Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo‘yicha turkumlanishi Buxgalteriya faoliyatining yo`nalishlari quyidagilardan iborat


Download 27.01 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2023
Hajmi27.01 Kb.
#1461826
  1   2   3   4
Bog'liq
Ibrohimov Abdulsobur Iqtisodiy tahlil ma\'ruza


Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo‘yicha turkumlanishi


Buxgalteriya faoliyatining yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
Markazda pul mablag`lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalarning harakati buyicha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini belgilangan qoidalarga asosan qat’iy olib borilishini ta’minlash;
moliyaviy hisobotlarni taxlil qilish va umumlashtirish, belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Markazning o`z vaqtida va to`liq moliyalashtirilishini ta’minlash;
Markazning byudjet va byudjetdan tashqari hisob raqamlariga pul mablag`larining shu jumladan shartnoma asosida o`qitilayotgan tinglovchilardan kelib tushayotgan to`lovlarni to`g`ri hisoblanishini hamda o`z vaqtida o`tkazilishini tashkillashtirish, hisobini ularning maqsadli va to`liq sarflanishini tashkillashtirish, o`rganish, tahlil qilish va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot berib borish;
ajratilgan mablag`larni hamda tovar-moddiy boyliklarning maqsadli ishlatilishi va bu yunalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rahbariyatga hisobotlar berib borish;
tovar-moddiy boyliklarning, texnika, bino va inshootlarning, shuningdek, boshqa mol-mulklarning hisob-kitobini yuritish, shu jumladan, ularni hisobdan chiqarish, qayta baxolash ishlarini amalga oshirish, yetkazib berilgan maxsulotlarda kamomad, yaroqsiz va sifatsiz holatlar aniqlanganda, ular yuzasidan dalolatnomalar tuzish va bartaraf qilish choralarini ko`rish;
kadrlar bo`yicha katta inspektor bilan birgalikda xodimlarning shtatlar jadvalini tayyorlash va tasdiqlash uchun kiritish;
Markaz xodimlarining cheklangan sonini va ularga to`lanadigan ish xaqining hisob-kitobini o`rganish, tahlil kilish va natijasi yuzasidan raxbariyatga axborot berib turish;
xizmat safari xarajatlarining hisobini yuritish, ajratish va sarflanishi buyicha asoslantiruvchi hujjatlarni qabul qilish hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
tasdiqlangan xarajatlari smetasi asosida moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag`larni belgilangan tartibda ko`chirish choralarini ko`rish va maqsadli ishlatilishining hisobini yuritish;
Markazning ish xaqi fondini to`g`ri xarajat qilinishini, barcha turdagi mukofotlarni, rag`batlantiruvchi to`lovlar va nafaqalarning to`g`ri hisoblanishini hamda to`lab berilishini, belgilangan shtatlar, lavozim maoshlari, ma’muriy-xo`jalik va boshqa xarajatlar smetalariga rioya etilishini, shuningdek to`lov va moliyaviy intizomga rioya etilishini ta’minlash;
tovar-moddiy boyliklar, xom ashyo maxsulotlari, yonilg`i maxsulotlari va boshqa qimmatliklarni kirim va chiqimi bilan bog`lik hujjatlarni to`g`ri rasmiylashtirish, yekazib berilgan maxsulotlarda aniqlangan kamomad, yaroqsizlik yoki sifatsizlik holatlari yuzasidan maxsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan o`z vaqtida da’volar kiritish;

Download 27.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling