + 300 000 + 100 000 = 5 400 000 so’mni tashkil etadi. O’rnatish jarayonida shikastlangan devorni ta‘mirlash xarajatlari boshlang’ich qiymatga kiritilmaydi va joriy xarajatlarga o’tkaziladi.5 Boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga asosiy fondlarning tegishli ob‘ektlari qurib bitkazilgan, qo’shimcha jihozlangan, rekonstruksiya qilingan, zamonaviylashtirilgan, xarajatlar aktivdan kutilayotgan foydani oshirsa va undan foydalanish natijasida iqtisodiy nafni oshirishga imkon bergan holatlarda ruxsat etiladi. Asosiy fondlarni xarid qilish, o’rnatish, zamonaviylashtirish, rekonstruksiyalash bo’yicha xarajatlarni ularning boshlang’ich qiymatiga o’tkazish kapitallashtirish deb ataladi. Asosiy fondlarning ishlash qobiliyatini tiklash bo’yicha joriy va kapital ta‘mirlashga oid har qanday boshqa xarajatlar joriy xarajatlar sifatida ko’rilishi va kapitallashtirilmasligi lozim. Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan eskirish summasini chegirgan holda asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati. Vaqt o’tishi bilan asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati ular qiymatining oshishi, shuningdek inflyatsiya munosabati bilan ko’payishi mumkin. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan asosiy fondlarni qayta baholash va ularning tiklash qiymatini belgilash zarurati paydo bo’ladi. Tiklash qiymati (qayta baholashdan keyingi qiymat) – asosiy fondlarninghozirgi narxlar sharoitidagi qiymatidir. U hukumat qaroriga ko’ra o’tkaziladigan qayta baholash natijasida shakllanadi. Joriy qiymat – asosiy fondlarning ma‘lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha qiymati yoki aktivni almashtirish mumkin bo’lgan summa. Tugatish (likvidatsion) qiymati - asosiy fondlarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy fondlarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling