Asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili. Reja: Kirish
Asosiy fondlarning buxgalteriya hisobini tashkil etishning metodologik asoslari
Download 0.66 Mb.
|
Asosiy fondlarning buxgalteriya hisobini tashkil etishning metodologik asoslari
Asosiy fondlarning kelib tushishi hisobi haqida gapiradigan bo‘lsak, asosiy fondlar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi: - oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob‘ektni sotib olish; - ustav kapitaliga ta‘sischi ulushi ko’rinishida kelib tushishi; - tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha); - ayirboshlash; - tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o’tkazish; - uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olish; Asosiy fondlarning har qanday kelib tushishiga korxona rahbari buxgalter boshchiligida tashkil etilgan komissiya tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi, unda ob‘ektning tavsifi, joylashgan joyi, olish manbasi, chiqarilgan yoki qurilgan yili, foydalanishga topshirish sanasi, ob‘ektning sinov natijalari, uning texnik talablarga muvofiqligi va hokazolar ko’rsatiladi. Ushbu dalolatnoma asosida har bir ob‘ektga inventar varaqasi rasmiylashtiriladi yoki inventar daftarida qayd etiladi. Asosiy fondlarning korxona ichida harakatlanishi yukxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy fondlardan foydalanish joylarida asosiy fondlarning inventar ro’yxatlari yuritiladi.Yurtboshimiz ta‘kidlab o‘tganlaridek, ―2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishdagi Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta‘minlash yo’lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi.Asosiy fondlar sifatida kapital qo’yilmalar hisobi 0810 «Tugallanmagan qurilish» va 0820-«Asosiy fondlarni xarid qilish» hisobvarag’larida yuritiladi.Ushbu hisobvarag’lar debetida asosiy fondlarni qurish, xarid qilish, yetkazib berish, montaj qilish va sozlash xarajatlari to’planadi. Ob‘ekt foydalanishga tayyor bo’lganidan keyin xarajatlarning umumiy summasi 0810- 0820-hisobvarag’lar kreditidan 0110-0199-hisobvarag’lar debetiga hisobdan chiqariladi.6 Asosiy fondlar qurilishi pudrat yoki xo’jalik usullarida amalga oshiriladi. Pudrat usulida qurilishni amalga oshirganda qurilish tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan va buyurtmachi tomonidan imzolanadigan bajarilgan qurilish ishlari dalolatnomasi summasiga buyurtmachi quyidagi yozuvni amalga oshiradi: D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish» K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schotlar» hisobvaraqni to’lagan paytda: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schotlar» K-t 5110-«hisob-kitob schoti» Ta‘sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga (fondiga) ulush sifatida kiritilgan asosiy fondlar kirimi quyidagicha aks ettiriladi: D-t 0110-0199 Asosiy fondlarni hisobga oluvchi hisobvarag’lar K-t 4610-«Ustav kapitaliga ta‘sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi». Bepul olingan asosiy fondlar quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 0110-0199 Asosiy fondlarni hisobga oluvchi hisobvarag’lar K-t 8530-«Tekinga olingan mulk». Asosiy fondlarning eskirishi (amortizatsiya) va qayta baholash hisobi. Asosiy fondlar ob‘ektlarining eskirishi – ularning fizik sifatlari yoki xususiyatlari yo’qolib borishining va to’zib borishining, buning oqibatida esa qiymat yo’qolib borishining qiymat ko’rsatkichidir. Shuning uchun har bir korxona asosiy fondlarni xarid qilish va eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag’larni jamg‘arishni ta‘minlashi kerak.Asosiy fondlarning eskirishi bilan amortizatsiya o‘rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq ular bir xil tushunchalar emas. Eskirish asosiy fondlardan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish jarayonini aks ettiradi. Eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.Amortizatsiya (lotincha amortisatio – qoplash) baholangan xizmat muddati davomida aktivning amortizatsiyalanayotgan qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilayotgan ishlar, ko’rsatilayotgan xizmatlarga muntazam ravishda taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Har bir ob‘ektga eskirishni hisoblash har oyda amalga oshiriladi. Amortizatsiya qiymati korxona xarajatlariga to’liq o’tkazilganda asosiy fondlarning bundan keyin foydalanishda bo’lish davri uchun eskirish hisoblanmaydi (eskirish boshlang’ich qiymatning 100% dan oshishi mumkin emas).Quyidagi asosiy fondlarga amortizatsiya hisoblanmaydi: yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob‘ektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar), mahsuldor chorva mollari; kutubxona fondi, muzey qimmatliklari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan asosiy fondlar, arxitektura yodgorliklari; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari, yo’laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo’lgan obodonlashtirish inshootlari, qiymati ilgari to’liq chegirilgan mol-mulk, asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o’tkazilmagan kapital qo’yilmalariga.7 Soliq solish maqsadida amortizatsiya hisobi respublikaning soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Jadallashtirilgan usulda hisoblangan amortizatsiya summasi bilan soliq qonunchiligida belgilangan me‘yorlar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 146-moddasi 4-bandiga muvofiq joriy davrda soliq solinadigan bazadan chegirmasdan xarajatlar tarkibida, ammo keyingi davrlarda soliq solinadigan bazadan chegirgan holda xarajatlar tarkibida aks ettiriladi.10 1-jadvalda keltirilgan asosiy fondlarga amortizatsiya hisoblashning normalaridan barcha turdagi korxonalar o‘zining balansidagi asosiy fondlariga amortizatsiyasi hisoblashda keng qo‘llaniladi. Yangi kelib tushgan asosiy fondlar bo’yicha eskirish, foydalanish boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab hisoblanadi, chiqib ketgan ob‘ektlar bo’yicha eskirish esa chiqib ketish oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to’xtatiladi. 1-rasm Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling