Asosiy ishlab chiqarish faoliyati moliyaviy natijalarni tahlili Reja


Moliyaviy natijalar ko’rsatkichlari va ularni shakllanishi


Download 231 Kb.
bet2/9
Sana15.02.2023
Hajmi231 Kb.
#1202193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sharipov xojimurot mustaqil ish

2. Moliyaviy natijalar ko’rsatkichlari va ularni shakllanishi
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati
asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida hisobning o‘ziga xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat. Moliyaviy natijalar hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMS, «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 3-son BHMS, «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS, «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS, «Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya
hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli
21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki,
ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko‘proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o‘rni, shakli bo‘yicha o‘zgarishlariga ahamiyat beriladi, ya’ni ularning analitik qatoriga ko‘proq ahamiyat beriladi.
Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha ifodalanadi:
- firma, kompaniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy manbayi;
- kreditga layoqatligini ifodalovchi ko‘rsatkich;
- mulk egasining asosiy maqsadi;
- raqobatga bardoshlikning mezoni;
- ijtimoiy - ehtiyojlarni qondirishning manbayi;
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va uni to‘ldirish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi
140-sonli buyrug‘i2 asosida belgilanadi.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling