Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli XIL ko’rsatkichlari
Download 42.5 Kb.
|
1- rejaga
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko’rsatkichlari mavjud bo’lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko’rsatkichlari bo’lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zahiralarni aniqlash va bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko’rsatkichlarga fond qaytimi, fond sig’imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin. ikkinchi guruh - xususiy va natural ko’rsatkichlar bo’lib, ko’proq asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog’liq. Ko’rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan vaqt bo’yicha foydalanganlik darajasini aks ettiradi; asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan quvvat bo’yicha foydalanganlik (unumdorlik) darajasini aks ettiradi; asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffitsienti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanishni hisobga oladi. Ko’rsatilgan ko’rsatkichlarning har biri amaliyotda mustaqil ma’noga ega bo’lib, turli maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarish fondlaridan vaqt bo’yicha qanday foydalanilganligini (ekstensiv foydalanish) baholash asbob-uskunalarning smenalik koeffitsienti, uskunalarni koeffitsienti, smena davomida uskunalarning bekor turib qolishi, uskunalardan smenalarda foydalanish koeffitsienti kabi ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Asbob-uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsienti mazkur uskunalardan amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtning ulardan reja bo’yicha foydalanish muddatiga nisbati orqali aniqlanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: • smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish; • uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish; • bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish; • ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish; • uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish; • ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash. Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) tsexlar quvvati bilan, tsexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni; * uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari; uskunalarning ishlash vaqti fondi; ishchilar soni; ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi). Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir tsexlarda (yig’uv, quyuv va boshqa tsexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ilg’or hamda progressiv bo’lishi talab qilinadi. Korxona bosh bo’g’inining (asosiy tsexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi: Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag’larga ham ega bo’lishlari zarur. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo’ljallangan pul mablag’laridan iborat. Aylanma mablag’lar, qoidaga ko’ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko’rinishida jamg’ariladi. Har bir korxonaning aylanma mablag’lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog’liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turlari ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar shunchalik ko’p talab qilinadi. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi. “Aylanma mablag’lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham ko’p qo’llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo’jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi. Mohiyatiga ko’ra, aylanma kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo’lib, uning qiymati ishlab chiqarishning har bir tsiklida ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkaziladi hamda ushbu tovarni sotgandan so’ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko’pincha korxonaning pul mablag’lari hisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag’lariga aylantiriluvchi harakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o’rniga ko’ra, “aylanma mablag’lar” va “aylanma kapital” o’rtasida sezilarli farq yo’q. Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg’i, energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning mehnatiga haq to’lashga bo’nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag’larga bo’lgan qo’shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag’larga etarli tarzda ega bo’lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg’i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko’rsatmagan holda qanchalik kam bo’lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag’lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo’ladi. Korxonalarning aylanma mablag’lari aylanma fondlari va muomala fondlariga taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning moddiy −buyumlashgan tuzilishidan tashqari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi ishtiroki asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalashtirishni tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini aniqlashda katta rol o’ynaydi. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling