17- ma’ruza reja: Taqsimlash, tekshirish va sozlash uskunalari. Quvurlar. Taqsimlash qurilmalari. Ularning asosiy turlari


Download 72.28 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi72.28 Kb.
#264740
  1   2   3
Bog'liq
17- MARUZA


17- MA’RUZA

Reja:



  1. Taqsimlash, tekshirish va sozlash uskunalari. Quvurlar.

  2. Taqsimlash qurilmalari. Ularning asosiy turlari (zolotnikli, jo’mrakli, klapanli), ishlashi va qo’llanish sohasi.

  3. Drosellar, ularning tuzulishi va ishlash prinsiplari. Droselli sarfni sozlagichlar.


17.1. Taqsimlash, tekshirish va sozlash uskunalari. Quvurlar.
Kuch gidrodvigatellari hajmiy gidrouzatma sistemasining asosiy qismi bo‘lib, silindrda porshenni siljitish yo‘li bilan suyuqlik potensial energiyasini mexanik energiyaga aylantirish uchun foydalaniladi. Porshen bilan uzatiladigan gidrotsilindrlarda energiya manbai xizmatini biror nasos bajaradi.

Ilgarilanma-qaytma va aylanma harakatga asoslangan kuch gidrotsilindrlari porshen prinsipi bo‘yicha ishlaydi va uch turga bo‘linadi:



  1. bir harakatli silindr (17.1-rasm),

  2. ikki harakatli silindr (17.2-rasm),

  3. burilma harakatli silindr (17.2-rasm).

Bir harakatli kuch gidrotsilindrlarida porshenga suyuqlikning bosimi faqat bir tomondan ta’sir qiladi. Porshenning teskari tomonga harakati prujina ta’sirida amalga oshiriladi. Ikki harakatli kuch gidrotsilindrlarida porshenga suyuqlik ikki tomondan galma-gal ta’sir qiladi.



17.1-rasm. Bir harakatli kuch gidrodvigateli.



17.2-rasm. Ikki harakatli kuch gidrodvigateli.

Burilma gidrodvigatellar. Burilma harakatga asoslangan gidrotsilindrlar (kvadrantlar) burilma gidrodvigatellar deb ataladi.



  1. rasmda sektor bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan burilma haraktli kuch silindrining sxemasi keltirilgan unda suyuqlik kurakning o‘ng va chap tomonidan bosim ostida kirilganda tebranma harakat qiladi. Kurakning burilish burchagi 1200 dan oshmaydi. Kvadrantlarda bosim 100 kg/sm2 (107 N/m2) shatunli mexanizm yoki tishli reyka va tishli reduktordan oluvchi, ilgarilama-qaytma harakatlanuvchi porshen yordamida hosil qilish mumkin. Pnevmatik kuch silindrlari gidrotsilindrdan juda kam farq qiladi va ayni bir xil vazifani bajaradi. Bu mexanizmda siqilgan havoning energiyasidan turli moslamalarda foydalaniladi.

Rotorli gidrodvigatellarning tuzilishi porshenli, plastinkali (shiberli), shisternyali, vintli va boshqa nasoslarni o‘z ichiga olgan rotorli nasoslardan farq qilmaydi.

Bu gidrodvigatellar va nasoslar qaytarlik xususiyatiga egadir. Boshqacha aytganda rotorli nasoslarga chiqish qismi orqali bosim ostida suyuqlik kiritilsa, uning rotori harakatga keladi va suyuqlik kirish qismi orqali chiqib ketadi. Natijada nasosdan gidrodvigatel sifatida foydalanilishi mumkin. Xuddi shuning aksidek, rotorli dvigatelni elektr dvigatelga ulash yo‘li bilan undan nasos sifatida foydalanish mumkin.





17.3-rasm. Burilma gidrodvigateli.

Rotorli gidrodvigatellar unumdorligi o‘zgaruvchan, (ya’ni boshqariladigan so‘rish sarf) li yoki o‘zgarmas, ya’ni boshqarilmaydigan (so‘rishli) bo‘lishi mumkin. Bunday mexanizmlarda hisoblash, ularda hosil bo‘lgan bosim, burovchi moment va valdagi quvvatni hisoblashga olib keladi.

Porshenli, plastinkali, shesternyali va vintli gidrodvigatellar hamda ularni boshqarish.

Rotor porshenli (porshenli) gidrodvigatellar tuzilishi bo‘yicha ikki guruhga: radial va aksial silindrli gidromatorlarga bo‘linadi. Oldingi mavzulardan ma’lumki bunday gidromatorlar tuzilishi bo‘yicha radial va aksial nasoslardan farq qilmaydi.

Porshenli gidrodvigatellarning burovchi momenti M, so‘rish bo‘shlig‘idagi porshenlar hosil qilgan momentlarning yig‘indisi sifatida hisoblanadi.

M,» 2X



k»o

bu erda tk-bitta porshenning momenti, pq1 -porshenlar soni

Har bir porshenga ta’sir qilayotgan bosim kuchi quyidagiga teng:

bunda r-haydash bo‘shlig‘idagi bosim b-porshenning diametri

R kuchni normal R^ va potensial Rt tashkil etuvchilarga ajratib, har bir

r 4 I _.___ __ tk = r— gk - 8SHf k

porshenning momentini aniqlasak u quyidagicha aniqlanadi.

U holda gidrodvigatelning momenti ushbuga teng bo‘ladi. r 42r t=— - 2 gk m f -k)

Bundan ko‘rinadiki, ekssentritet qancha katta bo‘lsa, radial porshenli nasosning burovchi momenti ham shuncha katta bo‘ladi . Binobarin ekssentritetni o‘zgartirish yo‘li bilan (bosim o‘zgarmagan holda) burovchi momentni o‘zgartirish mumkin emas.

Bunday gidrodvigatellarning asosiy kamchiligi rotorning inersial momenti kattaligi va silindrlar qalpoqchalariga masofa katta bo‘lmaganligi sababli, sekin yurarligidir.



Porshenli nasos va gidrodvigatellarning birga ishlashini ta’minlovchi qurilma Luf-Tom gidrouzatmasi deb ataladi. Bu gidrouzma ish vaqtida uzatish sonini uzluksiz o‘zgartirib borish mumkin. Bunda bir silindrli mashinaning asosiy parametrlarini hisoblash formulalaridan silindrlar miqdorini hisobga olgan holda, rotor porshenli mashinalarning asosiy parametrlarini hisoblash mumkin. Plastinkali (17.4 -rasm) gidrodvigatellar mavjud hajmiy gidrodvigatellar ichida eng soddasi bo‘lib, ular "parrakli" nomi bilan ataladi.



17.4-rasm.Plastinkali gidrodvigatellar.

YAxshi loyihalangan plastinkali mashinalarning FIK yuqori bo‘lib, buning uchun uning qismlari juda aniq ishlangan bo‘lishi kerak. Plastinkali mashinalar boshqariluv asosida etaklovchi valdan etaklanuvchi valga mexanik energiya va burovchi momentni o‘tkazuvchi gidrouzatmalar mavjud.



Agar shesternyali nasosning (17.5 - rasm) so‘rish bo‘limchasiga bosim ostida moy berilib, haydash bo‘limchasidan chiqarib yuborilsa, u gidrodvigatel bo‘lib ishlaydi va tishlaridagi bosim burovchi moment hosil qiladi.



  1. rasm. shesternyali gidrodvigateli.

Mexanik FIK nasos uchun qancha bo‘lsa, gidrodvigatel uchun ham shuncha bo‘ladi. Vintli dvigatellar ham nasosdan qaytarma foydalanishga asoslangan.

Bunday gidrodvigatellar bug‘ va gidravlik trubinalarning boshqarish gidrosistemalarida va hajmiy uzatmalarda qo‘llaniladi.




Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling