Asosiy hisoblanadi. (ichki va tashqi o‘rindoshlik bo‘yicha ham tuziladi) asosiy xodim xomiladorlik ta’tilidan qaytgunga qadar


Download 17.05 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2023
Hajmi17.05 Kb.
#1109157
  1   2   3
Bog'liq
msh


1. Beshariq tumani 52-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi nomidan, Aliberdiyev Otabek Ruhniddinovich keyingi o‘rinlarda "Ish beruvchi" deb ataladi va fuqaro Xakimova Nilufar Farhodjon qizi keyingi o‘rinlarda "Xodim" deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:


2. Xodim Xakimova Nilufar Farhodjon qizi Beshariq tumani 52-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi bo‘yicha boshlang’ich sinf o’qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilinadi.
3 . Shartnoma asosiy hisoblanadi. (ichki va tashqi o‘rindoshlik bo‘yicha ham tuziladi) asosiy xodim xomiladorlik ta’tilidan qaytgunga qadar.
4. Shartnoma muddati Muayyan (nomuayyan muddatga, 5 yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga, muayyan ishni bajarish vaqtiga, tanlovga qadar, tegishli xodimning homiladorlik, tug‘ish, bola parvarishlash uchun beriladigan ta’til davriga)
5. Shartnoma bo‘yicha ishlash 2022-yil 16-noyabrdan boshlanadi.
6. Sinov muddatsiz (homilador ayollarga, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek xodim 6 oygacha muddatga ishga qabul qilinganda dastlabki sinov muddati belgilanmaydi)
7. Xodimning majburiyatlari:
7.1 mehnat va texnologiya intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari, ustavlar va intizom to‘g‘risidagi qoidalar)ga rioya qilish;
7.2 ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish;
7.3 mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanitariya talablariga rioya qilish;
7.4 lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish;
7.5 malaka tavsifnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarga rioya qilish;
7.6 ta’lim sohasidagi hamda samarali mehnat faoliyati yuritishi uchun zarur bo‘lgan boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarni muntazam ravishda o‘rganib borishi hamda ularga so‘zsiz rioya etish;
7.7 jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
7.8 kasb etikasi qoidalariga qat’iy amal qilish
7.9 Tashkilotdagi o‘quv-tarbiya, mehnat jarayonining barqarorligiga, mehnat jamoasidagi sog‘lom muhitga zarar yetkazuvchi g‘ayriqonuniy xatti-xarakatlar sodir etmaslik
7.10 me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirish, zarur xollarda qayta tayyorlash kurslaridan o‘tish (malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tash bilan bog‘liq xarajatlar amaldagi me’yoriy-huqqiy xujjatlarga asosan qoplanadi)
7.11 yuqori turuvchi davlat organlari, ish beruvchining buyrug‘iga asosan jamoatchilik asosidagi ishlarida faol ishtirok etish
7.12 navbatdagi mehnat ta’tiliga, zarur hollarda ish beruvchining topshirig‘iga asosan boshqa ta’tillarga chiqishdan kamida bir kun oldin aylanma varaqni (obxodnoy list) tegishli xodimlar imzosi-muhri qo‘yilgan holda ish beruvchiga taqdim etish
7.13 o‘z tashabbusiga ko‘ra, taraflar kelishuviga ko‘ra yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda ish beruvchi buyrug‘iga asosan topshirish hamda qabul qilish dalolatnomasi tuzishda faol ishtirok etish, tuzilgan maxsus komissiyalar faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik
7.14 taraflar yozma kelishuviga ko‘ra hamda qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi
8. Ish beruvchining majburiyatlari;
8.1 xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ va lokal-mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;
8.2 mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlash;
8.3 ish haqini o‘z vaqtida to‘lash;
8.4 xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish, unga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish;
8.5 ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
8.6 qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
8.7 jamoa shartnomasi shartlariga rioya kilish;
8.8 ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar
8.9 taraflar yozma kelishuviga ko‘ra hamda qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi
9. Ish kuni rejimi ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq belgilanadi. Xodim maktabgacha ta’lim bo‘limi ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan shaxsiy yillik, oylik, haftalik ish rejasi asosida mehnat qiladi. (to‘liqsiz ish kuni, to‘liqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanish va tamom bo‘lishi, tanaffuslar (perekur), tushlik vaqti va boshqalar shu bandda ko‘rsatilib o‘tiladi)
10. Mehnat haqi to‘lash. ishbay
10.1. Xodimga amaldagi tartib bo‘yicha soatbay asosida hisoblanadi to‘lanadi.
10.2. Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga hamda jamoa shartnomasiga muvofiq xodimga ustama haq hamda moddiy yordam maktabgacha ta’lim bo‘limi huzuridagi alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiya hulosasiga asosan ish beruvchi buyrug‘i bilan belgilanadi.
11. Xodimga
11.1. _______________kunga yillik asosiy (qo'shimcha) uzaytirilgan mehnat ta’tili
11.2. _________ kunga (12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) qo‘shimcha ta’til belgilanadi.
12. Mazkur shartnoma amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.
12.1. Maktabning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq hodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning ro‘yxati quyidagichadir;
12.1.1. Uzrli sabablarsiz bir kundan ortiq ishga kelmaslik
12.1.2. Ish vaqti mobaynida uzrli sabablarsiz to‘rt soatdan ortiq ish joyida bo‘lmaslik;
12.1.3. Ish joyiga alkagol (psixotrop), narkotik modda-mahsulotlar iste’mol qilgan xolda kelish;
12.1.4. Kasb etikasi qoidalariga zid ishlar qilish (tashkilot mulkini o‘g‘irlash, tashkilot mulkiga ziyon yetkazish, ish joyida bezorilik qilish, tashkilot sha’niga yoxud uning hodimi sha’niga dog‘ tushiruvchi boshqa xatti-xarakatlarni sodir etish).
12.1.5. Egallab turgan lavozimi, bajarib kelayotgan vazifasini suiiste’mol qilgan holda ta’lim tashkilotsi xodimlarilarini ularning ixtiyoriga zid ravishda o‘z manfaatlari yo‘lida turli ishlarga, tadbirlarga (to‘ylar, ma’rakalar, hasharlar va hokazo) jalb etish
12.1.6. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi
12.1.7. Xalq ta'lim bo'limining umumiy yig‘ilishi tomonidan hodimning boshqa xatti-xarakatlari ham mazkur xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzish sifatida e’tirof etilishi mumkin.
12.1.8 Кorrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida tashkilotga yuridik xizmat koʻrsatuvchi markazga, yuqori turuvchi organga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmaslik;

Download 17.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling